Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.02.2005
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DEPUTATNI ChAQIRIB OLISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 2-dekabrdagi 709-II-sonli “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z ko‘chini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“O‘zbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1996-yil 5-iyundagi 111 (1364)-sonida e’lon qilingan.
2. Qayd etilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
3. 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 179-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-aprel,
230-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 68-modda)