

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                            <div class="act_warning">
                                <b>Hujjat 30.06.2020 00 sanasi holatiga</b>
                                <br />
                                <a style="color: green" href="/acts/-4939446">
                                    Amaldagi versiyaga o‘tish</a>
                            </div>
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4939446">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;</span></div><div id="LBC7691"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-4939446">[<b>TSZ:</b><div id="LS3680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;</span></div><div id="LS3781"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-4941844">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi<br /> Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4941845">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-4941846">Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagi uslubiy koʻrsatmalarni tasdiqlash toʻgʻrisida</a></div><div class="DEPARTMENTAL"><a id="-4941848">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3273]</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4941850"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941851">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018-yil 13-dekabrdagi SQ-350-III-son “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi qaror qiladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941852">1. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagi uslubiy koʻrsatmalar <a href="/acts/-4939446#-4941868">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941853">2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-4941855">Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4941857">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4941858">2020-yil 30-iyun,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-4941859">54-son</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-4941862">Adliya vaziri R. DAVLETOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4941863">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4941865">2020-yil 30-iyun,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-4941867">1-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4941868"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4941875">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 54, 1-son <a href="/acts/-4939446">qaroriga</a><br />ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4941876">Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagi</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4941878">USLUBIY KOʻRSATMALAR</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4941879"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941884">Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-4193761">Qonuniga </a>(bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish tartibini belgilaydi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4941887">1-bob. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941888">1. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va ekspertlar darajasida ishlab chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish, shuningdek, ularning matnlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari tomonidan foydalanish uchun moʻljallangan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941889">2. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻlmagan xalqaro hujjatlarni ishlab chiqishda ham qoʻllaniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941890">3. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941891"><strong>ahdlashuvchi tomon</strong> ― xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan hamda u kuchga kirganligidan yoki kirmaganligidan qatʼi nazar, ushbu xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan davlat (davlatlar), xalqaro tashkilot (xalqaro tashkilotlar) va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt (boshqa subyektlar); </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941892"><strong>vakolatlar</strong> ― bitta shaxsning yoki bir nechta shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi vakili boʻlish huquqi boʻlib, bu huquq Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining (mansabdor shaxsining) qarori asosida amalga oshiriladi va muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonga yoki depozitariyga: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941893">muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomaning matnini qabul qilish yoki uning autentikligini belgilash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941894">xalqaro shartnomani imzolash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941895">Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941896">xalqaro shartnomaga taalluqli boshqa harakatni amalga oshirish maqsadida beriladigan vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tegishli tarzda rasmiylashtiriladi;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4941897"><strong>davlat organi</strong> ― Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro shartnomalar tuzish huquqi berilgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirligi, davlat qoʻmitasi, shuningdek boshqa organi;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4941897"><a href="/acts/-4939446?ONDATE=30.11.2021 00#edi-5785406">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941898"><strong>depozitariy</strong> ― xalqaro shartnoma qoidalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomaning asl nusxasi oʻziga saqlash uchun topshiriladigan va mazkur xalqaro shartnomaga nisbatan ushbu xalqaro shartnomada va xalqaro huquqda nazarda tutilgan vazifalarni bajaradigan davlat, xalqaro tashkilot yoki uning bosh ijrochi mansabdor shaxsi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941899"><strong>muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon</strong> ― xalqaro shartnomaning matnini tuzish va qabul qilishda ishtirok etayotgan davlat, xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalarni tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941900"><strong>ratifikatsiya yorligʻi</strong> ― xalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan koʻrib chiqilganligi toʻgʻrisida guvohlik beruvchi va xalqaro shartnomaning Oʻzbekiston Respublikasi uchun majburiy ekanligiga boʻlgan rozilikni ifodalovchi maxsus hujjat;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941901"><strong>xalqaro tashkilot</strong> ― oʻzining taʼsis hujjatiga muvofiq xalqaro xususiyatga ega muayyan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan va xalqaro huquqning subyekti boʻlish huquqiga ega boʻlgan davlatlararo (hukumatlararo) tashkilot;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941902"><strong>xalqaro shartnoma ishtirokchisi</strong> ― xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan, xalqaro shartnomaning oʻzi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan va oʻzi uchun xalqaro shartnoma kuchga kirgan davlat, xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941903"><strong>Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi</strong> ― bitta hujjatdan, ikkita yoki bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan bir nechta hujjatdan iborat boʻlishidan, shuningdek oʻzining muayyan nomidan va tuzilish usulidan (shartnoma, bitim, konvensiya, akt, pakt, bayonnoma, xatlar yoki notalar almashinuvi hamda xalqaro shartnomaning boshqacha nomlari va tuzilish usullaridan) qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan chet davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt bilan yozma shaklda tuzilgan, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro kelishuv;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941904"><strong>Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash</strong> ― xalqaro shartnomani tuzish bosqichi yoxud Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga boʻlgan roziligini, agar xalqaro shartnomada imzolash shunday kuchga ega ekanligi nazarda tutilgan boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasining va muzokaralarda ishtirok etayotgan boshqa tomonlarning imzolash shunday kuchga ega boʻlishi kerakligi haqidagi kelishuvi boshqacha tarzda belgilangan boʻlsa yoki imzolashga shunday kuch berish maqsadi muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon vakilining vakolatlaridan kelib chiqsa yoxud muzokaralar vaqtida bildirilgan boʻlsa, bildirish shakli;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941905"><strong>Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish</strong> ― xalqaro shartnomaning mazmunini shakllantirish, uning matnini qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirishga doir tartib-taomillar ketma-ketligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941907"><strong>qoʻshimcha shart</strong> ― Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki unga qoʻshilish chogʻida qilingan har qanday taʼrifdagi va har qanday nomdagi bir tomonlama rasmiy yozma bayonoti boʻlib, u orqali xalqaro shartnoma muayyan qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan qoʻllanilishi borasida bu qoidalarni istisno qilish yoki ularning yuridik kuchini oʻzgartirish istagi ifodalanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941908">4. Xalqaro shartnoma quyidagi asosiy belgilarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941909">xalqaro shartnoma yozma shaklda tuzilgan boʻlishi lozim; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941910">Oʻzbekiston tomonidan davlat, hukumat yoxud davlat organi, chet el tomonidan ― davlat, hukumat yoki davlat organi, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt xalqaro shartnoma tomonlari boʻlishi mumkin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941911">xalqaro shartnomada yuridik majburiyat yuklovchi qoidalar keltirilishi lozim, yaʼni uning tomonlari uchun xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan huquq va majburiyatlar yaratishi lozim. Hujjat, agar davlatlardan birining ichki huquqi bilan tartibga solinsa, u xalqaro shartnoma hisoblanmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4941912">5. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish boʻyicha davlat organi vakolatlari uning nizomida va boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4941912"><a href="/acts/-4939446?ONDATE=30.11.2021 00#edi-5785415">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4941913">2-bob. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashni tashkil etish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941914">6. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashda davlat organi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941915">xalqaro shartnoma tuzish orqali tartibga solishni talab qiladigan muammo yoki masalalarning haqiqatda mavjudligini aniqlashi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941917">Oʻzbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomani tuzish maqsadga muvofiqligi va amaliy ahamiyatini aniqlashi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941918">tegishli sohada huquqiy tartibga solishning amaldagi holatini tahlil qilishi (Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi xalqaro shartnomalarini va milliy qonunchiligini oʻrganishi); </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941919">xalqaro shartnoma tuzish natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlarning yoki boshqa oqibatlarning baholanishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941920">xalqaro shartnoma loyihasi qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiqligini aniqlashi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941921">yangi xalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan ilgari tuzilgan xalqaro shartnomalarning qoidalariga oʻzgartirishlar, koʻshimchalar kiritilishi yoki uning ishtirokchilari oʻrtasidagi boshqa xalqaro shartnomalarning amal qilishini tugatilishi lozimligini aniqlashi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941922">xalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan qabul qilinishi, oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi va (yoki) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni aniqlashi zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941925">7. Xalqaro shartnoma loyihasi quyidagi talablarga mos kelishi kerak:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941927">xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga zid kelmasligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941929">Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalarini takrorlamasligi (ayni bir masala boʻyicha ikkita yoki undan ortiq shartnoma tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941931">mazmuni uning obyekti va maqsadlariga mos kelishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941932">oʻz kuchini yoʻqotgan xalqaro shartnomalarga havolalar keltirilmasligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941934">xalqaro shartnomalar tuzish va rasmiylashtirish amaliyotiga mos kelishi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941935">8. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashda davlat organi xalqaro shartnoma tuzish darajasidan (davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo) qatʼi nazar, xalqaro huquq nuqtai nazaridan uning ishtirokchilari davlatlar hisoblanishiga eʼtibor qaratishi lozim. Idoralararo xalqaro shartnoma bilan yuklanadigan majburiyatlar nafaqat nomidan shartnoma tuzilgan davlat organlarining, balki tegishli davlatlarning ham majburiyatlari hisoblanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941936">9. Xalqaro shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarning buzilishi xalqaro huquq doirasida ularni buzgan tomon uchun huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941937">Quyidagilar aniqlangan hollarda davlat organi xalqaro shartnoma tuzishdan tiyilishi yoki uni xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjat sifatida ishlab chiqishi lozim:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941938">xalqaro shartnomaning mavjud emasligi chet el tomoni bilan yuzaga kelgan masalalarni hal etishga yoki hamkorlikning aniq yoʻnalishlari va shakllarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilmasa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941939">loyiha xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan huquq va majburiyatlar vujudga kelishini nazarda tutmasa.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4941940">10. Xalqaro shartnoma loyihasi ekspertlar darajasida ishlab chiqish boshlangunga qadar davlat organining yuridik xizmati tomonidan Qonunga, mazkur Uslubiy koʻrsatmalarga hamda boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi. </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4941940"><a href="/acts/-4939446?ONDATE=30.11.2021 00#edi-5785426">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4941941">3-bob. Xalqaro shartnoma loyihasini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941942">11. Xalqaro shartnoma loyihasiga qoʻyiladigan umumiy talablar quyidagilar hisoblanadi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941944">xalqaro shartnoma loyihasining oʻzida ziddiyatli qoidalarning yoʻqligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941945">xalqaro shartnoma loyihasini bayon qilish tilining aniqligi, oddiyligi va tushunarliligi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941947">xalqaro shartnoma loyihasi matnidagi mantiqiy izchillik va qoidalarning oʻzaro bogʻliqligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941948">xalqaro shartnoma loyihasidagi qoidalarning qisqaligi, normativ koʻrsatmalar takrorlanishini istisno qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941949">xalqaro shartnoma loyihasida berilgan taʼriflarning aniqligi va ravonligi, matnda foydalaniladigan tushunchalar va atamalarning bir xilligi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941950">12. Zarur hollarda xalqaro shartnoma loyihasiga ayni bir xil masala boʻyicha xalqaro shartnomaning (uning bir qismining) avvalgi va (yoki) keyingi xalqaro shartnomalar bilan oʻzaro nisbatini, shuningdek, xalqaro shartnomalarni yangi xalqaro shartnoma ishtirokchilari oʻrtasida qoʻllashni davom ettirish yoki amal qilishini tugatishni belgilaydigan qoidalar kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941951">13. Xalqaro shartnoma loyihasining matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 14 yoki 15 oʻlchamli shriftini qoʻllagan holda Microsoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941952">Qoida tariqasida, A4 formatdagi standart qogʻoz varagʻida, har bir betning hoshiyalari barcha tomondan 3 sm, qator oraligʻi 1 intervalda, birinchi qator xatboshisi 1,27 sm, belgilararo interval oddiy, koʻlami (masshtab) 100 foiz, siljishlarsiz boʻlishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941953">Sahifaning tartib raqami varaqning pastki markazidan 2 raqamidan boshlab yoziladi, chekkasidan kolontitulgacha masofa 1 sm boʻladi hamda birinchi betida 1 raqami qoʻyilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941954">14. Xalqaro shartnomaning nomi va uning tarkibiy birliklari sarlavhalari yarim qora shriftda, matn markazga toʻgʻirlangan holda, qoʻshtirnoqlarsiz, qatorlararo birlik intervalda va xatboshisiz yoziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941955">15. Imzolanishi rejalashtirilayotgan xalqaro shartnomalar matnlari (bundan idoralararo shartnomalar mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi buyurtmasiga koʻra ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan tayyorlanadigan, “suv belgisi”ga ega maxsus shartnoma qogʻozida chop etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941956">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanishi rejalashtiriladigan, xalqaro shartnoma boʻlmagan ikki tomonlama xalqaro hujjatlar matnlari ham formatlashga doir talablarni inobatga olgan holda maxsus shartnoma qogʻozida chop etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941957">Idoralararo xalqaro shartnomalar va xalqaro shartnoma boʻlmagan boshqa xalqaro hujjatlar matnlarini tayyorlashda A4 formatidagi standart qogʻozdan yoki muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonlar bilan kelishilgan holda qogʻozning istalgan boshqa turidan foydalanish mumkin.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4941958">4-bob. Xalqaro shartnomaning tili va atamalariga oid talablar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941959">16. Xalqaro shartnoma loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida va boshqa ahdlashuvchi tomonning tilida bayon etiladi. Boshqa ahdlashuvchi tomon bilan kelishuvga koʻra oʻzga til xalqaro shartnomaning tili deb tanlanishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941961">Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matni Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga norasmiy tarjima qilinishi lozim. </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4941963">17. