Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.04.2011
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 11 MAYDAGI 249 - SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN PENSIYA TAYINLASh UChUN MEHNAT STAJINI TASDIQLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 16-bandi quyidagi mazmundgi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Butun paxta yetishtirish mavsumi davomida g‘o‘zani sug‘orish ishlari bilan band bo‘lgan suvchilar uchun to‘liq kalendar ish yili imtiyozli pensiya olish huquqini beruvchi stajga qo‘shiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suvchilar imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash uchun murojaat qilishgan taqdirda xo‘jalik ma’muriyati (boshqaruvi) ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga 6-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha mehnat staji to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim qiladi.
(to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ko‘rsatib o‘tilgan mehnat staji xo‘jalik rahbari, kadrlar bo‘yicha xodimi, bosh buxgalter va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisidan iborat tarkibdagi Komissiya tomonidan xo‘jalikdagi mavjud hujjatlar asosida, hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda — guvohlarning ko‘rsatmasi asosida belgilanadi.
1995-yildan boshlab suvchi sifatida ishlaganlik faqat birlamchi hisob-kitob hujjatlari asosidagina tasdiqlanishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 8-avgust,
311-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 8-son, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 7-son, 36-modda)