

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                            <div class="act_warning">
                                <b>Hujjat 10.03.2020 00 sanasi holatiga</b>
                                <br />
                                <a style="color: green" href="/acts/-4759202">
                                    Amaldagi versiyaga o‘tish</a>
                            </div>
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-4761713">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4761714">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-4761715">Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4761717"></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4761732">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18900"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761732">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “<a href="/acts/-3398528">Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son, “<a href="/acts/-3723561">Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son hamda “<a href="/acts/-4634623">Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761734">1. Quyidagilar:</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4761736">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6158"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761736">Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-4759202#-4761756">1-ilovaga </a>muvofiq;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761737">“Startap” loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-4759202#-4761771">2-ilovaga </a>muvofiq;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761743">Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar toʻgʻrisidagi nizom <a href="/acts/-4759202#-4761779">3-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761749">2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761751">3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-4761752">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4761753">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4761754">2020-yil 9-mart,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-4761755">133-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4761756"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4761759">Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son <a href="/acts/-4759202">qaroriga</a><br />1-ILOVA</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4761761">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6158"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]</span></div></a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4761761">Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisida</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4761762">NIZOM</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4761763"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4761765"><strong>1-bob. Umumiy qoidalar</strong></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761794">1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni (keyingi oʻrinlarda davlat buyurtmasi deb ataladi) shakllantirish, bajarish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761796">2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761797"><strong>akademik harakatchanlik </strong>— ilmiy xodimlarning oʻz ish joyidan ajralmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida oʻtkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, tajriba almashishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761803"><strong>amaliy tadqiqotlar</strong> — amaliy maqsadlarga erishish va aniq vazifalarni hal etish uchun asosan yangi bilimlarni va fundamental tadqiqotlar natijalarini qoʻllashga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761808"><strong>benefitsiar (loyihadan foyda oluvchi)</strong> — ilmiy-tadqiqot loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdor boʻlgan shaxs;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4761809"><strong>davlat buyurtmasi</strong> — ilmiy-tadqiqot loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirish topshirigʻi;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4761809"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6007041">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761811"><strong>ilmiy ekspertiza — </strong>ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha asoslantirilgan qaror qabul qilish maqsadida uni oʻrganish, tahlil qilish, baholash va xulosa tayyorlashga qaratilgan faoliyat;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761813"><strong>ilmiy-tadqiqot loyihasi </strong>— fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar shaklida maqsad va vazifalari, ijrochilari va bajarish muddatlari, manbalari, vositalari (ularning shakllantirish manbalaridan qatʼi nazar) ilmiy va (yoki) ilmiy-texnik natijalarni, nou-xau va yangi texnologiyalarni olishga qaratilgan tashkiliy-texnik va boshqa zarur chora-tadbirlar majmui;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761815"><strong>ilmiy-texnik kengash </strong>— Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilmiy loyihalarni ilmiy ekspertizadan oʻtkazish maqsadida tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha sohaga oid olimlar, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan shakllantirilgan hamda jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan ilmiy-texnik jamoa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761816"><strong>innovatsion loyihalar —</strong> amalga oshirish muddati, infratuzilmasi, ijrochilari, moliyalashtirish manbai va hajmiga ega innovatsiyani yaratish va ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761817"><strong>kollegial organ </strong>— Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hayʼati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761818"><strong>loyihaning ijrochi tashkiloti —</strong> ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshiruvchi ilmiy faoliyat subyektlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan boshqa tashkilotlar;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4761820"><strong>maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari</strong> — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan davlat siyosati vazifalarining ilmiy yechimini taʼminlashga yoʻnaltirilgan, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari oldida turgan oʻziga xos muammolarni hal etish boʻyicha ilmiy asoslangan kompleks yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan, tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha takliflarini shakllantirish imkoni chegaralangan ilmiy-tadqiqot loyihalari;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4761820"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=16.12.2025 00#edi-7974531">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761821"><strong>sanoat hamkori </strong>— ilmiy-tadqiqot loyihasi natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishdan manfaatdor boʻlgan va shunga muvofiq loyihani hamkorlikda moliyalashtirish taklifiga ega sanoat yoki tarmoq korxonasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761822"><strong>tajriba-konstruktorlik </strong><strong>loyihasi</strong> — tajriba, konstruktorlik namunalari, asboblar, materiallar, buyumlar va boshqa ilmiy ishlanmalarni loyihalash, tayyorlash va sinovdan oʻtkazish, rivojlantirish bilan bogʻliq loyiha;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761823"><strong>tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari </strong>— fan va texnologiyalarning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq ilmiy faoliyat subyektlarining tashabbuslari asosida qabul qilinadigan, alternativ loyiha takliflari talab qilinmaydigan ilmiy-tadqiqot loyihalari;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4761824"><strong>tematik ilmiy-tadqiqot loyihalari</strong> — ilmiy faoliyatning ilgʻor yoʻnalishlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ehtiyojlari va muammolaridan kelib chiqqan holda davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari asosida ishlab chiqiladigan, moliyaviy hajmi koʻrsatilgan, mavzu doirasida olinadigan yakuniy mahsuloti aniq aks ettirilgan muntazam ravishda eʼlon qilinadigan, tanlov asosida moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4761824"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=16.12.2025 00#edi-7974552">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761825"><strong>fundamental tadqiqotlar </strong>— tabiat, jamiyat va insonning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishiga oid asosiy qonuniyatlar haqidagi yangi bilimlarni olishga, ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni, shuningdek, muayyan faoliyat natijasida yaratilgan obyektlarni oʻrganishga qaratilgan nazariy va (yoki) tajriba oʻtkazishga qaratilgan tadqiqotlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761826">3. Davlat buyurtmasi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalari, maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari hamda ilmiy faoliyat subyektlarining tashabbuslari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida shakllantiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761827">4. Davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi deb ataladi) yuklanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761832">5. Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni bajarish uchun davlat buyurtmasi Buyurtmachi bilan ilmiy-tadqiqot loyihalarining ijrochi tashkiloti oʻrtasida shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4761833"><strong>2-bob. Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirishga qoʻyiladigan umumiy talablar</strong></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761834">6. Davlat buyurtmasi mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlantirish vazifalari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarida nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun shakllantiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761835">7. Davlat buyurtmasi boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalar yoʻnalishlari, tematikalari va moliyalashtirish hajmlari Buyurtmachi tomonidan shakllantiriladi va ilmiy-tadqiqot loyihalarini belgilangan tartibda tanlovdan tashqari (alternativ loyiha takliflari mavjud boʻlmaganda) yoki tanlov asosida (alternativ loyiha takliflari ichidan) saralab olish uchun asos boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761836">8. Buyurtmachi davlat buyurtmasini bajarish boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini mazkur Nizomning <a href="/acts/-4759202#-4762821">3-bobida </a>belgilangan talablar asosida eʼlon qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761837">Eʼlonlar Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga arizalarni shakllantirish, roʻyxatdan oʻtkazish va topshirish tartibi, muddati va talablari koʻrsatilgan holda joylashtiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761838">9. Fundamental ilmiy-tadqiqot loyihalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761840">tabiat, jamiyat, inson, ong va sunʼiy ravishda yaratilgan obyektlarning tuzilishi, faoliyati va rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochishga qaratilgan yangi bilimlarni egallash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762803">ilm-fanning muayyan sohasidagi tadqiqotlar natijalarini nazariyalar, tushunchalar, metodologiyalar, usullar, tavsiyalar shaklida qoʻllash maqsadida tadqiq etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762804">ilm-fan nazariyasi va metodologiyasini boyitishga, kelgusida bajariladigan amaliy tadqiqotlar hamda ularni amaliy qoʻllashga qaratilgan innovatsiya ishlari uchun asos sifatida xizmat qilish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762805">Fundamental loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati besh yilgacha boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762806">Fundamental loyihalar tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega boʻlishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762807">10. Amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762808">ishlab chiqarish va/yoki ijtimoiy, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yangi konstruksiyalar, materiallar, usullar, xizmatlarni yaratishga yoki mavjudlarini takomillashtirishga xizmat qilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762809">iqtisodiyotning real sektorini shakllantirishga koʻmaklashish, ishlab chiqarish sohasida energiya va resurslarni tejashni taʼminlash, milliy iqtisodiyot subyektlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning innovatsion tarkibini va qoʻshimcha qiymatini oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762810">yuqori texnologiyali mahsulotlar namunalarini tayyorlash va/yoki ishlanmalarning texnik va texnologik sinovlarining natijalari va/yoki olingan ilmiy-texnik natijani iqtisodiyotning real sektoriga joriy qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762811">ilmiy-texnik mahsulotlar va unga ilmiy-texnik hujjatlar toʻplamini, shu jumladan loyihalash hujjatlarini va/yoki texnologik hujjatlarni tasdiqlash, laboratoriya qoidalari va/yoki texnik shartlar va pasportlar, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar toʻplamini ishlab chiqish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762812">Amaliy loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati uch yilgacha boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762813">Amaliy loyihalar tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega boʻlishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762814">11. Innovatsion loyihalari quyidagi talablarga javob berishi zarur:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762815">avval bajarilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar asosida mahalliy xomashyolardan foydalangan holda import oʻrnini bosuvchi, eksportga moʻljallangan yangi mahsulot va texnologiyalarni yaratish, mavjudlarini sifat jihatidan takomillashtirish, tannarxini pasaytirish, mehnat bozorida yangi ish oʻrinlarini yaratishni taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762816">keyinchalik ulardan amaliyotda foydalanish maqsadida amalga oshiriladigan konstruktorlik, tajriba namunalari, asboblar, materiallar, buyumlar va boshqa ilmiy ishlanmalarni loyihalash, tayyorlash va sinovdan oʻtkazish, rivojlantirish bilan bogʻliq tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762817">yuqori texnologiyaga asoslangan mahsulotlar namunalari yoki prototiplarini yaratish va/yoki tajriba-laboratoriya texnologiyasini tatbiq etish, ilmiy hajmdor mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada qoʻllash uchun yangi turdagi xizmatlarning tajriba-sinovini oʻtkazish (sogʻliqni saqlash, bank-moliya sektori va boshqalar). </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762818">Innovatsion loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati ikki yilgacha boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762819">Innovatsion loyihalar tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega boʻlishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762820">12. Ilmiy-tadqiqot loyihalariga tashkilotlardan taqdim etiladigan arizalar Buyurtmachi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilib, identifikatsiya raqami olingandan soʻng qabul qilinadi. Roʻyxatdan oʻtish tartibi va ijrochi tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar Buyurtmachi tomonidan belgilanadi va Buyurtmachining rasmiy veb-saytida va/yoki zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4762821">3-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4762822">1-§. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4762823"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-7974558">13. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalariga buyurtma davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy faoliyat subyektlarining asoslangan takliflari, shuningdek, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, tijoratlashtirish imkoniyati mavjud yakuniy tayyor mahsulot/texnologiyalarga boʻlgan ehtiyojlari tahlilining natijalari asosida Buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-7974558"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=16.12.2025 00#edi-7974560">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762824">Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga <a href="/acts/-4759202#-4763139">1-ilovada </a>keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4762825"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-7974564">14. Davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat buyurtmasiga kiritish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarini va real ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish va hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar boʻyicha belgilangan tartibda va shaklda asoslangan takliflar (keyingi oʻrinlarda takliflar deb ataladi) tayyorlaydi. Takliflar Buyurtmachining rasmiy soʻroviga asosan yoki ixtiyoriy ravishda koʻrib chiqish uchun muntazam ravishda taqdim etilishi mumkin.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-7974564"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=16.12.2025 00#edi-7974565">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762826">Bunda davlat buyurtmasiga kiritish uchun ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning ilmiy-texnik yoki ilmiy kengashlarida koʻrib chiqilib, maʼqullangan tematik loyiha eʼloni uchun taklif ushbu muassasalarning yuqori turuvchi vazirlik va idoralariga taqdim etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762827">Yuqori turuvchi vazirlik va idoralar ilmiy-tadqiqot hamda oliy taʼlim muassasalaridan olingan takliflarni umumlashtiradi va koʻrib chiqish uchun Buyurtmachiga taqdim etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762828">Iqtisodiyot tarmoqlarining ilmiy yechimni taʼminlash talab etiladigan ehtiyojlari boʻyicha takliflar toʻgʻridan-toʻgʻri Buyurtmachiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4762829">Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan takliflar hudud iqtisodiyotining muammolarini va ilmiy-texnik ishlanmalarga boʻlgan ehtiyojlarni tahlil qilish, shuningdek, hududdagi yuqori turuvchi tashkiloti mavjud boʻlmagan boshqa tashkilotlarning takliflari asosida shakllantiriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4762829"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=16.12.2025 00#edi-7974575">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762830">15. Davlat buyurtmasiga kiritish uchun tematik loyiha eʼloni uchun takliflarni shakllantirishda quyidagi prinsiplarga rioya etiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762831">ilmiy-tadqiqot mavzusining dolzarbligi va tematik loyiha mavzusida aniq yakuniy mahsulotga buyurtmani aks etganligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762832">fan va texnologiyalar rivoji uchun ustuvorligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762833">iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlarining aniq muammolarini hal etishga qaratilganligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762834">loyiha natijasida yakuniy mahsulotni yaratilishi asoslanganligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762835">ishlanmaning raqobatbardoshliligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762836">tayyor mahsulotni ishlab chiqishga yoʻnaltirilganligi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762837">loyiha natijalarining tijoratlashtirish imkoniyatining mavjudligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762838">loyihaning natijadorligi (mahsulot yoki takomillashtirilgan texnologiya);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762839">loyihaning moliyalashtirish prognoz hajmlari belgilanganligi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4762840"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-7974620">16. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar boʻyicha takliflarni shakllantirish uchun, zarur hollarda, Buyurtmachi tomonidan mavzu va loyiha natijasida yaratiladigan mahsulotni iqtisodiyotga kerakligi toʻgʻrisida manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga soʻrov yuboriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-7974620"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=16.12.2025 00#edi-7974621">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762841">Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar boʻyicha takliflar Buyurtmachi tomonidan muntazam ravishda qabul qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762842">17. Takliflarni shakllantirishda ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi uchun tematik ilmiy-tadqiqot boʻyicha taklif bergan (benefitsiar) tomon javobgar boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762843">18. Buyurtmachi taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kun davomida kelib tushgan takliflar yigʻma roʻyxatini shakllantiradi, ularning takrorlanishining oldini olish maqsadida, shuningdek, amalga oshirilayotgan va avval amalga oshirilgan loyihalarni hisobga olgan holda oʻrganib chiqadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762844">19. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar boʻyicha takliflarni oʻrganish jarayoniga zarur hollarda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning tegishli mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762845">20. Buyurtmachi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar boʻyicha takliflar roʻyxatini shakllantirishda mavzu doirasida amalga oshiriladigan loyihaning turi, kutilayotgan yakuniy natijasi va amalga oshirish muddatlaridan kelib chiqib, moliyalashtirishning prognoz hajmini belgilashi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762846">21. Buyurtmachi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar dolzarbligi hamda ahamiyatini, kutilayotgan yakuniy natijasini hisobga olgan holda, loyihalarni amalga oshirish muddatlarini belgilaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762847">22. Buyurtmachining tarkibiy boʻlinmalari taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kun muddat ichida loyiha tasnifi va unga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi va eʼlon uchun tayyorlaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762848">23. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarga davlat buyurtmasi Buyurtmachining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi va loyihani topshirishning aniq muddati va tartibi belgilangan holda uning rasmiy veb-saytida va zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalarida tanlov eʼlon qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762849">Oʻrganish natijalariga koʻra, ayrim takliflar eʼlonga berilmasligi va qayta koʻrib chiqish uchun taklif etuvchiga qaytarilishi yoki asoslantirilgan holda rad etilishi mumkin.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4762850">2-§. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4762851"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-7974633">24. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va konsepsiyalarda bayon etilgan vazifa va topshiriqlar asosida (agar bu topshiriqlarni ijrosi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar tanlovlari doirasida bajarilishi mumkin boʻlmasa) hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari oldida turgan oʻziga xos muammolarni hal etish ehtiyojidan kelib chiqib murojaatga muvofiq qabul qilinadi. Bunda tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha takliflarini shakllantirish imkoni chegaralanganligi uchun loyihalar tegishli ilmiy-texnik kengashda oʻtkazilgan ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra tanlovdan tashqari moliyalashtiriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-7974633"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=16.12.2025 00#edi-7974644">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762852">Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga <a href="/acts/-4759202#-4763183">2-ilovada </a>keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762853">25. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari ikki yoki undan ortiq ilmiy faoliyat subyektlari, xalqaro va xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4762854"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-7974650">26. Davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari qabul qilinganidan keyin oʻttiz kun ichida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha takliflarni Buyurtmachiga taqdim etadi. Bunda taklif qilinayotgan ilmiy loyihaning maqsadliligi, oʻziga xosligi va tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha takliflarini shakllantirish imkoni yoʻqligi yoki chegaralanganligi asoslab berilishi shart.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-7974650"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=16.12.2025 00#edi-7974654">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762855">Buyurtmachining oʻrganishlari va xulosasi asosida tanlov oʻtkazish imkoni boʻlgan topshiriqlarga tematik ilmiy loyihalar shakllantirilib, tanlovga qoʻyilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762856">27. Buyurtmachi maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini tegishli ilmiy kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra tanlovdan tashqari moliyalashtirishga yoʻnaltiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762857">28. Ariza beruvchi (benefitsiar) maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirishda va amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi boʻyicha takliflar uchun javobgardir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762858">29. Buyurtmachi taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kun davomida kelib tushgan takliflarning yigʻma roʻyxatini shakllantiradi, takrorlanishlarining oldini olish maqsadida, shuningdek, amalga oshirilayotgan va avval amalga oshirilgan loyihalarni hisobga olgan holda tegishli ilmiy kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra moliyalashtirishga tavsiya beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762859">30. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish jarayoniga zarur hollarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning tegishli mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762860">31. Buyurtmachi loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyat mavjud boʻlganda, mablagʻlar limitini oshirish yoki mablagʻlarni tadqiqot yoʻnalishlari oʻrtasida qayta taqsimlash huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5625577"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-5625577"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=28.08.2021 00#edi-5625579">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4762861">3-§. Tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762862">32. Tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa manfaatdor tashkilotlarning asoslangan takliflari asosida ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq shakllantiriladi, tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra tanlovlarsiz moliyalashtiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762863">Buyurtmachi ustuvor yoʻnalishlarga muvofiq tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga eʼlon beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762864">Eʼlon boʻyicha tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga talab etiladigan hujjatlar Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va unda loyiha talabnomalarini qabul qilish muddatlari, amalga oshirish muddatlari va loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar koʻrsatilgan boʻlishi zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762865">33. Tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha loyiha talabnomalari Buyurtmachi tomonidan belgilangan talablar va shakllarga muvofiq taqdim etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762866">Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga <a href="/acts/-4759202#-4763198">3-ilovada </a>keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762867">34. Tashabbuskor loyihalarni amalga oshirish muddatlari tadqiqot turlari boʻyicha ishlarni bajarish muddatiga qoʻyiladigan talablarni hisobga olgan holda, asoslantirilgan kalendar ish rejalariga muvofiq belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762868">35. Tashabbuskor loyihalarni moliyalashtirish hajmi loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar va moliyaviy rejalar asosida belgilanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762869">36. Ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan tashabbuskor loyihalarni amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish hajmi loyiha talabnomalarining oʻtkazilayotgan ekspertizasi natijasi boʻyicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar va buyurtmachining qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762870">37. Amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarining talabnomalari ilmiy faoliyat subyektlari va sanoat hamkorlari bilan birgalikda taqdim etilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762871">Bunday arizada sanoat hamkori tomonidan qoʻshma (ulushli) moliyalashtirish hajmi, shu jumladan qoʻshma moliyalashtirish xarajatlari turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762872">38. Buyurtmachi berilgan eʼlonga koʻra, tadqiqot yoʻnalishlariga koʻra tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha kelib tushgan loyihalarni qabul qiladi, ularning texnik ekspertizasini oʻtkazadi va huzuridagi ilmiy-texnik kengashlarda loyihaning ilmiy ekspertizani va ochiq muhokamasi tashkil etadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4762873">4-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyiha takliflarini qabul qilish, eʼlon va tanlovlarni tashkil etish tartibi </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762874">39. Buyurtmachi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762875">tematik ilmiy-tadqiqot loyihalariga muntazam ravishda tanlov eʼlon qiladi va tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra eng maqbul loyihalardan birini tanlab, moliyalashtirishga tavsiya etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762876">maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalariga taklif qabul qiladi, tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra tanlovsiz moliyalashtirishga tavsiya etadi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762877">ilm-fanning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tashabbuskor loyihalarga eʼlon beradi va tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra tanlovsiz moliyalashtirishga tavsiya etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762878">40. Tashabbuskor loyihalarga eʼlon va tematik loyihalari tanlov talablari Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda loyiha talabnomalarini qabul qilish muddatlari, loyiha mavzularining nomi, amalga oshirish muddatlari va loyihalarni moliyalashtirishning prognoz miqdori, loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar, loyihalarni amalga oshirish boʻyicha topshiriqni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar koʻrsatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762879">Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish boʻyicha chiqarilgan topshiriqlarning asoslanganligiga qarab, tanlovlar oʻtkazilishi yoki tanlovlarsiz moliyalashtirish uchun kollegial organga xulosa berilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762880">41. Tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, Buyurtmachining talablari va tanlov hujjatlariga muvofiq ilmiy faoliyat subyektlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanuvchi boshqa tashkilotlar ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari toʻplami bilan loyihalar tanlovida qatnashish, hujjatlar toʻplamini eʼlonda belgilangan muddatlarga muvofiq taqdim etish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762881">42. Loyiha talabnomasi tarkibidagi hujjatlarning asosiy roʻyxati va ularni rasmiylashtirish (toʻldirish) va taqdim etish tartibi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi hamda Buyurtmachining rasmiy veb-saytida va zarur hollarda, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762882">43. Loyiha talabnomalari Buyurtmachi tomonidan eʼlon qilingan hujjatlar eʼlon yoki tanlov shartlarida belgilangan sanaga qadar qabul qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762883">44. Buyurtmachi ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha kelib tushgan barcha loyihani roʻyxatdan oʻtkazadi va ularga roʻyxatga olish raqamlarini beradi hamda texnik ekspertizadan oʻtkazadi. Texnik talablarga mos loyihalar ilmiy ekspertiza va ochiq muhokama oʻtkazish uchun buyurtmachi huzuridagi tegishli ilmiy-texnik kengashlarga yoʻnaltiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762884">45. Yopiq mavzudagi (maxsus yoʻnalishdagi) ilmiy-tadqiqot loyihalariga eʼlon va tanlovlar davlat buyurtmasiga qoʻyilgan talablar doirasida maxfiy ish yuritish talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762885">Yopiq ilmiy-tadqiqot loyihalariga eʼlon va tanlovlar ochiqlanmaydi. Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar loyiha talabnomalari, oldindan belgilangan ijrochi tashkilot boʻlmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan maxsus aloqa kanallari orqali qabul qilishning tegishli darajasiga ega tashkilotlarga yuboriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762886">46. Xalqaro bitimlar doirasida amalga oshiriladigan tematik yoki tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga eʼlon va tanlovlar ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4762887">5-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari talabnomalariga qoʻyiladigan talablar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762888">47. Loyiha talabnomasida loyihani amalga oshiradigan ilmiy jamoa tarkibiga kiritilgan ijrochilar soni, shuningdek, loyihaning asosiy ijrochilari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762889">48. Loyihani amalga oshirish boshlangan vaqtda tuzilgan ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida, 45 yoshdan oshmasligi kerak. Tadqiqot guruhining oʻrtacha yoshi ijrochilar yoshining arifmetik oʻrtacha darajasi sifatida hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762890">49. Akademik va ilmiy almashinuvni ragʻbatlantirish, akademik harakatchanlik va hamkorlikni rivojlantirish uchun 45 yoshgacha boʻlgan yosh olimlarning milliy (respublika) ilmiy va xorijiy taʼlim muassasalariga qisqa va uzoq muddatli xizmat safarlari (jumladan ilmiy anjumanlarda ishtirok etish) loyiha talabnomalarga kiritilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762891">Xizmat safarining maqsadi ilmiy-tadqiqot loyihasi kalendar rejasiga mos kelishi va loyiha koʻrsatkichlarining bajarilishiga xizmat qilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762892">50. Fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun loyiha talabnomasiga qoʻyiladigan asosiy talab ilmiy jamoa va loyihani amalga oshiruvchi tashkilotning falsafa doktori yoki fan doktori ilmiy unvoni boʻyicha ilmiy guruh aʼzolaridan kamida bittasi tomonidan ilmiy dissertatsiya tayyorlash va himoya qilinishini taʼminlashdan iborat boʻlishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762893">51. Amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda sanoat yoki tarmoq tomonidan hamkorlikda moliyalashtirishga qiziqish boʻlgan taqdirda, loyiha talabnomalariga sanoat yoki tarmoq hamkori toʻgʻrisidagi maʼlumot va uning moliyaviy ishtiroki (hamkorlikda moliyalashtirish) hajmi va turlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762894">52. Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, shuningdek, ilmiy izlanuvchilar institutini rivojlantirish uchun ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot guruhiga ilmiy stajyor lavozimi kiritilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762895">53. Ijrochi tashkilotlar loyihani toʻliq yoki qisman amalga oshirish uchun xorijiy olimlarni va xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydigan mutaxassislarni, taʼlim muassasalarini, tashkilotlarni va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762896">54. Har bir loyiha talabnomasi Buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzilgan quyidagi hujjatlarni oʻz ichiga olishi zarur:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762897">ilmiy-tadqiqot guruhining tarkibi har bir lavozimga talablar tavsifi bilan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762898">loyiha mablagʻlarining ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik resurs bazasini (binolar, jihozlar, inventarlar, dasturiy taʼminot, maʼlumotlar bazalari, maʼlumot manbalari va boshqalar) shakllantirishga yoʻnaltirilganligi (kamida 40 foiz miqdorida), ilmiy jamoa uchun yaratib beriladigan shart-sharoitlar mavjudligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762899">ushbu ishlarni amalga oshirish bilan shugʻullanadigan tadqiqot guruhi aʼzolari bilan ishlashning ketma-ketligini tavsiflovchi kalendar reja; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762901">xarajatlar yoʻnalishlari koʻrsatilgan, zarur moliyalashtirish hajmi va muddatlarini aks ettiruvchi moliyaviy reja va hisob-kitoblar; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762902">tadqiqotning kutilayotgan natijalarini qoʻllash sohasi koʻrsatilgan holda uning asosiy natijalari tavsifi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762903">55. Loyiha va tadqiqot turiga qarab, loyiha talabnomalari tarkibiga qoʻyiladigan talablarning toʻliq roʻyxati Buyurtmachi tomonidan belgilanadi, tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida va zarur hollarda, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi. </a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4762904">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7344"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish]</span></div></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4762904">6-bob. Loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish va loyiha talabnomalarini tanlov asosida saralab olish tartibi</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4762905">1-§. Loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish va loyiha talabnomalarini tanlov asosida saralab olishga qoʻyilgan umumiy talablar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762906">56. Tematik loyihalar tanloviga hujjatlar topshirish muddatining oxirgi sanasigacha tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga javob beradigan kamida ikkita loyiha talabnomasi kelib tushgan boʻlsa, tanlov haqiqiy deb hisoblanadi. Bu holda loyiha talabnomalari ekspertiza va keyingi tanlov uchun yuboriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762907">57. Agar tanlovda bitta ishtirokchi qatnashgan boʻlsa yoki hech kim qatnashmagan boʻlsa, u holda tanlov boʻlmagan deb hisoblanadi. Bu holda Buyurtmachi ushbu loyiha boʻyicha bir xil shartlar va talablar asosida qayta tanlov oʻtkazishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762908">58. Agar loyihalarning texnik ekspertizasi natijalariga koʻra, Buyurtmachi barcha loyihalarni rad etsa yoki bitta hujjat talabnomasi tanlov hujjatlari talablariga javob bersa, tanlov boʻlmagan deb topiladi va qayta tanlov eʼlon qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762909">59. Tanlov hujjatlari shartlarini oʻzgartirmasdan, qayta tanlovda yangi takliflarni qabul qilish muddati kamida oʻn ish kuni deb belgilanadi. Agar qayta tanlovga muqobil loyiha talabnomasi kelib tushmasa, dastlabki bosqichda tanlovga kelib tushgan bitta loyiha Buyurtmachi tomonidan suhbat asosida arizachi bilan muzokara oʻtkazilib, ijobiy xulosa natijasiga koʻra belgilangan tartibda keyingi bosqichga yoʻnaltiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762910">60. Olingan loyiha talabnomalarining ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan tashkil qilinadi. Bunda dastlab texnik va keyinchalik ilmiy ekspertizani oʻtkazish yoʻli bilan yakuniy xulosa shakllantiriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4762911">2-§. Loyiha hujjatlarining texnik ekspertizasi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762912">61. Qabul qilingan barcha turdagi loyiha hujjatlarining texnik ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Texnik ekspertizani oʻtkazish muddati loyiha talabnomalari uchun hujjatlarni qabul qilish tugagan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmasligi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762913">62. Texnik ekspertiza taqdim etilgan hujjatlarning Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiqligini, shuningdek, loyiha hujjatlariga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qilishda xatolarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762914">63. Texnik ekspertiza quyidagi tartiblarni oʻz ichiga oladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762915">talabnomaga ilova qilingan shakllarning toʻliqligi va toʻgʻriligini, zarur imzo, muhr va shtamplarning mavjudligini tekshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762916">ilgari topshirilgan loyiha talabnomasiga oʻxshash yoki shu mavzuda bajarilgan loyihalarning mavjudligi va loyiha talabnomalarining takrorlanishini aniqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762917">taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar mavjudligini oʻrganish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762918">loyiha talabnomasiga koʻra, har taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshirish, texnik xatolar va noaniqliklar yoʻqligini tekshirish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762919">64. Loyiha hujjatlari boʻyicha texnik ekspertizaning ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda, hujjatlar toʻplami Buyurtmachi tomonidan ilmiy ekspertizani oʻtkazish uchun Buyurtmachi huzuridagi fan yoʻnalishlari boʻyicha tegishli ilmiy-texnik kengashlarga yuboriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762920">65. Loyiha hujjatlari boʻyicha texnik ekspertizaning salbiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, Buyurtmachi loyihani taqdim etgan muassasaga (tashkilotga) bu haqda yozma ravishda maʼlum qiladi. Buyurtmachi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun uch ish kunidan kam boʻlmagan muddat belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762921">Buyurtmachi loyiha talabnomada koʻrsatilgan tartibda asoslantirilgan xulosani tegishli tashkilotga (muassasaga) yetkazadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4762922">Agar loyiha taqdim etgan tashkilot (muassasa) Buyurtmachi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni belgilangan muddatda taqdim etmasa, loyiha koʻrib chiqish jarayonidan olib tashlanadi va ilmiy ekspertizadan oʻtkazilmaydi. Mazkur holatda loyiha hujjatlari uni taqdim etgan tashkilotga (muassasa) qaytarib yuborilmaydi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachida saqlanadi. Loyihani taqdim etgan tashkilot (muassasa)ning yozma murojaatiga asosan loyiha hujjatlari Buyurtmachi tomonidan qaytarilishi mumkin.