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matnini davlat tiliga tarjima qilish ularni ekspertlar darajasida qayta ishlash bosqichida vakolatiga xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar kiradigan davlat organi tomonidan mustaqil ravishda yoki tarjima qilish xizmatlari bilan shugʻullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar jalb qilingan holda taʼminlanadi (qonun hujjatlariga muvofiq yoxud muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon bilan kelishuvga koʻra uchinchi shaxslar foydalanishi uchun cheklov belgilangan hollar bundan mustasno). </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4941963"><a href="/acts/-4939446?ONDATE=30.11.2021 00#edi-5785433">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941966">18. Xalqaro shartnoma loyihasida foydalaniladigan atamalar va tushunchalar maʼnosi va mazmuniga koʻra aynan mos boʻlishi hamda bir xilda qoʻllanilishi lozim, shuningdek ularga berilgan taʼriflar qoida tariqasida, matnning asosiy qismi boshiga joylashtirilgan holda uning alohida tarkibiy qismida keltiriladi. Xalqaro shartnomaning bir qismi uchun ahamiyatga ega atamalarning taʼriflari uning ushbu qismida keltiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941967">19. Xalqaro shartnomadagi atamalar umum qabul qilingan soʻzlar va soʻz birikmalaridan foydalangan holda shakllantiriladi. Ayni bir tushunchalarni belgilash uchun xalqaro shartnoma loyihasida aynan bir xil atamalardan foydalaniladi, turli tushunchalar esa mazmunidan kelib chiqqan holda har xil atamalar bilan belgilanadi. Qoʻllaniladigan atamalar bir nechta maʼnoga yoki odatdagidan boshqacha maʼnoga ega boʻlsa, xalqaro shartnoma loyihasida foydalanilayotgan atamaning qanday maʼnoni anglatishi koʻrsatib oʻtiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4941969">20. Tushunchalardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridan, xalqaro hujjatlarda va izohli (ensiklopedik) lugʻatlarda keltirilgan umum qabul qilingan taʼriflardan kelib chiqish lozim. Xalqaro shartnoma loyihasida unchalik tanish boʻlmagan va maxsus atamalarning, shuningdek, turlicha talqin qilinadigan soʻzlarning taʼriflarini berish maqsadga muvofiq. </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4941969"><a href="/acts/-4939446?ONDATE=30.11.2021 00#edi-5785439">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941971">21. Xalqaro shartnoma loyihasida noaniq taʼriflardan, umumlashtirilgan fikrlardan, qisqartmalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan umum qabul qilingan qisqartmalar mustasno. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941972">22. Xalqaro tashkilotlar va ularning organlari, davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek, xalqaro shartnoma loyihasida foydalaniladigan hujjatlar nomlari ularning rasmiy nomlarga mos holda aniq va toʻliq koʻrsatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941974">Xalqaro shartnoma loyihasida nomni bir necha marta koʻrsatish talab qilinsa, shuningdek soʻz birikmasi bilan ifodalanadigan u yoki bu tushuncha bir necha bor qoʻllanilsa, nom yoki tushuncha u ilk bor foydalanilgan tarkibiy qismda toʻliq keltiriladi. Bunda qisqartma (shartli) ifoda bosh kelishikda qavs ichida koʻrsatiladi va keyingi qoidalarda aynan undan foydalaniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941976">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941977"><em>“Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (keyingi oʻrinlarda ― ShHT MAT)”.</em> </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941978">23. Qoida tariqasida, xalqaro shartnoma qoidalari birlik sondan foydalangan holda shakllantiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941979">1-misol: </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4941980"><em>“...Tomonlardan har birining vakolatli organi oʻz davlati hududida uning qonun hujjatlariga muvofiq ... amalga oshiradi”;</em> </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4941980"><a href="/acts/-4939446?ONDATE=30.11.2021 00#edi-5785442">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941981">2-misol: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941982"><em>“Vakolatli organlar roʻyxati har bir Tomon tarafidan aniqlanadi va Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma topshirilayotganda depozitariyga taqdim qilinadi”.</em> </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941983">24. Hukumatlararo va idoralararo shartnomalar loyihalarida <em>“qonunchilik”</em> va <em>“hudud”</em> atamalaridan foydalanganda ularni tegishincha <em>“Tomonlar davlatlarining qonunchiligi”</em>, <em>“Tomon davlatining qonunchiligi”</em> va <em>“Tomonlar davlatlarining hududi”, “Tomon davlatining hududi”</em> soʻz birikmalari orqali qoʻllash lozim. Davlatlararo shartnomalarda <em>“Tomonlar qonunchiligi”</em>, <em>“Tomon qonunchiligi”</em> va <em>“Tomonlar hududi”</em>, <em>“Tomon hududi” </em>shakllari qoʻllaniladi. Bunda <em>“qonunchilik”</em> atamasi faqat birlikda qoʻllaniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941984">25. Xalqaro shartnoma loyihasining asosiy matnida tomonlarning xohish-istaklari yoki maqsadlari bayon etilmasligi lozim (xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlar matnlari bundan mustasno). Xalqaro shartnoma qoidalari majburiyatlar sifatida shakllantirilishi lozim hamda tomonlarning huquq va majburiyatlarini bayon etishda hozirgi zamonning aniqlik maylidagi feʼllardan foydalaniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941985">Misol: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941986"><em>“Tomonlar quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik qiladilar…”, “Tomonlar ... qoidalar amalga oshirilishini taʼminlaydilar”</em> va hokazo.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941987">26. Qoida tariqasida, xalqaro shartnomalarda va xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlarda turli atamalardan foydalaniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941988">Xalqaro shartnomalarda hamda xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlarda eng koʻp foydalaniladigan ayrim soʻzlar va atamalar mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning <a href="/acts/-4939446#-4942673">1-ilovasida </a>keltiriladi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4941989">5-bob. Xalqaro shartnomalarda havolalarni qoʻllash</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941990">27. Xalqaro shartnomaning moddalari, bandlari, kichik bandlari yoki xatboshilaridagi uning boshqa moddalari, bandlari, kichik bandlari yoki xatboshilariga havolalar ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoxud takrorlanishlarning oldini olish zarur boʻlganda qoʻllaniladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941991">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941992"><em>“Nizoli vaziyatlarda realizatsiya qilish taqiqlangan mahsulot mazkur Bitimning 3-moddasiga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarda mustaqil ekspertizadan oʻtkaziladi”.</em> </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941993">28. Boshqa xalqaro shartnomaning yoki boshqa hujjatning muayyan qoidalariga havolada uning rasmiy nomi, qabul qilingan sanasi keltirilishi, shuningdek, havola qilinayotgan qoida aniq koʻrsatilishi kerak. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941994">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941995"><em>“1974-yil 12-dekabrdagi Davlatlarning iqtisodiy huquqlari va majburiyatlari xartiyasining 27-moddasi 1-bandiga muvofiq har bir davlat jahon savdosi keltiradigan foydadan toʻliq foydalanish huquqiga ega”.</em> </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941996">29. Xalqaro shartnomada “mazkur” soʻzidan foydalangan holda faqat xalqaro shartnomaning oʻziga yoki uning qoidasiga havola qilinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941997">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941998"><em>“Tomonlar mazkur Bitimning 3-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan tovarlar boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibini belgilaydilar”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4941999">30. Xalqaro shartnoma loyihalarida oʻz navbatida boshqa normaga havolani aks ettirgan normaga havola qilishdan tiyilish lozim. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4942000">6-bob. Xalqaro shartnomaning nomi va tuzilishi</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4942001"><strong>1-§. Xalqaro shartnomaning nomi va tarkibiy qismlari</strong></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942002">31. Shartnomaviy-huquqiy amaliyotda xalqaro shartnomalar koʻpincha shartnoma, bitim, konvensiya va bayonnoma kabi keng tarqalgan nomlarda tuzilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942003">Xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlar, qoida tariqasida, deklaratsiyalar, bayonotlar, kommyunike, anglashuv memorandumlari, ahdlashuv bayonnomalari, hamkorlik rejalari va dasturlari shaklida qabul qilinishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4942004">Bunday xalqaro hujjatlarda yuridik majburiyat yuklovchi qoidalar keltirilmasligi va ular Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi </a>va boshqa qonun hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim. Ular, qoida tariqasida, xalqaro hamkorlikning turli tarmoqlarida birgalikda faoliyat olib borish boʻyicha tomonlarning maqsadlarini va (yoki) siyosiy irodasini ifodalovchi hujjatlar sifatida qaraladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4942004"><a href="/acts/-4939446?ONDATE=30.11.2021 00#edi-5785450">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942005">Xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjat loyihasiga, qoida tariqasida, hujjatning yuridik kuchi haqidagi qoida kiritiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942006">1-misol: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942007"><em>“Mazkur Memorandum xalqaro shartnoma hisoblanmaydi va Tomonlar zimmasiga xalqaro huquqqa muvofiq yuridik majburiyatlar yuklamaydi”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942008">2-misol: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942009"><em>“Mazkur Memorandum xalqaro shartnoma hisoblanmaydi va Tomonlar uchun xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan biror-bir huquq va majburiyatlar keltirib chiqarmaydi”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942010">32. Xalqaro shartnomaning nomi uning mazmunini va huquqiy tartibga solish predmetini oʻzida aks ettirishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942011">33. Ikki tomonlama xalqaro shartnomaning nomida uning tomonlari koʻrsatiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942012">davlatlararo shartnomaning nomida shartnoma <em>“Oʻzbekiston Respublikasi bilan ... (boshqa tomon davlatining yoki xalqaro tashkilotning rasmiy nomi) oʻrtasida”</em> tuzilishi koʻrsatiladi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942015">hukumatlararo shartnomaning nomida <em>“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan ... (boshqa tomon davlatining rasmiy nomi) Hukumati yoki (xalqaro tashkilotning rasmiy nomi) oʻrtasida”</em> tuzilishi koʻrsatiladi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942016">idoralararo shartnomaning nomida <em>“(Oʻzbekiston Respublikasi davlat organining toʻliq nomi) bilan ... (boshqa tomon davlati idorasining toʻliq nomi yoki xalqaro tashkilotning rasmiy nomi) oʻrtasida”</em> tuzilishi koʻrsatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942017">Agar xalqaro shartnomaning nomiga tomonlar tilga olingan boshqa xalqaro shartnomaning nomi kiritilsa, xalqaro shartnomaning nomidan keyin tomonlar nomini tushirib qoldirish mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942018">Misol: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942019"><em>“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006-yil 20-martdagi Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Bayonnoma”</em> (yaʼni quyidagicha boʻlmaydi:<em> “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006-yil 20-martdagi Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Bayonnoma”</em>)<em>.