Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va Qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun xam saflarimizda turib Vatan obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga, yoshlarni maʼnaviy-axlokiy jixatdan tarbiyalashga xissa qoʻshayotgan faxriylarni eʼzozlash xamda fashizm ustidan kozonilgan galabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragʻbatlantirish maksadida:
1. Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 000 000 (besh million) soʻm miqdorida biryoʻla pul mukofoti belgilansin.
2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻlik sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini taʼminlasinlar.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-kizlar koʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi, boshia nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va shaʼni-sharafi himoyachilariga bagʻishlangan maxsus uchrashuvlar va maʼrifiy-badiiy kechalar oʻtkazsinlar.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-aprel,
PF-5417-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2018-y., 06/20/5417/0998-son)