Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-iyundagi “Surxondaryo neft-gaz hududidagi konlardan neftni qazib olishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1979-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Surxondaryo neft-gaz hududidagi konlardan neft qazib chiqarish hajmlarini oshirish hamda uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish klasterini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-iyundagi “Surxondaryo neft-gaz hududidagi konlardan neftni qazib olishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1979-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-fevral,
PQ-4591-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2020-y., 07/20/4591/0138-son)