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942020">34. Diagonal xalqaro shartnomalarni tuzish (masalan, bir tarafdan davlat nomidan va boshqa tarafdan hukumat nomidan) shartnoma amaliyotiga xos emas. Agar xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasida hukumat vakolatlariga kirsa, hamkor davlatda esa uning hukumati vakolatlariga kirmasa yoki aksincha boʻlsa, xalqaro shartnoma davlatlararo darajada tuzilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942021">35. Xalqaro shartnoma, qoida tariqasida, muqaddima, asosiy qism, yakunlovchi qoidalar va zarur hollarda, ilovalardan iborat boʻladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4942022">2-§. Xalqaro shartnomaning muqaddimasi </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942023">36. Xalqaro shartnomani tuzishdan koʻzlangan sabablar, maqsad va vazifalarni tushuntirish loyihaning mustaqil qismi hisoblanuvchi kirish qism ― muqaddimada aks ettiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942024">Muqaddima xalqaro shartnoma loyihasining nomidan keyin joylashtiriladi. Muqaddima xatboshilarga boʻlinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942025">Muqaddima huquqiy normativ koʻrsatmalarni oʻz ichiga olmasligi, moddalarga yoki bandlarga boʻlinmasligi va raqamlanmasligi kerak. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942026">Xalqaro shartnoma loyihasining tarkibiy birliklarida muqaddima boʻlishi mumkin emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942027">37. Ikki tomonlama xalqaro shartnomada muqaddima hajmi, qoida tariqasida, uch-toʻrt xatboshidan oshmaydi. Koʻp tomonlama xalqaro shartnomada muqaddima bu hajmdan koʻp boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942028">Muqaddimaga xalqaro shartnomada foydalaniladigan atamalar taʼriflarini kiritish kerak emas. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942029">38. Muqaddimaning boshlanishi quyidagi tarzda shakllantiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942030">ikki tomonlama xalqaro shartnoma boʻlsa:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942032">davlatlararo shartnoma uchun ― <em>“Oʻzbekiston Respublikasi va ... (boshqa tomon davlatining yoki xalqaro tashkilotning rasmiy nomi), keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar”</em>;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942033">hukumatlararo shartnoma uchun – <em>“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va ... (boshqa tomon davlatining nomi) Hukumati </em>yoki<em> (xalqaro tashkilotnig rasmiy nomi), keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar”; </em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942034">idoralararo shartnoma uchun – <em>“... (Oʻzbekiston Respublikasi davlat organining toʻliq nomi) va ... (boshqa tomon davlati idorasining toʻliq nomi yoki xalqaro tashkilotning rasmiy nomi), keyingi oʻrinlarda “Tomonlar</em><em>”</em><em> deb ataluvchilar</em><em>”</em><em>. </em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942035">Koʻp tomonlama xalqaro shartnomada muqaddima “<em>Ahdlashuvchi Tomonlar”</em> yoki <em>“Tomonlar”</em> soʻzlari bilan boshlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942036">39. Koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning muqaddimasida, shuningdek ikki tomonlama xalqaro shartnomaning muqaddimasida, qoida tariqasida, shartnoma imzolashga vakolatli shaxslar familiyalari va lavozimlari koʻrsatilmaydi. Shuningdek, <em>“</em><em>mazkur Shartnomaning ishtirokchi-davlatlari nomidan hukumatlar …</em><em>”</em> yoxud <em>“</em><em>Mazkur Shartnoma ishtirokchi-davlatlarining Hukumatlari...</em><em> ”</em> kabi shakllardan foydalanishdan tiyilish tavsiya etiladi<em>.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942037">40. Xalqaro shartnomaning muqaddimasiga, shuningdek asosiy matniga hujjatlarga havolalar kiritilganda bunday hujjatlarning nomlari toʻliq, qisqartmalarsiz, ular imzolangan (qabul qilingan) sana koʻrsatilgan holda keltiriladi. Ular tegishli hujjatlar nomlari bilan solishtirilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942038">41. Tomonlar uchun kuchga kirmagan xalqaro shartnomalarga, shuningdek ular tomonidan majburiy deb tan olinmaydigan hujjatlarga havola qilinganda <em>“(hujjatning rasmiy nomi)ga amal qilib”</em>, <em>“(hujjatning rasmiy nomi)ga asoslanib”</em> kabi iboralardan foydalanmaslik zarur. Bunday hollarda <em>“(hujjatning rasmiy nomi) qoidalarini eʼtiborga olib”</em>, <em>“(hujjatning rasmiy nomi)ni inobatga olgan holda” </em>kabi iboralardan foydalanish mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942039">42. Muqaddimaning oxirgi xatboshisi quyidagicha shakllantiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942040">shartnoma loyihasida ―<em> “... quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:”</em>;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942041">bitim, bayonnoma va hokazolar loyihasida ― <em>“... quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:”</em>;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942042">anglashuv memorandumi va ahdlashuv bayonnomasi loyihasida ― <em>“… quyidagilar toʻgʻrisida oʻzaro anglashuvga erishdilar:”</em>.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4942043">3-§. Xalqaro shartnomaning asosiy matni </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942044">43. Xalqaro shartnomada matnni moddalarga boʻlish tavsiya etiladi. Xalqaro shartnomaning matni kichik hajmda (bir nechta xatboshidan iborat) boʻlganda yoxud xalqaro shartnoma xatlar yoki notalar almashinuvi orqali tuzilganda xalqaro shartnoma matnini bandlarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942045">Modda xalqaro shartnomaning asosiy tarkibiy elementi hisoblanadi va unda yakunlangan huquqiy qoida keltiriladi. Zarur hollarda, modda bandlar, kichik bandlar, xatboshilarga boʻlinadi. Oʻz navbatida bandlar ham kichik bandlar yoki xatboshilarga, kichik bandlar esa xatboshilarga boʻlinishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942046">44. Moddalar oʻz mazmunini aks ettiradigan nomga ega boʻlishi mumkin. Bandlar nomlarga ega boʻlmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942047">45. Agar xalqaro shartnoma matni moddalarga boʻlinib, ular ham oʻz navbatida bandlarga boʻlinsa, bunday bandlar izchil ketma-ketlikda emas, balki modda doirasida raqamlanadi. Kichik bandlar bandlar tarkibida ajratiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942048">Turli tillardagi xalqaro shartnoma matnlarida bandlarni (kichik bandlarni) ifodalashda harfli belgilardan foydalanilganda, aynan bir xil alifbodan (masalan, lotin alifbosidan) foydalanish lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942049">46. Xalqaro shartnoma loyihasining oʻz tuzilishiga koʻra katta hajmli va murakkab boʻlgan matni odatda boʻlimlar va boblarga boʻlinadi, ular nomga ega boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942050">47. Xalqaro shartnoma loyihasining matnidagi har bir gap, qoida tariqasida, 3-4 qatordan oshmasligi kerak.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4942051">4-§. Xalqaro shartnomaning yakunlovchi qoidalari va ilovalari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942052">48. Xalqaro shartnomaning yakunlovchi qoidalariga uning boshqa xalqaro shartnomalar bilan oʻzaro nisbati, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, nizolarni tartibga solish, xalqaro shartnomaning kuchga kirish shartlari, amal qilish muddati, uni tugatish mumkinligi va tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni kiritish zarur. Jumladan:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942053">a) boshqa xalqaro shartnomalar bilan oʻzaro nisbati.