Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.06.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1929-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 3-iyundagi 10-mh-sonli “Advokat stajori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3517, 04.06.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 27-martdagi 80-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1929, 2009-yil 27-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 153-modda) bilan tasdiqlangan Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandidagi “surishtiruv, dastlabki tergov organlarida” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarda, surishtiruv, dastlabki tergov organlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-iyul,
273-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi A. ERNAZAROV
2019-yil 28-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/1929-1/3350-son)