|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.05.2001
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALKOGOL MAHSULOTLARI, GILAM VA GILAM BUYuMLARIGA AKSIZ SOLIGʻI STAVKALARINI OʻZGARTiRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-maydagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yil 1-iyundan boshlab respublikada ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari va gilamlarga solinadigan aksiz soligʻining quyidagi miqdorlari (sotish narxlari qiymatiga nisbatan foiz hisobida) joriy qilinsin:
Aroq va likyor-aroq mahsulotlari 65 foiz
Shampan vinosi 25 foiz
Uzum vinosi 30 foiz
Vino xom ashyosi 20 foiz
Gilam va gilam buyumlari 15 foiz (oʻrtacha)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi aksiz soligʻining belgilangan tartibda toʻgʻri hisoblanishi va toʻliq toʻlanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-martdagi 97-son qarorining 1-bandi va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-dekabrdagi 600-son qaroriga 9-ilovaning uzum vinosi, vino xomashyosi, gilam va gilam buyumlariga aksiz soligʻi stavkalariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 26-may,
186-son