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942054">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942055"><em>“Mazkur Bitim Tomonlarning davlatlari ishtirokchilar boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga dahl qilmaydi”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942056">b) oʻzgartirish va qoʻshimchalar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942057">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942058"><em>“Tomonlarning kelishuviga koʻra mazkur Bitimga uning ajralmas qismlari hisoblanadigan hamda alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942061">Bunda <em>“xalqaro shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnomalar xalqaro shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi” </em>degan qoidalar kiritilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942064"><p style="margin-left:1.0pt">Agar xalqaro shartnomada unga oʻzgartirishlar kiritish tartibi mavjud boʻlmasa, Xalqaro shartnomalar huquqi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi asosida xalqaro shartnomaga ishtirochilar oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;</p></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942065">v) nizolarni tartibga solish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942066">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942067"><em>“Mazkur Bitimni qoʻllash va talqin qilish bilan bogʻliq har qanday nizolar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal etiladi”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942068">g) kuchga kirishi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942069">1-misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942070"><em>“Mazkur Bitim u imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942071">2-misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942072"><em>“Mazkur Bitim Tomonlar tarafidan Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi haqida soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942073">3-misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942074"><em>“Mazkur Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari almashilgan kundan boshlab kuchga kiradi”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942075">Ayni bir xalqaro shartnomada uning kuchga kirishining bittadan ortiq usulidan bir vaqtda foydalanilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942076">Masalan, quyidagi notoʻgʻri: </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4942077"><em>“Mazkur Bitim imzolangan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi yoxud agar bir Tomon davlatining qonun hujjatlarida Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichki protseduralari bajarilishi nazarda tutilsa, bunday protseduralar bajarilganidan keyin Tomon davlatining qonun hujjatlariga muvofiq kuchga kiradi”;</em></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4942077"><a href="/acts/-4939446?ONDATE=30.11.2021 00#edi-5785456">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942079">d) vaqtinchalik qoʻllanilishi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942081">Tomonlarning kelishuviga koʻra xalqaro shartnoma loyihasiga imzolangan sanadan yoki tomonlar bilan kelishilgan istalgan boshqa vaqtdan eʼtiboran xalqaro shartnomani yoki uning ayrim qoidalarini vaqtinchalik qoʻllash toʻgʻrisidagi qoida kiritilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942083">1-misol (koʻp tomonlama xalqaro shartnomada):</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942085"><em>“Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab vaqtinchalik qoʻllaniladi va depozitariy tomonidan uni imzolagan Tomonlar tarafidan Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942086"><em>Davlat ichki protseduralarini kechroq bajargan Tomonlar uchun mazkur Bitim depozitariy tomonidan tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942087">2-misol (ikki tomonlama xalqaro shartnomada):</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942088"><em>“Mazkur Bitim imzolangan kundan eʼtiboran vaqtinchalik qoʻllaniladi va Tomonlar tarafidan Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi toʻgʻrisida soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942089">Xalqaro shartnomaning yoki uning bir qismining vaqtinchalik qoʻllanilishi xalqaro shartnomada faqatgina istisno hollarda, xalqaro shartnoma kuchga kirgunga qadar uning qoidalarini qoʻllash uchun haqiqatda va asoslangan zarurat mavjud boʻlganda nazarda tutiladi. Xalqaro shartnomaning vaqtincha qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi qoida xalqaro shartnoma butunligicha yoxud uning aniq qoidalari muayyan vaqtdan boshlab vaqtincha qoʻllanilishi koʻrsatilgan holda shakllantirilishi kerak. Vaqtincha qoʻllanilishi lozim boʻlgan qoidalar hajmini aniq belgilash imkonini bermaydigan shakllardan foydalanmaslik lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942090">Masalan, quyidagi notoʻgʻri:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942092"><em>“Mazkur Bitimning Tomonlar davlatlari qonunchiligiga zid boʻlmagan qismi u imzolangan sanadan boshlab vaqtincha qoʻllaniladi”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942095">e) qoʻshilish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942097">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942101"><em>“Mazkur Bitim u kuchga kirgandan soʻng depozitariyga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni berish orqali istalgan davlatning qoʻshilishi uchun ochiq.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942102"><em>Qoʻshilayotgan davlat uchun Bitim depozitariy tomonidan qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat olingan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942103">Xalqaro shartnomada uning obyekti va maqsadlariga qarab, shuningdek, tomonlar kelishuviga koʻra, koʻp tomonlama xalqaro shartnomaga uning ishtirokchilari roziligi bilangina qoʻshilish mumkinligi haqidagi qoida keltirilishi mumkin. Bunda xalqaro shartnomaning tegishli qoidalarida qoʻshilishga rozilikni ifodalash mexanizmi belgilanishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942104">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942106"><em>“Mazkur Bitim barcha Tomonlarning roziligi bilan uning maqsadlari va prinsiplarini qoʻllab-quvvatlaydigan boshqa davlatlarning depozitariyga qoʻshilish haqida hujjatlar berish orqali qoʻshilishi uchun ochiq. Depozitariy Tomonlarning bunday qoʻshilishga roziligi haqidagi soʻngi xabarnomasini olgan kundan boshlab qoʻshilish kuchga kirgan hisoblanadi”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942107">j) amal qilish muddati, amal qilishini tugatish, chiqish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942108">Xalqaro shartnomalar maʼlum muddatga, nomaʼlum vaqtga tuzilishi mumkin yoki umuman muddatsiz boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942109">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942110"><em>“Mazkur Bitim nomaʼlum muddatga tuziladi. Tomonlarning har biri depozitariyga mazkur Bitimdan chiqish istagi toʻgʻrisida chiqishdan kamida 12 oy oldin yozma xabarnoma yuborib hamda Bitim amal qilgan vaqtda yuzaga kelgan moliyaviy va boshqa majburiyatlarni tartibga solgan holda, undan chiqishga haqli”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942111">Zarur hollarda, xalqaro shartnoma loyihasiga undan chiqish yoki uning amal qilishini tugatishning alohida shartlari kiritiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942115">z) qoʻshimcha shartlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942118">1-misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942119"><em>“Mazkur Bitimga doir qoʻshimcha shartlarga yoʻl qoʻyilmaydi”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942128">2-misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942131"><em>“Mazkur Bitimning 5 va 6-moddalariga doir qoʻshimcha shartlarga yoʻl qoʻyilmaydi”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942132">Bunday qoidalar mavjud boʻlmaganda, xalqaro huquqda taqiqlanmagan har qanday qoʻshimcha shartlarni qoʻyish mumkin deb hisoblanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942134">49. Agar xalqaro shartnoma loyihasida jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, roʻyxatlar keltirilsa, ular ilovalar shaklida rasmiylashtirilishi lozim, tegishli moddalar (bandlar) esa ushbu ilovalarga havolalarga ega boʻlishi kerak. Ilovalar, qoida tariqasida, imzolanmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942135">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942136"><em>“Ilova mazkur Shartnomaning ajralmas qismini tashkil etadi”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942138">Xalqaro shartnomaga ilovalar arab raqamlari bilan <em>“№” </em>belgisi qoʻyilmasdan raqamlanadi. Bir nechta ilovaga havolalar keltirilsa, quyidagicha koʻrsatiladi: <em>“1 ― 4-ilovalarga muvofiq”</em>.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942142">Ilovada uni xalqaro shartnomaning asosiy matni bilan bogʻlaydigan sarlavha va belgi boʻlishi kerak. Mazkur rekvizitlar u qaysi shartnomaga taalluqliligini koʻrsatuvchi belgi bilan ilovaning yuqori oʻng burchagiga joylashtiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942145">Misol:</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4942151"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4942156"><em>“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safar qilishlari toʻgʻrisida Bitimga 1-ilova”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942165">Ilovalari mavjud xalqaro shartnomaning betlari, qoida tariqasida, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942166">50. Ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qoida, agar unda ratifikatsiya qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, xalqaro shartnoma loyihasiga kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942168">Xalqaro shartnomalar loyihalariga ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qoidalar tomonlardan biri shartnoma ratifikatsiya qilinishi maqsadga muvofiq deb hisoblagan hollarda ham kiritilishi mumkin, bundan idoralararo shartnomalar mustasno.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942169">51. Xuddi shuningdek, muzokaralarda qatnashuvchi tomonlarning kelishuvi boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalariga ularni tasdiqlash (qabul qilish) toʻgʻrisidagi shartlar kiritilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942171">52. Agar tomonlar xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun turli yuridik tartib-taomillar oʻtkazishi zarur deb hisoblash uchun asoslar mavjud boʻlsa (masalan, shartnoma bir tomon tarafidan ratifikatsiya qilinadigan, boshqa tomon tarafidan esa tasdiqlanadigan boʻlsa), qoida tariqasida quyidagi ifodadan foydalaniladi: <em>“Shartnoma Tomonlar tarafidan uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi toʻgʻrisida soʻngi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi”</em>.