

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3761338" id="onLBC-3761338">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7620"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.02.00 Birinchi instansiya sudida ish yuritish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3761338" id="onLS-3761338">[<b>TSZ:</b><div id="LS3807"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3761855" id="-3761855">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3761856" id="-3761856">QarorI</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3761858" id="-3761858">Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3761861" id="-3761861"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761865" id="-3761865">Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/acts/-3517337">Fuqarolik protsessual kodeksi</a> yangi tahrirda qabul qilinganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda birinchi instansiya sudi tomonidan qonun normalari bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/acts/-3517337#-3518049">17-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761872" id="-3761872">1. Sudlarning eʼtibori fuqarolik ishlarini koʻrishda fuqarolik protsessual qonun hujjatlari normalariga qatʼiy rioya etish zarurligiga, ularga rioya qilmaslik esa, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar huquqlari buzilishiga olib kelishiga qaratilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761876" id="-3761876">2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) <a href="/acts/-3517337#-3517860">3-moddasiga</a> muvofiq har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari boʻyicha sudga (bundan buyon matnda sud deb yuritiladi) murojaat qilishga haqli.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3761880" id="-3761880"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6698099" id="edi-6698099"><a href="/acts/-3761338?ONDATE=19.05.2018 00#-6698097">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6698099" id="-6698099"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6698101" id="-6698101">3. Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga koʻra, boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish, shuningdek, arizani taalluqliligiga koʻra, boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6698103" id="-6698103">Iqtisodiy yoki maʼmuriy suddan ariza yoki ish materiallari sudga taalluqliligiga koʻra, kelib tushganda sudya ariza FPKning <a href="/acts/-3517337#-3522142">189</a>, <a href="/acts/-3517337#-3522207">190</a> va <a href="/acts/-3517337#-3522213">191-moddalarida</a> koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay daʼvogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6698105" id="-6698105">Tushuntirilsinki, iqtisodiy yoki maʼmuriy suddan kelib tushgan ariza yoki ish materiallaridagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma sudyaning kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi ajrimi bilan rasmiylashtiriladi va ajrimda bu kamchiliklarni bartaraf etish muddati koʻrsatiladi. Mazkur ajrim daʼvogar (arizachi)ga FPK <a href="/acts/-3517337#-3524127">273-moddasida</a> nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6698107" id="-6698107">Kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda daʼvo ariza (ariza) FPK 195-moddasi, 1-qismining <a href="/acts/-3517337#-6451780">4<sup>1</sup>-bandiga</a> asosan qaytariladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6698110" id="-6698110">(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli <a href="/acts/-6683636?ONDATE=20.11.2023 00#-6685129">qaroriga </a>asosan birinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761884" id="-3761884">Sudlarning eʼtibori ajrim chiqarmasdan turib arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarishga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilsin. Mazkur talab qarshi daʼvoga ham tegishli boʻlib, u FPK <a href="/acts/-3517337#-3522399">199-moddasiga </a>muvofiq umumiy qoidalarga binoan (sudlovga tegishlilik bundan mustasno) taqdim etiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6698138" id="edi-6698138"><a href="/acts/-3761338?ONDATE=19.05.2018 00#-3761886">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6698138" id="-6698138"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6698140" id="-6698140">Sudya faqat FPK <a href="/acts/-3517337#-3522256">194</a>, <a href="/acts/-3517337#-3522281">195-moddalarida </a>nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani qabul qilishni rad etishga yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga koʻra, boshqa sudga oʻtkazishga haqli boʻlib, bunda qonunda nazarda tutilgan asoslar roʻyxati tugal ekanligi inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6698158" id="-6698158">(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli <a href="/acts/-6683636?ONDATE=20.11.2023 00#-6685143">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761888" id="-3761888">Arz qilingan talablar isbotlanmaganligi, daʼvo muddati oʻtganligi va qonunda nazarda tutilmagan boshqa asoslar boʻyicha arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3761892" id="-3761892"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6698195" id="edi-6698195"><a href="/acts/-3761338?ONDATE=19.05.2018 00#-6698193">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6698195" id="-6698195"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6698197" id="-6698197">4. Arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarish haqidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga, arizani yoki ishni sudga taalluqliligiga koʻra, boshqa sudga oʻtkazish haqidagi ajrim nusxasi esa arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6698199" id="-6698199">(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli <a href="/acts/-6683636?ONDATE=20.11.2023 00#-6685146">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7326542" id="edi-7326542"><a href="/acts/-3761338?ONDATE=20.04.2021 00#-5574101">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7326542" id="-7326542"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7326543" id="-7326543">Arizani qaytarish haqidagi sud ajrimi ustidan FPKning <a href="/acts/-3517337#-5221007">44</a> va <a