Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.02.2024
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
QARORI
“QIShLOQ XOʻJALIK OʻSIMLIKLARINI ZARARKUNANDALAR, KASALLIKLAR VA BEGONA OʻTLARDAN HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi 2023-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-877-sonli “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 11-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 2000-yil 20-sentabrdagi 185-186 (2482-2483)-sonida eʼlon qioingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
117-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 209-modda)