Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoʻl harakati barcha ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2020-y., 09/20/796/1639-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2020-y., 09/20/796/1639-son)
3. 2020-yil 1-yanvardan shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
mamlakatda ishlab chiqariladigan barcha avtomototransport vositalari ichki bozorga ishlab chiqaruvchi tomonidan avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlangan holda chiqariladi;
respublikaga chet eldan import qilinadigan avtomototransport vositalarida kunduzgi signal chiroqlarining mavjudligi sertifikatsiyadan oʻtkazish uchun majburiy texnik talab sifatida belgilanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ikki oy muddatda Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni mazkur qaror talablaridan kelib chiqib takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2020-y., 09/20/796/1639-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-iyun,
460-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/460/3238-son; 18.12.2020-y., 09/20/796/1639-son)