Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
O‘ZBEKISTON ARXEOLOGIYA YODGORLIKLARINI SAQLASH CHORALARI VA YODGORLIKLARNI O‘RGANISHNING AHVOLI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Buyuk ipak yo‘li — xalqlarning muloqot yo‘li” deb nomlangan xalqaro dasturga muvofiq madaniyat yodgorliklarini samarali muhofaza qilish va O‘zbekistonning qadimiy madaniyat markazlarining madaniy-iqtisodiy aloqalari tarixiy tajribasini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Yodgorliklarni saqlash bosh milliy-ishlab chiqarish boshqarmasi va ilmiy-metodik kengashi komissiyasining maxsus ruxsatisiz tashkilotlar, ekspeditsiyalar va alohida shaxslar tomonidan madaniy va tarixiy meros buyumlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Yodgorliklarni saqlash bosh ilmiy-ishlab chiqarish boshqarmasi birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Arxeologiya instituti tarkibida Toshkent, Urganch, Namangan va Termiz shaharlarida 1992-yildan boshlab institutning mintaqaviy bo‘limlarini ochsinlar hamda kerakli mutaxassislar bilan va 1992-yil uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlasinlar.
3. Toshkent, Xorazm, Namangan va Surxondaryo viloyat ijroqo‘mlari 1992-yilning 1-apreliga qadar Arxeologiya instituti mintaqaviy bo‘limlarini laboratoriya xonalari va kolleksiya saqlash xonalari bilan ta’minlasinlar.
Joylarda arxeologiya bo‘limlarini mahalliy budjet hisobidan bittadan mashina bilan ta’minlash ko‘zda tutilsin, shuningdek, tashkil etilayotgan bo‘limlar mutaxassislarini uy-joy bilan ta’minlash rejalashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 13-fevral,
64-son