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942172">53. Ikki tomonlama xalqaro shartnomaning amal qilish muddatini aniqlashda uning amal qilish davrlari toʻgʻrisidagi shartdan foydalanish mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942174">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942176"><em>“Mazkur Bitim imzolangan vaqtdan eʼtiboran kuchga kiradi va besh yil davomida amalda boʻladi. Uning amal qilishi, agar Tomonlarning hech biri navbatdagi besh yillik davr tugashidan kamida olti oy avval boshqa Tomonni mazkur Bitimning amal qilishini tugatish istagi haqida xabardor qilmasa, keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942177">Bunday ifoda xalqaro shartnoma boshlangʻich yoki har qanday navbatdagi davr tugaganidan keyingina bir tomonlama tartibda tugatilishi mumkinligini anglatadi. Har bir belgilangan davrlar davomida uni tomonlarning oʻzaro roziligi bilangina tugatish mumkin. Shu sababli bunday qoidalarni xalqaro shartnomaning amal qilishini istalgan vaqt bir tomonlama tartibda tugatish mumkinligi toʻgʻrisidagi shartlar bilan bogʻlab boʻlmaydi. Shuningdek, tomonlarning maqsadiga qarab xalqaro shartnomaning amal qilishi ham bir marta, ham bir necha marta oʻz-oʻzidan uzaytirilishi mumkinligini ham inobatga olish zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942179">Matnda tegishli maqsad aniq shakllantirilishi zarur: <em>“…mazkur Bitimning amal qilishi, agar Tomonlarning hech biri boshqa Tomonni uning amal qilishini tugatish istagi toʻgʻrisida dastlabki davr tugashidan kamida olti oy avval yozma ravishda xabardor qilmasa, oʻz-oʻzidan besh yilga uzayadi”</em> (bir marta uzaytirilganda) yoxud <em>“mazkur Bitimning amal qilishi, agar Tomonlarning hech biri boshqa Tomonni Bitimning amal qilishini tugatish istagi toʻgʻrisida uning amal qilishining boshlangʻich yoki har qanday keyingi davri tugashidan kamida olti oy avval yozma ravishda xabardor qilmasa, keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi”</em> (koʻp marta uzaytirilganda).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942181">54. Xalqaro shartnomada uning amal qilish muddati koʻrsatilmasligi, agar uning boshqa qoidalaridan oʻzgacha anglashilmasa, shartnoma nomaʼlum muddatga tuzilishini anglatadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942182">55. Xalqaro shartnomadagi yakuniy jumla joy va sana, asl nusxalar soni va uning matnlari tuzilgan tillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942183">1-misol (ikki tilda xalqaro shartnoma tuzishda):</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942185"><em>“_______ da 20__ yil “ “ _________ ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida imzolandi, bunda ikkala matn ham bir xil kuchga ega”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942187">2-misol (uch tilda xalqaro shartnoma tuzishda):</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942188"><em>“_______ da 20__ yil “ “ _________ ikki nusxada, har biri oʻzbek, rus va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942189">3-misol (ustuvor tilni aniqlash zarur boʻlsa):</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942190"><em>“Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matndan foydalaniladi” yoki “Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942191">56. Ikki tomonlama xalqaro shartnoma va memorandumning yakunlovchi qismi namunaviy qoidalari mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning <a href="/acts/-4939446#-4942685">2 </a>va <a href="/acts/-4939446#-4942697">3-ilovalarida </a>keltirilgan.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4942192">7-bob. Xalqaro shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942193">57. Xalqaro shartnomani oʻzgartirish (unga tuzatishlar kiritish) xalqaro shartnoma shartlariga hamda xalqaro huquqqa muvofiq uning ishtirokchilari oʻrtasidagi kelishuvga binoan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942194">58. Tarkibiy birlikni jiddiy oʻzgartirish talab etilgan taqdirda, uni yangi tahrirda bayon etish zarur. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942195">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942196"><em>“4-moddaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942260"><em>“Tomon davlatining markaziy organi vakolati ... Nizom bilan belgilanadi”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942199">59. Agar tarkibiy birliklarni yangi tahrirda toʻliq bayon qilish zarurati boʻlmasa, ularning matniga ayrim soʻzlar, iboralar, boshqa raqamlar va belgilarni qoʻshish, ularni chiqarib tashlash yoki almashtirish orqali aniqliklar kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942200">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942201"><em>“5-moddaning ikkinchi xatboshisidan “...” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942202"><em>“12-moddaning ikkinchi xatboshisi “hisoblansin” degan soʻzdan keyin “tegishli ravishda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942203"><em>“4-modda uchinchi xatboshisining ikkinchi gapi “chegaralar” degan soʻzdan keyin “Ahdlashuvchi tomonlarning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942205"><em>“3-bandning ikkinchi xatboshisi “tartibi” degan soʻzdan keyin “davlat” degan soʻz bilan toʻldirilsin;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942207"><em>“2-modda “tartibini” degan soʻzdan keyin “tayinlash” degan soʻz bilan toʻldirilsin.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942209">60. Agar xalqaro shartnoma yangi moddalar (bandlar), raqamli belgiga ega boshqa tarkibiy birliklar bilan toʻldirilsa, yangi moddalar (bandlar), raqamli belgiga ega boshqa tarkibiy birliklar uchun belgi qoʻshgan holda, moddalarning (bandlarning), boshqa tarkibiy birliklarning avvalgi raqamlanishini saqlab qolish lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942211">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942212"><em>“... quyidagi mazmundagi 10.1-modda bilan toʻldirilsin:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942214"><em>“...”</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942216"><em>“...1-band quyidagi mazmundagi 1.2.1 kichik band bilan toʻldirilsin:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942218"><em>“...”</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942219">61. Xalqaro shartnoma matnidan raqamli belgiga ega tarkibiy birliklar chiqarib tashlanganda xalqaro shartnoma matnida qolgan raqamli belgiga ega tarkibiy birliklarning avvalgi raqamlanishi oʻz holida saqlanib qoladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942222">62. Xalqaro shartnoma moddasi (bandi) xatboshilar bilan toʻldirilsa yoki xalqaro shartnomadan xatboshilar chiqarib tashlansa, tarkibiy birliklar yangi tahrirda, qoida tariqasida, qoʻshilgan (chiqarib tashlangan) birliklarni hisobga olgan holda hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942223">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942225"><em>“6-moddada:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942226"><em>ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942227"><em>“...”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942228"><em>uchinchi ― beshinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi ― oltinchi xatboshilar deb hisoblansin”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942229"><em>“5-bandda:</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942232"><em>ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942234"><em>uchinchi ― beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi ― toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942235">Agar qoʻshilgan yoki chiqarib tashlangan xatboshilar modda (band) matnida oxirgi tarkibiy birliklar boʻlsa, ulardan avvalgi xatboshilar sanalishini oʻzgartirish toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942238">Misol:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942240"><em>“6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin: “...”;</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942241"><em>“7-moddaning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin”.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942243">63. Kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning, yangi tahrirdagi moddalarning (bandlar, kichik bandlar, xatboshilarning) matni qoʻshtirnoq ichida va qoida tariqasida kursiv bilan ajratib koʻrsatiladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4942261">8-bob. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani kelishish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942262">64. Davlat organi oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Qonunning <a href="/acts/-4193761#-4193891">8-moddasida </a>nazarda tutilgan materiallar bilan birga tashabbus taklifi kiritadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942265">Agar xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklif diplomatik kanallar orqali chet el tomonidan tashabbus qilingan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uni davlat organiga yuborish bilan bir vaqtda xalqaro shartnoma loyihasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida oʻz fikrini taqdim etishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942267">Bunday holda davlat organi Qonunning <a href="/acts/-4193761#-4193891">8-moddasida </a>nazarda tutilgan materiallarni tayyorlaydi va xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishga kirishadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942268">65. Yuqori turuvchi organlarning prinsipial roziligini talab qiladigan ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi davlat organiga ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida qaror qabul qilish uchun tashabbus taklifini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritishni taklif qilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942269">Yuqori turuvchi organlarning prinsipial roziligini talab qiladigan ayrim hollar mavjud shartnomaviy-huquqiy amaliyotdan, shuningdek tartibga solish predmetidan va xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi (masalan, mudofaa qobiliyati masalalariga daxl qiladigan, strategik obyektlar qurilishini nazarda tutuvchi yoki amalga oshirish katta moliyaviy xarajatlar talab qiladigan xalqaro shartnomalar va hokazolar).