Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanilishini taʼminlash, sohaga bozor mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Quyidagi lavozimlar kiritilsin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar prokurorlarining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi transport prokurorining katta yordamchisi;
b) ekin maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, qishloq xoʻjaligi texnikalari holatini nazorat qilish, mineral oʻgʻitlarning maqsadli ishlatilishini, paxta va gʻalla hosilini yigʻib olishda jamoat tartibi, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.
4. Belgilansinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi deb qayta nomlanadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalarining qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimlari agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimlari deb qayta nomlanib, ularga qoʻshimcha 145 ta shtat birliklari ajratiladi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining boshqarma maqomiga ega boʻlgan 12 nafar xodimdan iborat boshqaruv apparati tashkil etiladi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosariga:
mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish borasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat ichki ishlar boshqarmalari (bosh boshqarmasi) boshliqlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosarlari boʻysundiriladi;
oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tegishli sohaviy xizmat xodimlarini (ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika inspektorlaridan tashqari) jalb etish vakolati beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
e) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimini va uning boshqaruv apparatini kiritish Ichki ishlar vazirligi xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi;
j) prokuratura organlari tuzilmasiga yangi kiritilayotgan lavozimlar va ajratilayotgan qoʻshimcha shtat birliklari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimidagi 160 ta shtatlar sonini qisqartirish hisobidan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Moliya va moddiy-texnika taʼminoti bosh boshqarmasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosari — Moliya va moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi boshligʻi lavozimlari tugatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika taʼminoti bosh boshqarmasi vazirlik Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti etib qayta tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra, tuman va shahar hokimlariga oʻz hududida joylashgan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridagi haqiqiy ahvolni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi yoki uning hududiy boshqarmalariga uchuvchisiz uchish apparatlardan foydalanish boʻyicha buyurtma berish vakolati beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlarining monitoringi samaradorligini oshirish, ularning oʻzboshimchalik bilan egallanishining oldini olish maqsadida kosmosuratlar bilan ishlash, ularni deshifrovka qilish va Milliy geoaxborot tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanishni yoʻlga qoʻysin;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligiga oid maʼlumotlar bazasini Milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilsin hamda yer va suv resurslari boʻyicha uzluksiz maʼlumotlar almashinuvini taʼminlasin;
uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqaruvchi sertifikatlangan pilotlarni 2020-yil yakuniga qadar 100 nafarga, 2021-yil yakuniga qadar 200 nafarga yetkazish choralarini koʻrsin;
uchuvchisiz uchish apparatlari har bir tuman va shaharda ishlatilishini inobatga olgan holda, ularning samaradorligini oshiruvchi dasturiy taʼminotlarni joriy etish, shuningdek, uchish xarajatlarini kamaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
aerofotosurat olishga moʻljallangan resurstejamkor samolyotni hamda uni jihozlovchi lazerli multispektral kamerani, istisno tariqasida, tender savdolarisiz, ishlab chiqaruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi maʼlumotlar bazasidagi sunʼiy yoʻldosh orqali yerni masofadan zondlash suratlaridan begʻaraz foydalanish va oʻzaro axborot almashuvini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali amalga oshirishga ruxsat berilsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi bir hafta muddatda tegishincha Bosh prokuror va ichki ishlar vazirining agrar va oziq-ovqat sohalariga biriktirilgan oʻrinbosarlariga kerakli tarkibiy tuzilmalarning ajratilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, resurstejovchi ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etishga oid “Mahalla”, “Oʻzbekiston 24”, “Yoshlar” va mahalliy telekanallarda maxsus koʻrsatuvlar tashkil etish hamda muntazam namoyish etib borish yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-mart,
PQ-4643-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 07/20/4643/0332-son)