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4762922"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6007079">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762923">66. Tanlovga bitta loyiha taqdim etilgan hollarda loyihalarni alohida tartibda koʻrib chiqish uchun Buyurtmachining buyrugʻiga binoan Buyurtmachining tarkibiy boʻlinmalarining masʼul xodimlaridan kamida besh kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762924">Ishchi guruh besh ish kuni ichida yagona ishtirokchining loyihasini koʻrib chiqadi va uning tanlov takliflarini taqqoslaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762925">Individual tartibda koʻrib chiqilayotgan loyiha ushbu mavzu boʻyicha ilmiy izlanishlarning hozirgi bosqichida talabga ega boʻlishi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning, shu jumladan tijoratlashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan yakuniy tayyor mahsulot texnologiyalariga yoʻnaltirilgan loyihalarning ehtiyojlariga javob berishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762926">Tekshirish natijalariga koʻra, ishchi guruh loyihani ilmiy-texnik kengashda koʻrib chiqish uchun asos boʻlgan tegishli bayonni tasdiqlaydi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4762927">3-§. Loyihalarning ilmiy ekspertizasi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762928">67. Davlat buyurtmasi asosida bajariladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalar davlat ilmiy ekspertizasidan oʻtkazilishi shart.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-4762929"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5625608">68. Loyiha talabnomalarining ilmiy ekspertizasi tegishli sohalardagi fan yoʻnalishlari boʻyicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar (ITK) tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4762930">Ekspert sifatida tegishli sohada yetarli darajada bilim va malakaga ega boʻlgan, ekspertiza qilinayotgan ishga xolis yondosha oladigan, ilmiy darajaga ega boʻlgan mutaxassislar jalb qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4762931">Ilmiy ekspertizani oʻtkazishga chet el mutaxassislari jalb etilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4762932">ITK va ekspertlar oʻtkazilgan ekspertiza xulosalarining xolisligi yuzasidan shaxsan javobgardirlar.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4762932"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=28.08.2021 00#edi-5625610">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762933">69. Ilmiy ekspertiza loyihaning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini, uni texnik jihatdan amalga oshirish imkoniyatlarini, shu jumladan moddiy-texnik bazaning yetarli ekanligi, ilmiy salohiyatning va ilmiy jamoaning ilmiy natijalari mavjudligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762934">70. Ilmiy ekspertiza quyidagi tamoyillarga asoslangan holda amalga oshiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762935">ekspertlarning mustaqilligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762936">ilmiy loyihani ilmiy yondashuv asosida, xolis, toʻliq va har tomonlama oʻrganish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762937">ekspertiza natijalarining asoslantirilganligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762938">ekspertlarning chuqur bilimga egaligi, yuqori darajada professional va kasbiy mahoratga egaligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762939">davlat, xizmat va tijorat sirlariga rioya qilgan holda ekspertiza natijalarining ochiqligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762940">jamoat, texnika va ekologik xavfsizlikka, milliy va xalqaro standartlarga rioya qilish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762941">71. Ilmiy ekspertizani amalga oshirish jarayonida uning natijalaridan shaxsan manfaatdor boʻlgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining qatnashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762942">72. Ilmiy ekspertiza muddati Buyurtmachi tomonidan ITKga loyiha kelib tushgan sanadan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762943">73. Loyiha talabnomalarining ilmiy ekspertizasi ikki bosqichda oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762944">74. Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichida loyiha talabnomasi kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ikkita ekspert boʻyicha taklif Buyurtmachiga kiritiladi. Buyurtmachi tomonidan ekspertlar roʻyxatga olingandan soʻng, ekspertlarga loyihalar koʻrib chiqish va baholash uchun taqdim qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762945">Ekspertlarga qoʻyiladigan talablar, ularni tanlash va ekspertizaga tayinlash tartibi Buyurtmachi tomonidan belgilanadi.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-4762946"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5625646">75. Ekspertlar loyiha talabnomasini 10 kundan kechiktirmay koʻrib chiqadi. Tekshiruv natijalariga koʻra, har bir ekspert loyiha boʻyicha oʻzining ekspert xulosasini beradi va uni 100 ballik shkala boʻyicha baholaydi, bunda 0 ball — eng past koʻrsatkich, 100 ball — eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4762947">Agar ikkala ekspert loyiha talabnomasini 60 balldan past baholasa, loyiha talabnomasi ilmiy ekspertizadan oʻtmagan deb hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4762948">Agar ekspertlarning faqat bittasi loyiha talabnomasini 60 balldan yuqori baholagan boʻlsa, ITK uchinchi ekspert tomonidan qoʻshimcha ekspertiza tayinlaydi. Agar uchinchi ekspertning bahosi 60 balldan past boʻlsa, loyiha talabnomasi ilmiy ekspertizadan oʻtmagan deb hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4762949">Agar ikkala ekspert ham loyiha talabnomasini 60 balldan yuqori baholagan boʻlsa, u ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi. Bunda agar ekspert baholaridagi farq 25 balldan yuqori boʻlsa, ITK ekspertiza natijalarini aniqlashtirish uchun uchinchi ekspertni qoʻshimcha ekspertiza uchun tayinlaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4762950">Loyiha talabnomasining yakuniy ekspert bahosi barcha ekspert baholarining oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4762951">Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichidan oʻtgan loyiha talabnomalar, ekspert baholash natijalariga koʻra ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichi uchun ITKga yuboriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4762952">Ekspertizadan oʻtmagan loyihalar Buyurtmachiga qaytariladi. Buyurtmachi loyiha boʻyicha loyiha talabnomasi olingan tashkilotga (muassasaga) yozma ravishda asoslantirilgan rad etish xulosasini taqdim qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4762953">Bunda Buyurtmachi rad etish qaroriga loyihani koʻrib chiqqan ekspertlarni koʻrsatmagan holda ekspert xulosalarini ilova qiladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4762953"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=28.08.2021 00#edi-5625647">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762954">76. Ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichida loyihalar ITK yigʻilishida ochiq muhokama (taqdimot) shaklida koʻrib chiqiladi. Ilmiy loyihaning rahbari ilmiy loyiha taqdimoti bilan ITK yigʻilishlarida qatnashadi. ITK aʼzolari tadqiqot loyihasi va loyihani qoʻllash mavzusi boʻyicha savollar berish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762955">77. Taqdimot va ochiq muhokamaning natijalariga koʻra, ovoz berish huquqiga ega ITK aʼzolari loyiha talabnomasini 100 ball tizimidan foydalangan holda baholaydi, bunda 0 ball eng past baho va 100 ball eng yuqori baho hisoblanadi. ITK aʼzolarining baholari yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi. ITK tomonidan loyiha taklifining yakuniy bahosi ITK aʼzolari baholarining oʻrtacha arifmetik qiymati bilan belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762956">Loyiha talabnomasini baholash jarayonida loyihani amalga oshirishni rejalashtirilayotgan tadqiqotchilar guruhi rahbari va aʼzolarining qatnashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762957">78. ITK yigʻilishining qoidalari va qarorlarini qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashlar toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762958">79. ITK tomonidan yakuniy bahosi 60 va undan yuqori ball boʻlgan taqdirda, loyiha talabnomasi ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichidan oʻtgan deb hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762959">80. Har bir loyiha talabnoma boʻyicha ilmiy ekspertiza yakunlangach, ITK xulosa va tavsiyalar beradi. ITK qarorlari va xulosalari yigʻilish bayoni shaklida tuzilib, rais tomonidan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762963">81. ITK aʼzosi baholash jarayonida koʻpchilikning fikriga qoʻshilmasa, oʻzining alohida fikrini bildirishga haqli. ITK aʼzosining alohida fikri yigʻilish bayonnomasiga kiritiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762964">82. ITK oʻxshash mavzular va yoʻnalishlar boʻyicha birlashtirgan, ularni bajarish jarayonini maqbullashtirish maqsadida ish hajmi va xarajatlarni aniqlaydigan rejalashtirilgan ishlarni toʻgʻrilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762966">83. ITK ekspertizasi natijalari tahlil qilinib, umumlashtirilganidan soʻng oʻn kun ichida kollegial organga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi. Kollegial organ loyiha buyurtmalarini toʻgʻri va xolis baholaganligini tekshirish maqsadida qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazish tartibi kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762967">Kollegial organ ITK raislarini qabul qilingan qarorlarga tushuntirish berishni soʻrab muhokamaga taklif qilishga haqli.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762968">Zarur hollarda, loyiha talabnomasi ilmiy ekspertiza jarayonida ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalar asosida, shuningdek kollegial organning koʻrsatmasiga muvofiq ITK tomonidan qayta ishlanib, uning mavzusi va tarkibiga qisman oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan tavsiyalar bilan Buyurtmachiga taqdim etilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762969">Bunda ITK tomonidan bir marotaba loyiha rahbariga uch ish kuni ichida tegishli oʻzgartirishlar qilishga ruxsat beriladi, oʻzgartirilgan loyiha qayta ekspertiza va muhokamadan oʻtkaziladi. ITK bayonida va uning qaror qismida loyiha talabnomasini qayta ishlash bilan bogʻliq barcha jarayonlar toʻliq asoslantirilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762970">84. Ijobiy baholangan va moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarining yakuniy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror kollegial organ tomonidan hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida qabul qilinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762971">85. Ijobiy baholangan loyihalarni tasdiqlash boʻyicha kollegial organ yigʻilishida nizo yuzaga kelgan taqdirda, kollegial organ qarori bilan loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashida koʻrib chiqish uchun yoʻnaltirilishi va bunda ITK raisi tomonidan taqdimot oʻtkazilishi mumkin. Jamoatchilik kengashi bir oy muddatda loyiha boʻyicha, shu jumladan loyihalarni moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish boʻyicha oʻz tavsiyalarini kollegial organga taqdim etadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762972">86. Buyurtmachi kollegial organ qarori qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun muddatda ilmiy-tadqiqot loyihasining ijrochi tashkiloti bilan belgilangan tartibda shartnoma imzolashi zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762973">Shartnomada moliyalashtirish shartlari va tomonlarning majburiyatlari nazarda tutilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762974">Shartnomalarning namunaviy shakllari, shu jumladan ilova qilingan shakllar, jadvallar va boshqa materiallar buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4762975">7-bob. Loyihalar boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy ekspertizani baholash mezonlari </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762976">87. Davlat buyurtmasini amalga oshirish doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalari tanloviga taqdim etilgan loyiha talabnomasining ilmiy-texnik darajasini baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762977">a) fundamental tadqiqotlar uchun: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762978">tashabbuskor loyihalarning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762981">loyihaning maqsadli tanlov mavzusi va shartlariga muvofiqligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762983">mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning yangiligi va ushbu yoʻnalishda ilmiy natijalarning mavjudligi va darajasi hamda yangi bilimlarni olish, yangi nazariyalar, usullar, tushunchalarni yaratishga qaratilganligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762985">tadqiqot mavzusi boʻyicha zarur ilmiy salohiyat va ilmiy maʼlumotlarning mavjudligi (yuqori malakali olimlar jamoasi, soʻnggi besh yil ichida nashr etilgan ilmiy nashrlarning soni va sifati, patentlarning mavjudligi, yetakchi milliy va xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikning mavjudligi va boshqalar); </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762987">loyiha ijrochilari tarkibida 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlarning mavjudligi, ularning soni va sifat xususiyatlari; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762988">zarur moddiy-texnik bazadan (binolar, jihozlar, inventarlar, dasturiy taʼminot, maʼlumotlar bazasi, axborot resurslari va boshqalar) foydalanish imkoniyati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762990">b) amaliy loyihalar uchun: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762992">tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy muammolarni hal qilish uchun yangi usullarni oʻrganishning kutilayotgan samarasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762994">tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish imkoniyati, shu jumladan sanoat hamkori va loyihani amalga oshirishdagi tomonlar hissasini baholash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762996">loyihani amalga oshirish natijasida kutilayotgan natijalar: ilmiy-texnik hujjatlar toʻplamini (texnologik yoki laboratoriya reglamentlari, texnik pasport, texnik shartlar, loyihalash hujjatlari va boshqalar), eksperimental (laboratoriya, ishlab chiqarish, klinik) sinovlarni oʻtkazish uchun yangi yondashuvlar va usullarni ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762998">zarur salohiyat — ilmiy (ushbu masala boʻyicha yuqori malakali olimlar jamoasi) va moddiy-texnik resurslar (asboblar, uskunalar, materiallar va boshqa vositalar)ning mavjudligi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763001">loyiha ijrochilari tarkibida 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlarning mavjudligi (doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, bakalavrlar);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763003">loyiha ijrochilarining ilmiy salohiyati: ilmiy nashrlarning mavjudligi (xorijiy nashrlarda maqolalar, patentlar yoki boshqa ilmiy hujjatlar, monografiyalar, oʻquv qoʻllanmalari, dasturiy mahsulotlar), shuningdek, soʻnggi besh yil ichida nashr etilgan xalqaro va milliy konferensiyalarda ilmiy maqola va tezislar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763006">v) innovatsion loyihalar uchun:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763009">loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar: import oʻrnini bosuvchi yoki eksportga yoʻnaltirilgan yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishni tashkil etish (tayyorlash) uchun ilmiy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni (tasdiqlash) rejalashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763011">loyihani tijoratlashtirish istiqbollari va sanoat hamkori darajasini va loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasini baholash (mahsulot maʼlum bir isteʼmolchi uchun mos boʻlgan bozorga kirish va aniq istiqbolga ega boʻlishi kerak);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763016">innovatsiya obyektiga talab darajasi: mahsulotga (texnologiya, ishlanma) talab — sanoat hamkori va (yoki) boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan loyihani amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratishda kafolatlar mavjudligi (loyihani amalga oshirishga qiziqish, zarur materiallar yoki boshqa manbalarni taqdim etishda ishtirok etish);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763017">muhofaza qilinadigan hujjatlarning mavjudligi: patent (dasturiy mahsulot uchun guvohnoma) va taklif qilinayotgan mahsulot (texnologiya) uchun ilmiy-texnik hujjatlarning toʻliq toʻplami yoki texnik reglament, sinov sertifikati, texnik shartlar, eʼlon qilingan ilmiy maqolalar, patentga (dasturiy mahsulotga) topshirilgan talabnoma (sertifikat) va ishlab chiqarilgan laboratoriya reglamentlari, laboratoriya sinovlari; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763022">loyiha ijrochilarining tegishli ilmiy-texnik yoki innovatsion faoliyat va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha amaliy tajribasining mavjudligi: mahsulot tajriba namunasining mavjudligi, ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning ilmiy-texnik yoki ishchi tajriba-texnologik hujjatlari va/yoki mahsulotning laboratoriya, tajriba namunasining mavjudligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763025">ishlab chiqarish bazasining texnologik jihatdan taʼminlanganlik darajasi: ishlab chiqarish bazasi, asboblar, uskunalar va boshqa zarur infratuzilma mavjudligi yoki rejalashtirilayotganligi (loyihani amalga oshirish paytida), shuningdek, mahalliy resurslar (xom ashyo va butlovchi qismlar) bilan taʼminlanganligi (mavjudligi).</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4763028">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7336"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]</span></div></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763028">8-bob. Ilmiy-tadqiqot loyihalarini davlat buyurtmasi asosida moliyalashtirish </a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-4763035"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5625664">88. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratilgan hamda shu maqsadlar uchun jalb qilingan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763036">Bunda tarmoq va sanoat korxonalari muammolarini hal etishga qaratilgan davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari tarmoq va sanoat korxonalari bilan kelishuvlar asosida sheriklikda moliyalashtirilishi mumkin.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763036"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=28.08.2021 00#edi-5625667">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763038">89. Har bir ilmiy-tadqiqot loyihasini mustaqil ekspertlar tomonidan ilmiy ekspertizadan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yarmiga teng hajmda gonorar toʻlanadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763038"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=28.08.2021 00#edi-5625704">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-4763041"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5625710">90. Hisob-kitoblar va moliyaviy rejaning shakllari, tartibi, xarajatlarning hajmi hamda turlarini aniqlash tartibi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763043">Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlar ilmiy izlanishlar olib borishga, shuningdek, ish haqidan tashqari, umumiy mablagʻning kamida 40 foizi ilmiy asbob-uskunalar, xom-ashyolar hamda boshqa zarur materiallarni xarid qilish va natijada yuqori qiymatga ega, tijoratlashtirish imkoni yuqori boʻlgan yangi mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarishni taʼminlashga yoʻnaltirilishi lozim. </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763045">Xarid qilingan ilmiy asbob-uskunalar negizida noyob ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlari tashkil etilishi mumkin.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763045"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=28.08.2021 00#edi-5625712">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-5625721"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-5625721"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=28.08.2021 00#edi-5625723">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763048">9-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini monitoring qilish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763050">91. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari monitoringi ularning tasdiqlangan rejasiga koʻra bajarilishini, moliyaviy mablagʻlarning maqsadga muvofiq sarflanishini, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishini va olingan natijalarning samaradorligini baholashni oʻz ichiga oladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763051">Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarning natijalari monitoringi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763053">92. Ijrochi tashkilotlar Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilgan loyihalarning hisobotlarini (oraliq va yakuniy) Buyurtmachiga shartnomalarda belgilangan muddatlarda taqdim etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763056">Sanoat hamkorlari ishtirokida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha tayyorlangan hisobotlar sanoat hamkorlari tomonidan ham tasdiqlangan boʻlishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763058">93. Buyurtmachi hisobotlarni qabul qiladi, shuningdek, davlat buyurtmasini bajarish boʻyicha axborot va boshqa tahliliy materiallarni tayyorlaydi hamda tegishli ITKga taqdim etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763059">Hisobotlar va moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha tahlil qilish, koʻrib chiqish va fikr berish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763060">94. Buyurtmachi fan yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-texnik kengashlar bilan birgalikda zarur hollarda mustaqil ekspert va mutaxassislarni jalb etgan holda, loyihalarning bajarilishi monitoringini amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763061">Monitoring quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763062">taqdim etilgan hisobotlarni ekspertlar tomonidan koʻrib chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763063">ITK yigʻilishlarida ilmiy-tadqiqot loyihasi rahbari tomonidan hisobotlarni himoya qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763064">zarur hollarda loyihani bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganish, bunda quyidagi asosiy jihatlarga eʼtibor qaratish:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763065">ilmiy-tadqiqot ishlarining loyiha boʻyicha imzolangan shartnoma va uning kalendar rejasiga asosan bajarilish holati; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763066">ijrochi tashkilot tomonidan ilmiy-texnik loyihaning amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763067">ajratilgan moliyaviy mablagʻning maqsadli sarflanayotganligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763068">ilmiy loyihalar natijalari boʻyicha yetakchi xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish borasida erishilgan natijalar va ularning mavjud salohiyatga nisbatan qiyosiy tahlili;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763069">har bir loyiha doirasida qoʻlga kiritiladigan yakuniy natijalar va ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763071">95. Buyurtmachi tomonidan ijrochi tashkilot bilan kelishilgan holda oraliq hisobotlarni monitoring qilish hamda qabul qilish jarayonida, agar sanoat hamkori mavjud boʻlsa, tadqiqot dasturiga va kelishuv shartlariga aniqliklar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763074">96. Belgilangan ishlarning alohida bosqichlarining rejalashtirilgan hajmlarini oʻz muddatida bajarmaslik, shuningdek, hisobotlarni topshirish muddatlarini va moliyaviy intizomni buzish Buyurtmachining tashabbusi bilan moliyalashtirishni toʻxtatilishiga va shartnomani bekor qilinishiga asos boʻlishi va ijrochi tashkilotga nisbatan tegishli choralar koʻrishga olib kelishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763076">97. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari monitoringi natijalari boʻyicha ITK xulosalari Buyurtmachi tomonidan ilmiy yoʻnalishlarning istiqbolini belgilash, ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishni davom ettirish yoki toʻxtatish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun asos hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763078">98. Ilmiy-tadqiqot loyihasini moliyalashtirishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror kollegial organ tomonidan ITK xulosasi asosida yoki loyihani amalga oshiruvchi tashkilot talabiga binoan qabul qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763080">99. Agar kelishmovchilik yoki farqli natija ijrochi tashkilotga maʼlum boʻlsa, bu haqda besh kun ichida buyurtmachiga maʼlum qilinishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763082">Buyurtmachi taqdim etilgan hujjatlar asosida (bildirishnoma, tadqiqot loyihalari toʻgʻrisidagi hisobot), aniqlangan oʻzgarishlar yoki olingan natijalar kutilganidan oʻzgacha boʻlsa, loyihalarni kelgusida moliyalashtirish yoki loyihaning maqsadli parametrlarini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763084">Buyurtmachi taqdim etilgan hujjatlar (ariza-xabarnoma, hisobot ilmiy-tadqiqot loyihalari) asosida kutilgan natijalardan farqli oʻlaroq, natijalar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlmaganligi aniqlangan boʻlsa, ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763086">Moliyalashtirilishi toʻxtatilgan loyihalardan boʻshagan mablagʻlar mazkur loyihalar amalga oshirilgan ijrochi tashkilotda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan boshqa ilmiy loyiha(lar)ga (bunda loyihaning kalendar rejasiga qoʻshimcha mablagʻ hisobidan amalga oshiriladigan ishlarni nazarda tutgan holda oʻzgartirish kiritilishi lozim) yoki yangi istiqbolli amaliy va innovatsion loyiha(lar)ni, shu jumladan ijrochi tashkilot tomonidan tayyorlangan loyiha(lar)ni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763088">Bunda yangi istiqbolli amaliy va innovatsion loyiha(lar)ni amalga oshirish muddati moliyalashtirilishi toʻxtatilgan loyiha(lar)ning yakunlanish muddati bilan mos boʻlishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763089">Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan loyihalarning hisobotlari buyurtmachi tomonidan majburiy elektron roʻyxatga olinishi lozim.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763090">10-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari natijalarini roʻyxatga olish va hisobini yuritish tartibi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763091">100. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari natijalari hujjatlashtiriladi va Buyurtmachiga shartnomaga muvofiq GOST 7.32-2001 davlatlararo standarti talablariga muvofiq tuzilgan tadqiqot hisoboti yoki ilmiy-texnik mahsulotlar shaklida taqdim etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763092">101. Ilmiy-tadqiqot loyihalarining ijrochi tashkiloti tomonidan Buyurtmachiga quyidagilar taqdim etiladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763093">ilmiy-tadqiqot loyihalari ijrochi tashkilotining rasmiy blankidagi yoʻllanma xati; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763095">tadqiqot loyihalari haqida hisobot; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763097">davlatlararo standart talablariga muvofiq tuzilgan GOST 7.9-95 “Xulosa va annotatsiya. Umumiy talablar” referat.