|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.10.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 2-iyuldagi O‘RQ-626-sonli “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 4-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
“Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1997-yil 2-maydagi 96 (1613)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-aprel,
418-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y.,4-5-son, 123-modda)