Hujjat 10.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 23-maydagi PF-5728-son Farmonining ijrosini ta’minlash, shuningdek, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish, “Tomorqa xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) 1-band quyidagi mazmundagi oltinchi — o‘ninchi xatboshlar bilan to‘ldirilsin:
b) 1-ilovaning birinchi xatboshisidagi “Mirzayev Z.T. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Kengash raisi” so‘zlari “Vaxabov A.D. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Kengash raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
v) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
7-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
ikkinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — o‘n birinchi xatboshlar deb hisoblansin;
10-band “tasdiqlanadigan” so‘zidan keyin “daromadlar va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
12-band chiqarib tashlansin;
13-banddagi “budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy rag‘batlantirish fondi to‘g‘risidagi” so‘zlari “Jamg‘arma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-band “Jamg‘arma” so‘zidan keyin “daromadlari va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
17-band quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidagi “Tomorqa xizmati” MChJlar, qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi sohasidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish” so‘zlari “rivojlantirishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshidagi “foizigacha” so‘zi “foizi” so‘zi bilan almashtirilsin;
19-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshidan “Tomorqa xizmati” MChJlar” so‘zlari chiqarib tashlansin;
22-banddagi “kelishilgan” so‘zi “kelishilganligini tasdiqlovchi axborot ko‘rsatilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 1-band “tomorqa yer egalari” so‘zlaridan so‘ng “Tomorqa xizmati” MChJga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi “tomorqa yer egalari” so‘zlaridan so‘ng “Tomorqa xizmati” MChJlarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
nomlanishi “tomorqa yer egalariga” so‘zlaridan so‘ng “Tomorqa xizmati” MChJlarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;