O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“SUD hUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2002-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasining 1963-yil 23-martda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Grajdanlik-protsessual kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 9, 31-modda) V bo‘limi, shuningdek 1 va 2-ilovalari 2002-yil 1-yanvardan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-avgust,
259-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 170-modda)