Hujjat 11.03.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi 924-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 4, 136-modda; 2018-yil, № 7, 486-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 261-modda, № 9, 589, 591-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
yettinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 38-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “sudyalar o‘rtasida ishlarni taqsimlaydi, shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda taqsimlaydi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
2) 17-moddaning birinchi qismidagi “shuningdek” degan so‘z chiqarib tashlansin;
3) 150-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
4) 162-moddaning birinchi qismi “Sudya” degan so‘zdan keyin “da’vo arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, sudgacha majlis o‘tkazilgan hollarda esa da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 163-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “da’vo arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.