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763112">102. Ilmiy-tadqiqot loyihalari natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot ilmiy-tadqiqot loyihalari ijrochi tashkiloti tomonidan tuzilgan referat shaklida davlatlararo standart GOST 7.9-95 talablariga muvofiq Buyurtmachining elektron maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763113">103. Davlat buyurtmasi asosida toʻliq amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot loyihasini qabul qilish tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763115">11-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari natijalariga boʻlgan huquqlar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763117">104. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga ilmiy faoliyat subyektlari tomonidan olingan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquq davlatning ilmiy va oliy taʼlim, shuningdek, boshqa davlat muassasalari nomidan, agar intellektual mulk obyektlari muallif (mualliflari) bilan tuzilgan shartnomalarda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, davlatga tegishli boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763118">105. Davlat ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan va intellektual mulk obyektlariga mutlaq egalik huquqidan olingan daromad ularning tasarrufiga mustaqil ishlatish huquqi bilan oʻtkazib beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763119">Davlat uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoki davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni qamrab oluvchi intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763119"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6007099">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763120">12-bob. Yakunlovchi qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763121">106. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarining (yosh olimlar loyihalari bundan mustasno) ilmiy rahbarlari ilmiy darajaga ega boʻlishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763122">Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning har bir ijrochisi faqat bir loyihada toʻliq stavkada va ikki loyihada oʻrindosh sifatida ishtirok etishi mumkin, bunda ularning umumiy ulushi ikki toʻliq stavkadan oshmasligi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763123">107. Loyiha rahbarlari ijrochi tashkilotlarning rahbarlari bilan bir qatorda bajariladigan tadqiqotlarning ilmiy-texnik saviyasi, hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishi, shuningdek, moliyaviy mablagʻlarning samarali va maqsadli sarf qilinishi uchun shaxsan javobgar boʻladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763123"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=28.08.2021 00#edi-5625812">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763124">108. Ijrochi tashkilot loyihalarni amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi, hisobotlarni ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashda muhokama qiladi, loyiha rahbarining taklifiga koʻra, tadqiqotlarning sifatli bajarilishini taʼminlash uchun “vaqtinchalik ilmiy jamoa” tashkil etadi. Jamoaga boshqa tashkilotlarning xodimlari ham aʼzo boʻlishi mumkin. Tashkilot rahbari loyiha rahbarini jamoa rahbari etib tasdiqlaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763126">109. Ijrochi tashkilot loyiha ilmiy rahbari uzoq muddatga betobligi sababli ish qobiliyatini yoʻqotgan, doimiy istiqomat qilish uchun respublikadan chetga chiqib ketgan, oʻz arizasiga koʻra ilmiy rahbarlikdan voz kechgan yoki qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda, Buyurtmachiga loyiha ilmiy rahbarini almashtirish boʻyicha taklif (tashkilot rahbarining yoʻllanma xati, tashkilot ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashi qaroridan koʻchirma va tavsiya etilayotgan yangi loyiha rahbari toʻgʻrisida maʼlumot) kiritadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763126"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6007107">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763128">110. Loyiha ilmiy rahbari boshqa joyga ishga oʻtgan hollarda ushbu loyihaning amalga oshirilish joyi (ijrochi tashkilot) oʻzgartirilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763130">111. Ijrochi tashkilotning qonun hujjatlarida koʻrsatilgan faoliyati toʻxtatilganda, faoliyati toʻxtatilgan tashkilotdagi loyihalar ilmiy yoʻnalishi mos boshqa tashkilotga oʻtkaziladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763130"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6007127">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763132">112. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida yosh olimlarning ilmiy loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763134">Yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot loyihalarida ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼi nazar, 40 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar ishtirok etishlari mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763136">113. Ushbu qoida talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763136"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6007158">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763138">114. Davlat buyurtmasi bajarilishini aniq shartlari va tartibi tegishli shartnoma bilan tartibga solinadi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4763139"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4763142">Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-4759202#-4761761">nizomga </a><br />1-ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4763144">Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4763145">SXEMASI</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4763148"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-4763181"><img src="/files/4763499" /></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4763183"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4763188">Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-4759202#-4761761">nizomga <br /></a>2-ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4763192">Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4763193">SXEMASI</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4763194"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-4763196"><img src="/files/4763505" /></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4763198"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4763200">Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-4759202#-4761761">nizomga </a><br />3-ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4763204">Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4763205">SXEMASI</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4763507"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-4763509"><img src="/files/4763506" /></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4761771"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4761773">Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son <a href="/acts/-4759202">qaroriga</a><br />2-ILOVA</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4761774">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7336"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]</span></div></a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4761774"><strong>“Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi</strong> <strong>toʻgʻrisida </strong></a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4761776"><strong>NIZOM</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4761777"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4761778"><strong>1-bob. Umumiy qoidalar</strong></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761842">1. Ushbu Nizom “startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761843">2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761844"><strong>ilmiy-texnik kengash</strong> — ilmiy izlanishlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha Buyurtmachining ilmiy siyosatini amalga oshirishga va ishlab chiqishga, “startap” loyihalarni baholashga, ekspertiza qilishga va natijalarini amalga oshirish ishlarini monitoring qilishga koʻmaklashuvchi, oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, yetakchi olimlar, ekspertlar, mutaxassislar hamda davlat organlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibdagi ilmiy-texnik jamoa;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4761846"><strong>ishchi organ</strong> — “startap” loyihalarni baholashda texnik taʼminlash va koʻmaklashishni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4761846"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=28.08.2021 00#edi-5625835">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761847"><strong>kollegial organ </strong>— Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hayʼati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761849"><strong>“startap” kompaniya</strong> — ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat natijalarini ilgari surish hamda tijoratlashtirish uchun tashkil etiladigan yuridik shaxs;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761850"><strong>“startap” loyihalar</strong> — amalga oshish xavfi yuqori boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanilishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4761853"><strong>talabnoma beruvchi (talabgor) </strong>— loyiha egasi va/yoki “startap” loyihani ishlab chiqqan shaxs.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4761855"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5625840">3. Ushbu Nizomga muvofiq tasdiqlangan “startap” loyihalar Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) orqali moliyalashtiriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-5625840"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=28.08.2021 00#edi-5625841">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4762799">“Startap” loyihalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763430">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son <a href="/acts/-3723561">qaroriga</a> muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763431">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilgan mablagʻlar;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763432">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763432"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6007202">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763433">4. “Startap” loyihalar tanlovini eʼlon qilish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763434">5. Buyurtmachi eʼlonga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan “startap” loyihalarni xoʻjalik birlashmalariga, tijorat banklariga va venchur jamgʻarmalarga kelgusida moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun tavsiya qilish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763445">6. “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish mazkur Nizomga <a href="/acts/-4759202#-4763540">ilova</a> qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763447"><strong>2-bob. “Startap” loyihalarni tasdiqlash tartibi</strong></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763448">7. Buyurtmachi “startap” loyihalarga bir yilda kamida ikki marta eʼlon beradi. Eʼlon shartlari, yoʻnalishlari hamda loyihalarni topshirish muddatlari Buyurtmachining rasmiy saytida va zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763449">Loyiha hujjatlarini qabul qilish ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Loyihalar boʻyicha hujjatlar talabnoma beruvchi tomonidan eʼlon talablariga koʻra tayyorlanadi va topshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763451">8. “Startap” loyihalar tanlovida tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barcha ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari, tajriba-konstruktorlik tashkilotlari, innovatsion markazlar, xususiy kompaniyalar va jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763452">9. “Startap” loyihalar ekspertizasi quyidagicha uch bosqichda amalga oshiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763453"><strong>birinchi bosqich</strong> — taqdim etilgan talabnomalarning tanlov shartlariga mosligi yuzasidan oʻtkaziladigan texnik ekspertiza;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763456"><strong>ikkinchi bosqich</strong> — texnik ekspertizadan oʻtgan “startap” loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763458"><strong>uchinchi bosqich</strong> — birinchi va ikkinchi bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan “startap” loyihalarni ilmiy-texnik kengash tomonidan ekspertizadan oʻtkazish, ilmiy-texnik kengash majlisida koʻrib chiqish va baholash.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763459">10. Texnik ekspertiza ishchi organ tomonidan oʻn ish kuni ichida oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763460">Texnik ekspertizadan oʻtgan “startap” loyihalar besh ish kuni ichida moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Buyurtmachining Moliyaviy-iqtisodiy va texnik ekspertiza boʻlimiga beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763461">“Startap” loyihalar boʻyicha moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza besh ish kuni ichida oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763462">11. “Startap” loyihalar boʻyicha ekspertiza oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan maxsus ilmiy-texnik kengash shakllantiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763463">Ilmiy-texnik kengash tarkibiga innovatsion tadbirkorlik, moliya va iqtisodiyot sohasida yuqori salohiyatli tadbirkorlar, olimlar, ekspertlar, vazirlik va idoralar vakillari kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763472">12. Har bir “startap” loyiha ilmiy darajaga yoki tadbirkorlik tajribasiga ega boʻlgan ikkita mustaqil ekspertlar tomonidan oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Ekspertlar tarkibi ilmiy-texnik kengash tomonidan belgilanadi. “Startap” loyiha ijrochisining oʻzi ishtirok etgan loyihada ekspert boʻlib ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763473">13. Taqdim etilgan “startap” loyihalar ekspertlar tomonidan 100 ballik shkala asosida baholanadi. “Startap” loyihalarni baholash mezonlari va metodikasi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763474">14. Ekspertlar tomonidan berilgan xulosa oʻn ish kuni ichida ilmiy-texnik kengashda oʻzaro ochiq muhokama shaklida koʻrib chiqiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763476">15. Talabnoma beruvchi (talabgor) ilmiy-texnik kengash majlisida “startap” loyiha taqdimoti bilan ishtirok etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763478">16. Ilmiy-texnik kengashda “startap” loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763482">loyihaning innovatsionligi — avval qoʻllanilmagan texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkil etish prinsiplari yoki avval ishlab chiqarilmagan mahsulotning yangi qoʻllanilish darajasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763484">loyihaning investitsiyaviy jozibadorligi — qoʻshimcha daromad keltiradigan hamda uni amalga oshirishda investitsiyalar xavfini kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion sharoitlar va afzalliklar yigʻindisi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763486">intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqning muhofazalanganligi — muhofaza hujjatlari, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning toʻliq komplekti va/yoki mahsulotning (texnologiyaning) texnik reglamenti, sinov oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar yoki mahsulotning tajriba nusxasi mavjudligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763487">loyihaning resurs bilan taʼminlanganligi — loyihani texnik amalga oshirish imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, xodimlar, muhofaza hujjatlari mavjudligi va boshqalar);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763488">loyihani amalga oshirish samaradorligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763489">loyiha uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi, eksportga yoʻnaltirilgan yoki import oʻrnini bosadigan ilmiy hajmdor mahsulotlarni olishni tashkil qilish istiqbollari.