|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.04.2017
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAXKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING TUZILISHI TO‘G‘RISIDA” 1992-YIL 11-FEVRALDAGI 59-SON QARORIGA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ko‘rsatilgan qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Kelishilgan moliya, soliq, valyuta va narx siyosatini o‘tkazishni ta’minlash, moliya tizimini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan, valyuta resurslaridan maqsadli foydalanish va narxlar ustidan nazoratning ta’sirini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida moliya boshqaruvi organlarining tashkiliy tuzilishini va narx belgilash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq”, undan keyin matn bo‘yicha davom etadi.
2. 1-bandning to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda berilsin:
“moliya-valyuta siyosatining asosiy qoidalarini shakllantirish, respublikaning valyuta rejasini (to‘lov balansini) tuzish va ijro qilish, valyuta resurslarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ularni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga valyuta rejasini tuzish va bajarish, valyuta resurslarining sarflanishini nazorat qilish vazifalari yuklatilganligi va ushbu maqsadlar uchun maxsus tarkibiy bo‘linmalar tuzish zarurligi munosabati bilan respublika moliya organlari xodimlarining cheklangan soni 50 kishiga, shu jumladan, Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlarining soni 20 kishiga ko‘paytirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliya organlarining tuzilgan tarkibiy bo‘linmalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 31-iyul,
356-son