Hujjat 07.09.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
«OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAʼMURIY-HUDUDIY TUZILISh, TOPONIMIK OBYEKTLARGA NOM BERISh VA ULARNING NOMLARINI OʻZGARTIRISh MASALALARINI HAL ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA»GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1996-yil 7-sentyabrdagi 184 (1436)-sonida eʼlon qilingan.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 82-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 3-sentyabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-jugʻrofiy, geologik va boshqa toponimik obyektlarga nom berish hamda ularning nomlarini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 340-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
277-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 9-son, 140-modda)