|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.01.2000
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
MEHNAT QILISh MUNOSABATI BILAN XIZMATGA BOG‘LIQ BO‘LGAN UY-JOY BERILIShI MUMKIN BO‘LGAN XODIMLAR TOIFALARINING RO‘YXATINI TO‘LDIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xizmat turar joylari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1969-yil 18-iyuldagi 340-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zSSR QT, 1969-y., 6-son, 60-modda) korxona, tashkilot va muassasaning hududidagi xizmat binosidan, shuningdek, ishlab chiqarish hududidan tashqari joyda xizmatga bog‘liq uy-joy (lavozimga bog‘liq kvartira) berilishi mumkin bo‘lgan xodimlar toifalarining ro‘yxati quyidagi tahrirdagi 17-band bilan to‘ldirilsin.
“17. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati affinaj sexini qo‘riqlash harbiy qismining xizmatchilari.”
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 13-fevral,
63-son