O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining
buyrug‘i
Qayta sug‘urta qilish xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlari to‘g‘risidagi nizomning 8-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2190-1]
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 27-dekabrdagi 111-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2190, 2011-yil 29-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 4-5-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Qayta sug‘urta qilish xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlari to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi yigirma ikkinchi xatboshisidan “tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-iyun,
75-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/2190-1/3352-son)