|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.08.2003
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA YOʻL JAMGʻARMASI MABLAGʻLARINI ShAKLLANTIRISh VA ULARDAN FOYDALANISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi 2003-yil 21-avgustdagi 361-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-iyuldagi 334-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomning 21-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ixtisoslashtirilgan tarmoqdan “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib oluvchi fuqarolar”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 21-may,
184-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 5-son, 16-modda)