Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.10.2004
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1993-YIL 15-DEKABRDAGI 600-SON QARORIGA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-sonli “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yevvoyi hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilishni kuchaytirish hamda ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi qonunchilikka xilof ravishda terilgan (tayyorlangan) yoki keltirilgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining qizil kitobiga kiritilganlari ham, shuningdek, ushbu o‘simliklarning qismlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan, keyinchalik ularni sotish huquqiga ega bo‘lgan vositachi savdo tashkilotlariga berish sharti bilan olib qo‘yiladi.
Olib qo‘yilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘lar, belgilangan tartibda savdo tashkilotlariga ajratiladigan ajratmalar chegirib tashlangan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi “Davbionazorat”ning maxsus mablag‘lari joriy schyotiga o‘tkaziladi, ulardan O‘zbekiston Respublikasining Kizil kitobiga kiritilgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni sotishdan tushgan mablag‘larning 75 foizi “Davbionazorat” tomonidan respublika budjeti daromadiga va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning boshqa turlarini sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi mahalliy budjetlar daromadiga o‘tkaziladi”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 24-aprel,
145-son