Hujjat 17.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
v) mazkur bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘larning 75 foizi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining alohida bank hisob raqamiga quyidagilar uchun yo‘naltiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu bandning “v” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlarni shakllantirish va mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini kiritsin hamda unda har yili daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini, shuningdek, ushbu mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat olib borilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

boshlanishi

yakunlanishi

I. To‘qimachilik, charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmoqlari ishlab chiqarishi uchun mahalliy xomashyo bazasini kengaytirish

1.

Mahalliy xomashyo asosida to‘qimachilik, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud salohiyat va imkoniyatlar to‘g‘risida mahalliy va xorijiy investorlarni keng xabardor qilish.

2019 yil sentyabr

2019-yil noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), TIV (A. Komilov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev), SSP (A. Ikramov)

2.

To‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmoqlari korxonalarida zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlari mavjudligini monitoring qilish.

2019-yil yanvar

2020-yil mart

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

3.

Zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini kompleks qurish va ularga to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarm�qlari korxonalarini ulash.

2020-yil yanvar

2021-yil dekabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev,) “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

4.

To‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmoqlari investorlariga yer maydonlari ajratishda, ushbu yerlarni qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqarish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi yo‘qotishlarni, istisno tariqasida, kechiktirib qoplab berilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

5.

Jismoniy shaxslardan charm xomashyosini xarid qilishda charm-poyabzal va mo‘ynachilik korxonalari mahsulotlariga qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisoblashning maxsus tartibini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

6.

Vazirlar Mahkamasiga ruxsatnomasiz va veterinariya, veterinar-sanitariya qoidalari va normalarini buzgan holda qoramollarni so‘yish faoliyati bilan shug‘ullanganlik uchun ma’muriy jarima miqdorlarini oshirish to‘g‘risida taklif kiritish.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

Davlat veterinariya qo‘mitasi (B. Norqobilov),
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

7.

Vazirlar Mahkamasiga istisnosiz barcha paxta tozalash zavodlarida paxta tolasini majburiy davlat avtomatlashtirilgan hisobga olish va markirovkalash tizimini joriy etish, bunda boshlang‘ich bosqichlarda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarida paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarida paxta xomashyosini qabul qilishni hisobga olish va monitoring qilish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

8.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va paxta tolasini yetishtirish bo‘yicha klasterlarning xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit resurslari stavkalarini, shuningdek, ushbu kredit resurslarini so‘ndirish muddatlarini paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan darajaga keltirish maqsadida qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

II. Importni optimallashtirish va eksport salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va marketing

9.

To‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda chuqur tahlil qilish:

ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish va modernizatsiya qilish samaradorligi;

mavjud va rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalarining zamonaviy talablarga muvofiqligi.

2019-yil sentyabr

2019-yil noyabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

10.

Furnituralar (to‘g‘nog‘ichlar, to‘qimachilik yorliqlari, tugmalar, iplar va h.k.), aksessuarlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishni ta’minlash.

2019-yil sentyabr

2019-yil dekabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

11.

Respublikada ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari importini qisqartirish bo‘yicha yillik amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov),
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

12.

Investitsiya loyihalari amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda o‘rganish.

doimiy ravishda

doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.Umurzakov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B.Xodjayev)

13.

Investitsiya loyihalarini samarali va o‘z vaqtida amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan mavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

doimiy ravishda

doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

14.

To‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ichki va tashqi bozor konyunkturasini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning rivojlanish tendensiyalarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari ko‘magida o‘rganish.

2019-yil sentyabr

2019-yil noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
TIV (A. Komilov)

15.

Salohiyatli xorijiy xaridorlar va investorlarni taklif etgan holda “Uzcharmexpo” 11-Xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazish.

2019-yil oktyabr

2019-yil oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

16.

Mashhur xalqaro to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni, jumladan franchayzing shartnomalari asosida jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish.

2019-yil sentyabr

2019-yil dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

17.

Milliy ishlab chiqaruvchilarning to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini, shu jumladan mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashgan xalqaro to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ko‘rgazmalari va xorijiy tenderlarda ishtirok etishida ko‘maklashish orqali ilgari surish.

doimiy ravishda

doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),
TIV (A. Komilov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov),
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

18.

Yirik xaridorlar buyurtmalari asosida jozibador shartlarda yetkazib beriladigan tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport oldi maqsadli moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan kamida 100 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini jalb qilish.

2019-yil sentyabr

2019-yil noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Hay�arov)

19.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va “O‘zcharmsanoat” uyushmasining veb-saytlarida ishlab chiqarilayotgan, eksport va import qilinayotgan va mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar bo‘yicha axborotlarni, shuningdek, sohani rivojlantirish bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni, tarmoq korxonalarini tashkil etish va boshqarish, to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hamda tegishli ruxsatnomalarni olish bo‘yicha metodik qo‘llanmalarni joylashtirish.

2019-yil sentyabr

2019-yil dekabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

20.

To‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarining onlayn ma’lumotlar bazasini yaratish.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

21.

To‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini respublika hududiga noqonuniy olib kirishning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar asosida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

DBQ (A. Asamov),
DSQ (M. Mirzayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

22.

Paxta tolasiga talab va taklif asosida shakllantiriladigan hamda xalqaro bozordagi haqiqiy narxlarga mos keladigan narx belgilashning yangi mexanizmini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

23.