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763490">17. Ilmiy-texnik kengash ekspert xulosalari va ochiq muhokama natijalari asosida “startap” loyihalarni moliyalashtirish yoki moliyalashtirmaslik yuzasidan qaror qabul qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763491">18. Ilmiy-texnik kengash qarorlari va xulosalari ilmiy-texnik kengash yigʻilishi bayoni shaklida rasmiylashtiriladi hamda ilmiy-texnik kengash kotibi tomonidan imzolanadi va uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763492">19. Ilmiy-texnik kengash aʼzosi baholash jarayonida koʻpchilikning fikriga qoʻshilmasa, oʻzining alohida fikrini bildirishga haqli. Ilmiy-texnik kengash aʼzosining alohida fikri yigʻilish bayonnomasiga kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763494">20. Ilmiy-texnik kengash ekspertizasining natijalari ishchi organ tomonidan besh ish kuni davomida kollegial organga koʻrib chiqish uchun kiritiladi. Kollegial organ “startap” loyiha toʻgʻri va xolis ekspertizadan oʻtkazilganligini tekshirish maqsadida qoʻshimcha ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazish tartibi kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763508">21. Kollegial organ har bir “startap” loyihani ilmiy-texnik kengash raisi yoki uning oʻrinbosari ishtirokida koʻrib chiqiladi. Kollegial organ tomonidan “startap” loyihani moliyalashtirish yoki moliyalashtirmaslik toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadi va Vazir tomonidan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763510">22. “Startap” loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha kollegial organ majlisida munozarali holat yuzaga kelsa, “startap” loyiha ilmiy-texnik kengash raisi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashiga (keyingi oʻrinlarda Jamoatchilik kengashi deb ataladi) koʻrib chiqishga kiritilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763511">23. Jamoatchilik kengashi bir oy muddat ichida “startap” loyihani moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Jamoatchilik kengashining qarori tavsiyaviy ahamiyatga ega.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763512"><strong>3-bob. Loyihalarni moliyalashtirish tartibi</strong></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763513">24. “Startap” loyihalarni moliyalashtirish kollegial organ qarori va Buyurtmachining buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763516">25. “Startap” loyihalarni moliyalashtirish Buyurtmachi, talabnoma beruvchi (talabgor) va Jamgʻarma oʻrtasida tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763517">26. Agar davlat muassasasi yoki jismoniy shaxs tomonidan berilgan “startap” loyiha kollegial organ tomonidan maʼqullansa, u holda moliyalashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu “startap” loyihani amalga oshirish uchun ochilgan yuridik shaxs (kompaniya) bilan tuziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763519"><p>27. Moliyalashtirilayotgan “startap” loyihalar ijrochi tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi yoki “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidenti maqomini olish huquqiga ega.</p><p></p></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763521"><strong>4-bob. “Startap” loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilish tartibi</strong></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763522">28. “Startap” loyihalarning ijrochi tashkilotlari kalendar rejada belgilangan muddatlarda Buyurtmachiga hisobot taqdim etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763523">29. “Startap” loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilish ilmiy-texnik kengashni jalb qilgan holda, ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763524">Ishchi organ besh ish kuni muddatida monitoring natijalari boʻyicha umumlashtirilgan hisobotni Buyurtmachiga taqdim qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763525">30. “Startap” loyihalarda belgilangan muddatda rejalashtirilgan ishlar bajarilmaganligi hamda loyihalar boʻyicha hisobotlarni taqdim etish boʻyicha muddatlar buzilishi moliyalashtirishni toʻxtatish, shuningdek, “startap” loyiha ijrochisi va Buyurtmachi oʻrtasidagi shartnomani bekor qilish uchun asos boʻladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763526"><p><strong>5-bob. Yakunlovchi qoida</strong></p><p></p></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763527">31. Ushbu Nizom qoidalarini buzishda ayblangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763527"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6007221">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5625878"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-5625878"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=28.08.2021 00#edi-5625880">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4763537"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4763538">“Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-4759202#-4761774">nizomga</a><br />ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4763540">“Startap” loyihalarini tasdiqlash va moliyalashtirish tartibining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4763541">SXEMASI</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4763543"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-4763547"><img src="/files/4763520" /></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4761779"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4761785">Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son <a href="/acts/-4759202">qaroriga</a><br />3-ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4761786"><strong>Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar toʻgʻrisida</strong></a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4761787"><strong>NIZOM</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4761788"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4761789"><strong>1-bob. Umumiy qoidalar</strong></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763530">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi deb ataladi) huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar (keyingi oʻrinlarda ITK deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763531">2. ITK oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763531"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6007236">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763532">3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763533"><strong>ilmiy-texnik kengash</strong> — Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilmiy loyihalarni ilmiy ekspertizadan oʻtkazish maqsadida tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha sohaga oid olimlar, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda shakllantiriladigan va jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan ilmiy-texnik jamoa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763534"><strong>ilmiy ekspertiza </strong>— ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha asoslantirilgan qaror qabul qilish maqsadida uni oʻrganish, tahlil qilish, baholash va xulosa tayyorlashga qaratilgan faoliyat;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763535"><strong>ekspertlar</strong> — tegishli ilm-fan sohalari va yoʻnalishlari boʻyicha taqdim etilgan ilmiy-texnik loyihalarni, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat bilan bogʻliq hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun ilmiy-texnik kengashlar tomonidan shakllantirilgan olim va mutaxassislardan tarkib topgan ilmiy-texnik guruh.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763539">4. ITK tomonidan qabul qilingan qarorlar xizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar boʻlib, uchinchi shaxslarga, manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlariga, shu jumladan loyiha rahbarlariga taqdim etilmaydi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763542"><strong>2-bob. ITKning asosiy vazifalari va funksiyalari</strong></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763544">5. ITKning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763545">ilmiy-tadqiqot ishlari uchun davlat buyurtmasiga kelib tushgan ilmiy-tadqiqot loyihalarining ekspertizasini tashkil etish, ekspertiza natijalari boʻyicha asoslangan xulosalar ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763546">fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnik mahsulotlar bozorini kengaytirishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha, shuningdek, tegishli tanlovlarda ularning ishtiroki uchun tavsiyalar berish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763548">Buyurtmachiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini (zarur hollarda xalqaro hamkorlik dasturlarini) koʻrib chiqish, takomillashtirish, roʻyxatga olish va tasdiqlash boʻyicha tegishli ilmiy-texnik xulosalar tayyorlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763549">nodavlat notijorat tashkilotlari, olim va mutaxassislar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ilmiy-ishlab chiqarish tuzilmalari, ilmiy-texnik markazlar va texnoparklar tomonidan taqdim etilgan loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish natijalari asosida Buyurtmachiga xulosa va tavsiyalar kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763550">davlat buyurtmasi doirasida mualliflik asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarining plagiatini aniqlash va identifikatsiyalash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763570">oraliq va yakuniy hisobotlarni tahlil qilish, har bir ilmiy-tadqiqot loyihasi amalga oshirilishini monitoring qilish yoki loyihalarni tugatish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish va loyihalarni moliyalashtirishni davom ettirish boʻyicha Buyurtmachiga xulosalar kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763571">iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyat natijalarini qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763573">Buyurtmachining kollegial organida koʻrib chiqish uchun ishlab chiqilgan dasturlarning ekspert xulosalarini tahlil qilish va tayyorlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763575">ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalaridagi obyektlarni noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritish yuzasidan xulosa ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763577">ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish, ularning natijalarini ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish sohalariga tatbiq etishda ishtirok etish, olib borilayotgan tadqiqotlarni yaxshilash va faollashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763579">6. ITK unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763612">davlat buyurtmasi doirasidagi ilmiy faoliyatga oid loyihalar, shuningdek Buyurtmachi tomonidan moliyalashtiriladigan “startap” loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763613">grant mablagʻlari olgan loyihalarni amalga oshirish davomida olingan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitadi, grant mablagʻlari olgan loyihalarni rejalashtirilgan ish bosqichlari va koʻrsatkichlariga muvofiqligini aniqlaydi, zarur hollarda rejalashtirilgan tadqiqotlarni tartibga solish va kerakli natijalarni olish boʻyicha tavsiyalar beradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763614">grant mablagʻlari olgan loyihalarni amalga oshirish davomida olingan natijalar monitoringini amalga oshiradi, shuningdek, ularni patentlash va litsenziyalash va ushbu loyihalar boʻyicha hisobotlarni monitoring qilish yuzasidan tavsiyalar beradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763615">mamlakatni ilmiy-texnik va innovatsion rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqishga takliflar tayyorlaydi, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va ilgʻor texnologiyalarni yaratishning ustuvor yoʻnalishlari va istiqbollarini rivojlantirish, yaratilgan ilmiy-innovatsion salohiyat asosida rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirish yoʻllari va mexanizmlarini belgilashda ishtirok etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763617">davlat buyurtmasi doirasida taqdim etilgan hujjatlar, ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni, shuningdek, boshqa loyiha takliflarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazadi hamda ekspertiza natijalarini Buyurtmachining kollegial organiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763618">7. Ilmiy loyihalarning ilmiy ekspertizasi fan yoʻnalishlari boʻyicha tegishli ITK tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ilmiy ekspertiza muddati Buyurtmachi tomonidan ITKga loyiha yuborilgan sanadan boshlab bir oydan oshmasligi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763619">8. Ilmiy loyihalarning ilmiy ekspertizasi bir oy mobaynida amalga oshiriladi. ITK tomonidan qabul qilingan qarorlar Buyurtmachiga besh kun ichida taqdim etiladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763619"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=28.08.2021 00#edi-5625899">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763620">9. ITK tomonidan taqdim etilgan monitoring va hisobot natijalari ekspertizadan oʻtgan loyihani moliyalashtirishni davom ettirish, toʻxtatish yoki vazifalari va bosqichlarini qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi mumkin.