|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.04.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“DEHQON XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi OʻRQ-680-sonli “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 1998-yil 1-iyuldan amalga kiritilsin. Mazkur Qonunning amalga kiritilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi”da nazarda tutilgan muddatlar va tadbirlarga muvofiq ravishda taʼminlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq holga keltirsin;
amaldagi shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga aylantirish tartibini tasdiqlasin;
vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. 1998-yilning 1-iyulidan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlari butunlay yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 403-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 404-modda);
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni IV boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 30-aprel,
605-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 89-modda)