Eksport qilingan tovarlar (ishlar va xizmatlar) bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun to‘langan jarimalarning bir qismini, muddati o‘tgan qarzdorlikni to‘liq so‘ndirish sharti bilan qaytarib berish tizimini joriy qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

III. To‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga innovatsiyalar va xalqaro standartlarni joriy etish

24.

To‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmog‘iga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish.

2019-yil sentyabr

2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

25.

Ishlab chiqarish jarayonlariga ilm-fan yutuqlarini joriy etish.

2019-yil sentyabr

2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

26.

Ikkilamchi xomashyo resurslarini qayta ishlash va ulardan foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.

2019-yil sentyabr

2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

27.

To‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro standartlarni o‘rganish.

2019-yil sentyabr

2019-yil noyabr

“O‘zstandart” agentligi (D. Kattaxodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

28.

Amaldagi standartlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif kiritish.

2019-yil dekabr

2020-yil yanvar

“O‘zstandart” agentligi (D. Kattaxodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

29.

Innovatsion, energiya samarador, energiya tejamkor i import o‘rnini bosuvchi materiallar va texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

2020-yil yanvar

2020-yil fevral

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I.Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F.Boboyev)

30.

Paxta tolasi ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishni inobatga olgan holda ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida paxta tolasi ishlab chiqarish bo‘yicha standartlarni qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, paxta tolasini majburiy sertifikatlash tariflarini pasaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

“O‘zstandart” agentligi (D. Kattaxodjayev), Agroinspeksiya ( M. Esanov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

IV. Korxonalarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish, tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish

31.

Tarmoq korxonalarining yoqilg‘i-energetika resur�lari bilan ta’minlanganlik holatini, shuningdek, mamlakat hududlarida zaruriy infratuzilmalar mavjudligini yalpi xatlovdan o‘tkazish.

2019-yil sentyabr

2020-yil mart

Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

32.

Qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish, shuningdek, ularni (zarur hollarda) import qilish hisobiga tarmoq korxonalarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan uzluksiz ta’minlash.

2019-yil sentyabr

2020-yil mart

Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

33.

Korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini oshirish va energiya samaradorligini ta’minlash imkonini beruvchi zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish.

2019-yil sentyabr

2020-yil mart

Energetika vazirligi

(A. Sultanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

34.

Ishlab chiqarish jarayonini energiya tejamkor texnologiyalarga o‘tkazish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalar va tijorat banklarining imtiyozli kreditlarini jalb etishda amaliy yordam ko‘rsatish.

2019-yil sentyabr

2020-yil mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

V. Ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

35

Tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining holatini o‘rganish va ularni modernizatsiya qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2019-yil sentyabr

2019-yil noyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

36.

Tadqiqot ishlarining natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

2019-yil sentyabr

2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

37.

Oliy ta’lim muassasalarida to‘qimachilik, charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha mavjud yo‘nalishlar va mutaxassisliklarni xatlovdan o‘tkazish.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

38.

Xalqaro tajriba va ishlab chiqarish ehtiyojlarini inobatga olgan holda yangi o‘quv yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda qabul kvotalarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil oktyabr

2019-yil noyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

39.

“Ta’lim-fan-ishlab chiqarish” tizimi bo‘yicha integratsiyani ta’minlash uchun tegishli oliy ta’lim muassasalarining ixtisoslashgan kafedralariga to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarining yetakchi korxonalarini biriktirish.

2019-yil sentyabr

2019-yil oktyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

40.

Korxonalarning muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borishda tegishli oliy ta’lim muassasalari, olimlar, doktorantlar, tadqiqotchilar uchun sharoitlar yaratish.

2019-yil sentyabr

2019-yil noyabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

41.

Korxonalarning moddiy-texnik bazasini (shu jumladan laboratoriyalarini) ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish uchun bepul asosda taqdim etish.

2019-yil sentyabr

2019-yil noyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

42.

Yangi ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish uchun sharoit yaratish.

2019-yil sentyabr

2019-yil dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

43.

Soha korxonalari tomonidan tegishli oliy ta’lim muassasalarining o‘quv laboratoriyalariga yangi materiallar, texnologik liniyalar maketlari, xomashyo va mahsulotlar namunalarini taqdim qilish.

2019-yil sentyabr

2019-yil dekabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va�irligi (I. Majidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

44.

Ilg‘or xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma va malaka oshirish markazlarini tashkil etish.

2019-yil sentyabr

2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev)

45.

“O‘zengsanloyiha” MChJ loyihalash institutining ustav jamg‘armasi (kapitali)dagi davlat aksiyalar paketini (ulushini) nominal qiymatda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil sentyabr

2019-yil noyabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov),

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

46.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar to‘g‘risida takliflar kiritish:

iyun oyining ikkinchi yakshanbasini To‘qimachilik, tikuv-trikotaj sanoati xodimlari kuni deb e’lon qilish;

“O‘zbekiston Respublikasi faxriy to‘qimachisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish.

2019-yil sentyabr

2019-yil noyabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

5-bandning beshinchi xatboshidagi “2018-yilgi hosil” so‘zlari “2018 — 2020-yillardagi hosil” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 14-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “2018-yilgi hosil” so‘zlari “2018 — 2020-yillardagi hosil” so‘zlari bilan almashtirilsin.