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763621"><strong>3-bob. ITK raisi va aʼzolarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi</strong></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763622">10. ITK raisi quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763623">ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari loyihalarining yillik va yakuniy hisobotlarini ekspertiza uchun qabul qilish, ekspertlarni belgilash, hisobotlarning ochiq muhokamasini tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763624">monitoringni oʻtkazish qoidalari boʻyicha ekspertlarga koʻrsatma berish, olingan natijalarning muvofiqligini baholash boʻyicha ishchi uchrashuvlar oʻtkazish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763625">loyiha rahbarlarining hisobotlarini eshitish uchun loyihalarni koʻrib chiqish jadvalini shakllantirish va zarur hollarda uning sanasi va vaqtini Buyurtmachi bilan kelishilgan holda koʻchirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763626">ilmiy-tadqiqot loyihalariga davlat buyurtmasini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763627">ITK va uning ekspertlar faoliyatiga, shuningdek, ilmiy kotibning ishiga rahbarlik qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763628">Buyurtmachining kollegial organi yoki jamoatchilik kengashi muhokamalarida ishtirok etish va ITK xulosalarini asoslab berish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763629">ITK raisi va uning oʻrinbosari ilmiy loyihalar tanlovida ishtirok etish huquqiga ega, ammo oʻz loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va muhokama qilishda ishtirok etmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763630">11. ITK raisi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763631">ekspertiza natijalarini ochiq eʼlon qilmaslik, ekspertiza uchun taqdim etilgan loyihalarga tegishli maʼlumotlarni tarqatmaslik;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763632">monitoring oʻtkazish qoidalari boʻyicha ekspertlarga koʻrsatma berish, olingan natijalarning rejalashtirilgan ishlar va koʻrsatkichlarga muvofiqligini baholash, shuningdek, namunaviy ekspert xulosalari va protokollarini toʻldirish boʻyicha ishchi yigʻilishlar oʻtkazish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763634">Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan ITK majlislar reja-jadvali boʻyicha loyiha rahbarlarining hisobotlarini eshitish va muhokama qilish, loyihalar boʻyicha eshitilgan hisobotlar boʻyicha qarorlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish va ularni tasdiqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763637">loyihani davom ettirish boʻyicha Buyurtmachiga tavsiyalar bilan birga ish dasturini toʻgʻrilash yoki ularni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, shuningdek, ITK tomonidan qabul qilingan qarorlarni loyiha rahbarlariga yetkazish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763639">Buyurtmachining kollegial organida va jamoatchilik kengashida (zarur hollarda) ITKning qarorlari va ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha tavsiyalarni (xulosalarni) himoya qilishga majbur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763640">ITK raisi ITK qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi va kengashning navbatdagi majlislari toʻgʻrisida ITK aʼzolarini xabardor qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763642">12. ITK aʼzolari (ekspertlar) quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763643">oʻzlari aʼzo boʻlgan ITK yigʻilishlarida ishtirok etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763644">ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi boʻyicha kelib tushgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763645">ilmiy-tadqiqot loyihalarining ilmiy-texnik darajasini, ularni amalga oshirish imkoniyatlarini xolis baholash, ularni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi va hajmi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763646">hisobot davrida olingan ilmiy natijalarning ahamiyatini baholash, loyihada eʼlon qilingan va hisobot davrida olingan ilmiy natijalarning muvofiqlik darajasini baholash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763648">ilmiy-tadqiqot loyihalari rahbarlarining ishlar holati va loyiha natijalari, ularni monitoring qilish jarayoni haqidagi hisobotlarini eshitish va muhokama qilishda ishtirok etish, ular ishida ishtirok etgan ITK bayonnomalari bilan tanishish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763649">ilm-fan, texnika va innovatsiya sohasidagi olimlar va mutaxassislarni tegishli ilmiy loyihalar natijalarini monitoring qilish yoki tahlil qilish jarayoniga jalb qilish boʻyicha Buyurtmachiga takliflar kiritish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763650">ITK aʼzolari ilmiy loyihalar tanlovida umumiy asoslarda ishtirok etish huquqiga ega, lekin oʻz loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va muhokama qilishda ishtirok etmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763652">13. ITK aʼzolari (ekspertlar):</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763653">rais va uning oʻrinbosarining ITK faoliyatiga taalluqli topshiriqlarini bajarishi, koʻrib chiqilgan loyihalar boʻyicha xulosalarni oʻz vaqtida taqdim etishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763655">loyihalar boʻyicha ekspertizani ilmiy asoslangan holda va xolis oʻtkazishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763657">ish jarayonida ularga taqdim etilgan maʼlumotlarning oshkor etmasligi;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763658">ekspertiza jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvi haqida tegishli ITKga xabar berishi;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763658"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=22.10.2025 00#edi-7807489">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763659">oʻzlari ekspertiza qilgan yoki ITKda muhokama qilingan loyihalar mazmuni, ular boʻyicha hisobotlar va yigʻilish bayonnomalari, ularning natijalari va tadqiqot yoʻnalishlari, ekspert xulosalari, loyiha manbalari va moliyalashtirish hajmi haqida loyiha ijrochilari tarkibiga kiruvchi har qanday shaxsga maʼlumot bermasligi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763661">14. ITK ilmiy kotibi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763662">har bir loyiha boʻyicha ITK majlisi bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763663">loyihalar boʻyicha hisobot hujjatlarini qabul qilib oladi, saqlanishini va Buyurtmachiga qaytarilishini taʼminlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763664">loyiha rahbarlarining hisobotlarini eshitish jadvalini tuzadi va tasdiqlash uchun ITK raisiga taqdim etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763667">ITK aʼzolariga ITK majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar beradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763668">ITK raisi va uning oʻrinbosarining ITK faoliyatiga oid topshiriqlarini bajaradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763669">ITK ilmiy kotibi umumiy asosda ilmiy loyihalar tanlovida ishtirok etish huquqiga ega, lekin oʻz loyihalarini muhokama qilishda ishtirok etmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763672">15. ITK aʼzolari (ekspertlar) oʻzlariga yuklangan majburiyat va vazifalarni bajarish uchun masʼuldir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763673">ITK aʼzolari (ekspertlar) tomonidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi muntazam ravishda buzilishi, oʻz vazifalarini bajarmaslik, malakasizligi va manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar bermaslik holatlari aniqlangan taqdirda, ular ITK aʼzoligidan chiqariladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763674"><strong>4-bob. ITK faoliyatini tashkil etish</strong></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763680">16. ITK faoliyatini tashkil etish va tugatish, tashkiliy-texnik qoʻllab-quvvatlash hamda muvofiqlashtirish Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763681">ITK tarkibi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763682">ITK faoliyatiga ekspert sifatida nomzodlar ilmiy faoliyatning tegishli sohasidagi zarur nazariy va amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar, ular tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan tavsiya etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763683">17. Tanlov uchun taqdim etilgan ilmiy-texnik loyihalar tegishli ITK yigʻilishlarida loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish natijalari asosida ochiq muhokama orqali koʻrib chiqiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763684">18. ITK rais, rais oʻrinbosari, ilmiy kotib va uning aʼzolaridan iborat boʻlib, ular sohalarga tegishli loyihalar boʻyicha mutaxassis-ekspertlar sifatida ham ishtirok etishlari mumkin. ITK aʼzolari va ekspertlar ITK faoliyatida ixtiyoriy ravishda jamoatchilik asosida ishtirok etish uchun jalb qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763686">ITK raisi boʻlmaganda, uning vazifalarini rais oʻrinbosari bajaradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763694">19. Buyurtmachi ITK aʼzolari va ekspertlar tarkibini muntazam ravishda almashtirib turadi. Bunda oldin ITK aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan mutaxassislar uch oydan soʻng ushbu ITK tarkibga qayta jalb qilinishi mumkin. Har uch oyda ITK aʼzolarining oʻttiz foizigacha hamda har toʻqqiz oyda ITK raisi va uning oʻrinbosarlari yangilab boriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763695">20. ITK ilmiy tadqiqotlarning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tuziladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763696">tarix va ijtimoiy fanlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763697">filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763698">iqtisodiyot va huquq fanlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763699">arxeologiya fanlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763703">matematika, fizika, mexanika fanlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763704">texnika fanlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763705">informatika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763706">arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763707">qishloq xoʻjaligi, veterinariya va atrof-muhitni muhofaza qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763708">oʻrmon xoʻjaligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763709">tibbiyot fanlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763710">farmakologiya va farmatsevtika;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763711">kimyo fanlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763712">kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763713">yer toʻgʻrisidagi fanlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763714">biologiya fanlari, biotexnologiya, ekologiya;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763715">startap loyihalar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763717">21. Zarur hollarda, Buyurtmachi tomonidan boshqa dolzarb ilmiy-texnik yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshimcha ITKlar tashkil etilishi hamda ITK yoʻnalishlari oʻzgartirilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763718">22. ITK raislari tegishli ITK aʼzolari ishtirokida yigʻilishda ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763719">23. ITK majlislari Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oʻtkaziladi. Zarur hollarda, ITKning navbatdan tashqari muhokamalari oʻtkazilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763720">24. ITK majlislari qoida tariqasida ochiq oʻtkaziladi. Zarur hollarda, ITK majlislariga tanlov ishtirokchilari, loyiha ijrochilari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari taklif qilinishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763722">25. ITK majlislari uning aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Loyihalarni eshitish va muhokama qilishda shaffoflik va xolislikni taʼminlash uchun yigʻilishda audio- va videoyozuvdan foydalanish mumkin. ITK majlisi bayonnomasi, audio- va videoyozuvlar Buyurtmachiga taqdim etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763724">26. ITKning qarori, agar uning majlisida ishtirok etganlarning aksariyati unga ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, ITK raisining fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763727">ITK majlisida qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Alohida masalalar boʻyicha ITK aʼzolari bilan kelishilgan holda yashirin ovoz berish oʻtkazilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763729">27. ITK yigʻilishida muhokama qilinadigan masalalar boʻyicha hujjatlar yigʻilishdan kamida besh kun oldin ITK ilmiy kotibiga taqdim etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4763732">28. ITK qarorlari bayonnoma shaklida tuziladi. ITKning bayonnomasi rais (uning yoʻqligida rais oʻrinbosari) va ilmiy kotib tomonidan imzolanadi. ITKning ilmiy kotibi ITK bayonnomalarini saqlanishini taʼminlaydi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-4763734"><strong>6-bob. Yakunlovchi qoida</strong></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4763736">29. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4763736"><a href="/acts/-4759202?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6007262">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-4761716">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/133/0280-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