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942270">66. Qonunga muvofiq xalqaro shartnomalar loyihalarini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishish ikki bosqichli tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942271">67. Birinchi bosqichda davlat organi tomonidan Qonunning <a href="/acts/-4193761#-4193928">10-moddasiga </a>muvofiq manfaatdor davlat organlari bilan birga xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish amalga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942273">Bunda, Qonunning <a href="/acts/-4193761#-4193891">8-moddasiga </a>muvofiq ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida tashabbus taklifini kelishishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro shartnoma loyihasi boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha oʻz takliflari va fikr-mulohazalarini bir vaqtda taqdim etgan boʻlsa, ekspertlar darajasida ishlab chiqish bosqichida xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga takroran kiritish talab etilmaydi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942275">Davlat organi manfaatdor davlat organlariga xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matnini kiritayotganda Qonunning <a href="/acts/-4193761#-4193891">8-moddasida </a>nazarda tutilgan barcha zarur materiallarni ham ilova qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942276">Xalqaro shartnoma loyihasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalaga tushuntirish xati davlat organi tomonidan tayyorlanadi va ushbu organ rahbari (uning yoʻqligida ― birinchi oʻrinbosari tomonidan) tomonidan imzolanishi kerak. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942277">Bunda shunga eʼtibor qaratish lozimki, xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etish masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishning butun jarayoni uchun, shu jumladan tayyorlanadigan ilova materiallarning hamda davlat tilidagi va boshqa tildagi xalqaro shartnoma loyihasi autentik tarjimalarining sifati uchun javobgarlik vakolatiga xalqaro shartnomada tartibga solinadigan masalalar kiradigan davlat organi rahbariga yuklanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942278">68. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish chogʻida manfaatdor davlat organlari:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942279">hujjat matni boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻz takliflari va fikr-mulohazalarini taqdim etgan holda xalqaro shartnoma loyihasini ishlab chiqishni davom ettirish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942280">yohud koʻp tomonlama xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki unga qoʻshilish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida fikrlar taqdim etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942281">69. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matnini ekspertlar darajasida ishlab chiqish ularni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazgan holda amalga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942282">70. Ikkinchi bosqichda (ekspertlar darajasida qayta ishlash yakunlanganidan keyin) hujjat Qonunning <a href="/acts/-4193761#-4193938">11-moddasiga </a>muvofiq quyidagilar ilova qilingan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritiladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942284">davlat tilidagi yoki zarur hollarda, boshqa tildagi xalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942286">Qonunning <a href="/acts/-4193761#-4193905">9-moddasi </a>talablariga mos boʻlgan tushuntirish xati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942287">manfaatdor davlat organlari bilan ekspertlar darajasida ishlab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasi natijalari qiyosiy jadval tarzida.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942288">71. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi koʻrib chiqilayotgan masala predmetiga oid quyidagi zaruriy materiallarni ham talab qilib olishga haqli:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942290">normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yuqori turuvchi organ topshirigʻining yoki xalqaro shartnoma loyihasini yoxud koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish nazarda tutilgan boshqa hujjatlarning koʻchirma nusxalari; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942291">manfaatdor davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning ekspertlar darajasida qayta ishlash chogʻida taqdim etilgan xatlaridan koʻchirma nusxalar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942292">xorijiy hamkorning salohiyati, hamkorlikning joriy holati, oʻzaro hamkorlikdagi istiqbolli rejalar va loyihalar haqida axborot, xalqaro shartnoma tuzishning amaliy ahamiyatini puxta oʻrganish uchun zarur boʻlgan statistik va boshqa maʼlumotlar; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942293">agar xalqaro shartnoma loyihasida yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matnida boshqa xalqaro shartnomalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilsa, qiyosiy jadval;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942294">mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning <a href="/acts/-4939446#-4942705">4-ilovasiga </a>muvofiq shaklda koʻp tomonlama xalqaro shartnoma qoidalarining milliy qonunchilik normalariga va Oʻzbekiston Respublikasidagi mavjud amaliyotga mos kelishini moddama-modda tahlil qilish boʻyicha qiyosiy jadval.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942295">72. Xalqaro shartnomani tartibga solish predmetining oʻziga xosligidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish bosqichida davlat organidan xalqaro shartnoma tuzishning yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnomada Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi boʻyicha batafsil taqdimot tayyorlagan holda ekspert uchrashuvi oʻtkazishni soʻrashga haqli.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942297">73. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining huquqiy ekspertiza yakunlari boʻyicha bergan ijobiy xulosasi davlat organi tomonidan xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritish imkonini beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942298">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tegishli xulosasi olinganidan soʻng davlat organi Qonunning<a href="/acts/-4193761#-4193958"> 13-moddasida </a>koʻrsatilgan barcha hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942299">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklifni mustaqil ravishda kiritish haqida qaror qabul qilinganda, davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi soʻrovnomasi boʻyicha huquqiy ekspertiza yakunlari yuzasidan takliflarni hisobga olgan holda tayyorlangan zarur materiallarni taqdim etadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942300">74. Vazirlar Mahkamasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada Oʻzbekiston Respublikasining ishtiroki maqsadga muvofiqligi haqida maʼqullashi olingandan keyin davlat organi xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda uning kelishilishini amalga oshiradi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4942301">9-bob. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matnini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942302">75. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matnini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish – bu Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tegishli xulosa tayyorlangan holda xalqaro shartnoma loyihasining qoidalarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matnini oʻrganish va baholash boʻyicha faoliyat hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942303">76. Huquqiy ekspertiza natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining va Tashqi ishlar vazirligining maxsus blankalarida rasmiylashtiriladi. </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4942331"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5785463">77. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi borasida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ishlab chiquvchiga tegishli xulosa taqdim etiladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-5785463"><a href="/acts/-4939446?ONDATE=30.11.2021 00#edi-5785464">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942340">Xalqaro shartnoma loyihasi yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4957249">huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Qonunning 8-moddasi <a href="/acts/-4193761#-4193900">uchinchi qismida</a> koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmasa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4957250">xalqaro shartnoma loyihasining yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning davlat tilidagi matni bilan uning boshqa tillardagi matnlari oʻrtasida nomuvofiqliklar boʻlsa.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4957252">Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish rad etilganligi haqida ishlab chiquvchiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942311">78. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni Qonunning <a href="/acts/-4193761#-4193938">11-moddasida</a> nazarda tutilgan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4957269">Xalqaro shartnoma loyihasi yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4957270">ilova qilingan materiallar asosida tegishli xalqaro shartnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki unga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini va amaliy ahamiyatini aniqlash imkoni boʻlmasa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4957271">xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish yakunlanmagan boʻlsa yoxud ular boʻyicha barcha manfaatdor organlarning fikri olinmagan boʻlsa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4957272">loyihaga Qonunning <a href="/acts/-4193761#-4193905">9</a> va <a href="/acts/-4193761#-4193938">11-moddalari</a>, shuningdek mazkur Uslubiy koʻrsatmalar talablariga mos keladigan zarur materiallar ilova qilinmagan boʻlsa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4957273">xalqaro shartnoma loyihasini jiddiy qayta ishlash talab etilsa va bu uning matni tubdan oʻzgarishiga olib kelsa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4957274">davlat tilidagi va chet tilidagi xalqaro shartnoma matnlari oʻrtasida muvofiqlikni taʼminlash uchun lingvistik ekspertiza, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazish zarurati aniqlangan boʻlsa.