Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning 54-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 992-5]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 16-apreldagi 3/2-sonli “Tijorat banklarining ichki auditiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3302, 07.05.2021-y.) asosan 2021-yil 8-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/12-son qarori (roʻyxat raqami 992-1, 2004-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 16-son, 192-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning 54-bandi oʻninchi xatboshisidagi “va terrorizmni” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-fevral,
3/13-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 10/19/992-5/2686-son)