|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “NAVROʻ3” XAYRIYA JAMGʻARMASINI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navroʻz” xayriya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari, konsernlari va birjalari, uyushmalariga, viloyat, nohiya, shahar hokimliklariga, davlat va jamoat tashkilotlari va korxonalariga “Navroʻz” xayriya jamgʻarmasining barcha masalalarida yaqindan koʻmak berish va qoʻllab-quvvatlash vazifasi yuklatilsin.
2. Respublika Tashqi ishlar vazirligiga jamgʻarmaning xorijiy xayriya tashkilotlari, ayniqsa chet ellardagi vatandoshlarning xayriya, madaniyat tashkilotlari bilan aloqa bogʻlashlarida, xorijdan jamgʻarma faoliyatiga bogʻliq masalalarda keladigan guruhlar va mutaxassislarni ruxsatnomalar bilan taʼminlash borasida yordam berish topshirilsin,
Respublika Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga jamgʻarmani tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida roʻyxatga olish, jamgʻarmaning hamda uning korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatiga, tijorat ishlariga yaqindan yordam berish topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Davlat teleradiokompaniyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Davlat kinokompaniyasi “Navroʻz” xayriya jamgʻarmasi faoliyatini keng yoritsinlar, jamgʻarma ijodiy guruhi iltimoslari boʻyicha zarur sharoitlar yaratib bersinlar.
4. “Oʻzshartnomasavdo” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi Navroʻz xayriya jamgʻarmasi faoliyati uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika resurslarini va transport vositalarini shu jamgʻarma buyurtmasiga asosan berishni taʼminlasinlar. Avtomobil transporti vazirligi korxonasida ishlatilayotgan 1 ta mikroavtobusni xayriya sifatida jamgʻarma hisobiga oʻtkazib berish masalasini koʻrib chiqsin.
5. Toshkent shahar hokimligiga jamgʻarmaga xizmat binosi ajratib berish topshirilsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi madaniyat, ommaviy axborot va turizm boʻlimi (oʻrtoq Koʻchimov)ga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 13-iyun,
279-son