|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANISH TAQIQLANGAN MANSABDOR SHAXSLARNING RO‘YXATI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida” Qonunini kuchga kiritish haqida” 1991-yil 15-fevraldagi qarorini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagi mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlansin:
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga;
davlat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga, xizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi bo‘lgan mansabdor shaxslarga;
davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlariga va ularning bank hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan o‘rinbosarlariga;
davlat ta’minot va savdo-sotiq korxonalari va tashkilotlarining rahbar xodimlariga;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish yoki bunday faoliyatni nazorat qilish vazifasiga kiruvchi davlat organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga;
Oldingi tahrirga qarang.
(sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-sentabrdagi 266-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 428-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-mart,
103-son