Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.03.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1047-4]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2001-yil 23-iyundagi 14/13-son (roʻyxat raqami 1047, 2001-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 13-son) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 6-bandi “v” kichik bandidagi “Ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-avgust,
18/18-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 10/19/1047-4/3638-son)