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4957275">Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish rad etilganligi haqida ishlab chiquvchiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942321">79. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish ustuvorligidan va ularning amaliy ahamiyatidan, xalqaro shartnoma turini tanlash asosliligidan, shartnomani imzolash tomonlarning vakolatiga daxldorligi va ular bunday huquqqa egaligidan kelib chiqish tavsiya etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942322">80. Agar huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda xalqaro shartnoma loyihasining yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matnining va ilova qilingan materiallarning bildirilgan talablarga mos kelmasligi aniqlansa, ushbu nomuvofiqlik tegishli asoslar bilan birga xulosada aks ettiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942324">Bunday nomuvofiqliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi takliflar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4964010">xalqaro shartnoma loyihasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4964011">Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi xalqaro shartnomasiga yoki normativ-huquqiy hujjatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4964012">xalqaro shartnoma loyihasiga yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matniga ilova qilingan materiallarni maromiga yetkazish yuzasidan rasmiylashtirilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942366">81. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlari loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4942659">10-bob. Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari toʻgʻrisidagi guvohnoma</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942661">82. Muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomalar imzolash vakolatlari toʻgʻrisidagi guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Qonunning <a href="/acts/-4193761#-4193974">15</a> va <a href="/acts/-4193761#-4193977">16-moddalari </a>talablarini hisobga olgan holda rasmiylashtiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942663">83. Vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnomani olish uchun davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan xalqaro shartnomani imzolash toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin eng qisqa muddatda, biroq Oʻzbekiston Respublikasida muzokaralar boshlanadigan, xalqaro shartnoma imzolanadigan sanadan yoxud delegatsiya shu maqsadda xorijga chiqib ketishidan kamida 10 kun avval ularni rasmiylashtirish iltimosi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga soʻrovnoma yuboradi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942665">84. Soʻrovnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomiga soʻrayotgan davlat organining blankasidagi rasmiy xatni oʻzida ifodalaydi. Soʻrovnomada vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnoma kimning nomiga soʻralayotgan boʻlsa, bu shaxsning yoki shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimlari va ular rasmiy delegatsiya tarkibiga kim sifatida kiritilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻliq koʻrsatiladi. Shuningdek, boʻlajak tadbirning toʻliq nomi, u oʻtkaziladigan joy va muddatlar, imzolash uchun tayyorlanayotgan xalqaro shartnomaning toʻliq rasmiy nomi koʻrsatiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942666">Xalqaro tashkilotlar va boshqa tuzilmalarning xalqaro konferensiyalari, kengashlari, sessiyalariga delegatsiyalarni yuborayotganda, delegatsiyaning vakolatlari haqidagi guvohnomaga taalluqli tartib-taomil qoidalaridan koʻchirma soʻrovnomaga ilova qilinishi lozim. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942668">85. Vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnoma, qoida tariqasida, muzokaralar yoki tadbirlar boshlanguniga qadar, xalqaro shartnoma imzolanishidan oldin yoki imzolanayotgan vaqtda beriladi. Ikki tomonlama xalqaro shartnomalar imzolanayotganda, muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon bilan vakolatlar toʻgʻrisida guvohnomalar almashiladi. Koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar imzolanayotganda vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnoma depozitariyga topshiriladi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4942670">11-bob. Yakuniy qoida</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4942672">86. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalarni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4942673"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4942674">Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqida <a href="/acts/-4939446#-4941876">uslubiy koʻrsatmalarga</a><br />1-ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4942677">Xalqaro shartnomalarda va xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlarda eng koʻp ishlatiladigan soʻzlar va atamalar</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4942678"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-4942680"><img src="/files/4971870" /></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4942685"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4942687">Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqida <a href="/acts/-4939446#-4941876">uslubiy koʻrsatmalarga</a><br />2-ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4942689">Ikki tomonlama xalqaro shartnomaning yakuniy qismi</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4942691">namunaviy qoidalari</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4942692"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-4942693"><img src="/files/4971962" /></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4942697"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4942698">Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqida <a href="/acts/-4939446#-4941876">uslubiy koʻrsatmalarga</a><br />3-ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4942699">Memorandumning yakuniy qismi</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4942701">namunaviy qoidalari</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4942702"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-4942703"><img src="/files/4971972" /></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4942705"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4942706">Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqida <a href="/acts/-4939446#-4941876">uslubiy koʻrsatmalarga</a><br />4-ILOVA</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4942708"></a></div><div class="TABLE_STD" id="theDefCssID"><a id="-4942709" class="tabBox"><table id="theTableID" hidefocus="" style="PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; LEFT: 294px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 783px; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TOP: 4px; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="-1" cellspacing="1" cols="20" border="1" appliedcssid="theDefCssID">
<colgroup>
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1" colspan="22">
<p align="center"><br /><font size="2"><u><em>(Koʻp tomonlama xalqaro shartnoma nomi)</em></u> <strong>qoidalarining milliy qonunchilik normalariga <br />va Oʻzbekiston Respublikasidagi mavjud amaliyotga mos kelishini moddama-modda tahlil qilish boʻyicha <br />QIYOSIY JADVAL</strong></font><br /></p></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td tabindex="1">
<p align="center"><font size="2"><strong>T/r</strong></font></p></td>
<td tabindex="1" colspan="7">
<p align="center"><font size="2"><strong>Xalqaro shartnoma qoidalari <br /></strong><em><font size="1">(moddama-modda bayon etiladi)</font></em> </font></p></td>
<td tabindex="1" colspan="7">
<p align="center"><font size="2"><strong>Milliy qonunchilikda mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatning yoki huquqni qoʻllashda amaliyotning mavjudligi <br /><font size="1"><em></em></font></strong></font><font size="1"><em>(tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qoidalari yoki amaliyot batafsil yoritiladi) </em></font></p></td>
<td tabindex="1" colspan="7">
<p align="center"><font size="2"><strong>Milliy qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yohud yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilishning zarurligi <br /></strong><font size="1"><em>(tegishli oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatning nomi aniq koʻrsatiladi)</em></font> </font></p></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="VERTICAL-ALIGN: middle" tabindex="1">
<p align="center"><strong><font size="2">1.</font></strong></p></td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: middle" tabindex="1" colspan="7"></td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: middle" tabindex="1" colspan="7"></td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: middle" tabindex="1" colspan="7"></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="VERTICAL-ALIGN: middle" tabindex="1">
<p align="center"><font size="2"><strong>2.</strong></font></p></td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: middle" tabindex="1" colspan="7"></td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: middle" tabindex="1" colspan="7"></td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: middle" tabindex="1" colspan="7"></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td></tr></tbody></table></a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-4941849">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3273/1152-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son;   13.02.2024-y., 10/24/3496/0121-son)</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