href="/acts/-3517337#-3525912">45-boblarida</a> belgilangan tartibda xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin va u bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7326544" id="-7326544">(4-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308949">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761899" id="-3761899">Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qarshi daʼvoni u FPK <a href="/acts/-3517337#-3522405">200-moddasida </a>nazarda tutilgan talablarga javob bermasligi sababli qabul qilishni rad qilish haqidagi ajrim ustidan, bu holat sudga mustaqil daʼvo taqdim etilishiga toʻsqinlik qilmasligi tufayli, shikoyat berilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761903" id="-3761903">5. Shuni nazarda tutish lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash fuqarolik protsessining muhim bosqichi boʻlib, bu ishning oʻz vaqtida, har tomonlama, xolisona koʻrib chiqilishi va hal qilinishini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761906" id="-3761906">Ishni sud muhokamasiga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash sudga quyidagi imkoniyatlarni beradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761909" id="-3761909">taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni koʻrishda amal qilinishi lozim boʻlgan qonunni aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761913" id="-3761913">taraflarning talab va eʼtirozlarini asoslovchi, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761915" id="-3761915">ishni hal qilish uchun lozim boʻlgan dalillar doirasini aniqlash va ularning oʻz vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761919" id="-3761919">ishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan shaxslar tarkibi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761921" id="-3761921">taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur boʻlgan dalillar taqdim etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761922" id="-3761922">taraflarni yarashtirishga erishish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761926" id="-3761926">Sudya FPK <a href="/acts/-3517337#-3522508">204-moddasida</a> nazarda tutilgan barcha zarur harakatlarni bajarish choralarini koʻrishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761931" id="-3761931">Shuni nazarda tutish lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlashga qaratilgan harakatlar, basharti bunday zarurat kechroq kelib chiqsa, tegishli ajrim qabul qilinganidan soʻng ham amalga oshirilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761933" id="-3761933">Ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi, shuningdek uni tayyorlash bilan bogʻliq ravishda chiqarilgan ajrimlar ishning keyingi harakatiga taʼsir qilmaydi va ular ustidan shikoyat (protest) berilmaydi, dalillarni taʼminlashni rad etish va daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761942" id="-3761942">6. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash uchun FPK <a href="/acts/-3517337#-3522454">202-moddasida </a>belgilangan oʻn kunlik muddat alohida hollarda oʻta murakkab ishlar boʻyicha (masalan, mulk huquqi vujudga kelishi yoki tugashi (shu jumladan, bitimlar, vorislik, davlat mulkini xususiylashtirish), yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish bilan bogʻliq nizolar boʻyicha, shuningdek ekspertiza oʻtkazish, sud topshirigʻi yuborish, ishni koʻrayotgan sud faoliyat koʻrsatayotgan hududdan tashqarida boʻlgan fuqarolar yoki tashkilotlardan materiallar olish talab etiladigan ishlar boʻyicha sudning asoslantirilgan ajrimi bilan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761946" id="-3761946">Aliment undirish, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi shuningdek, boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar boʻyicha ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati uzaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761950" id="-3761950">7. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FPK <a href="/acts/-3517337#-3522602">207-moddasida </a>nazarda tutilgan fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilishning umumiy va qisqartirilgan muddatlari ishni sud muhokamasiga tayyorlash tugagan kundan hal qiluv qarori qabul qilingan yoki arizani koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ishni boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kun qoʻshilgan holda hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761952" id="-3761952">Daʼvogar tomonidan bitta arizada oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talab birlashtirilgan va ulardan bittasi uchun qonunda koʻrish va hal qilishning qisqartirilgan, boshqalari uchun esa, umumiy muddati belgilangan boʻlsa, ish umumiy muddatda koʻrilishi va hal qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761954" id="-3761954">Bitta ish yuritishga birlashtirilgan ishlarni koʻrish va hal qilish muddati keyin qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha belgilanadi. Talablarning bir qismi alohida ish yuritishga ajratilganda, ajratilgan talab boʻyicha ishni koʻrish va hal qilish muddati talabni ajratish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761958" id="-3761958">Ish yuritish toʻxtatilganidan u tiklangunga qadar boʻlgan vaqt ishni koʻrish muddatiga qoʻshilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761962" id="-3761962">Xususiy shikoyatni (protestni) koʻrishga ketgan vaqt ishni koʻrish muddatiga qoʻshilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761966" id="-3761966">8. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sud topshirigʻini bajarish qonunda belgilangan barcha talablarga rioya etilgan holda sud majlisida amalga oshirilishi lozim (FPK <a href="/acts/-3517337#-3519699">104 moddasi</a>). Bunda ishda ishtirok etuvchi shaxslar FPK <a href="/acts/-3517337#-3518474">40-moddasiga </a>binoan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish huquqiga ega boʻlib, ularning iltimosnomasiga asosan yozma tushuntirishlar sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi mumkin. Taraflar va uchinchi shaxslar nomidan tushuntirishlarni ularning vakillari berishlari mumkin. Guvohlar bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761968" id="-3761968">Sud topshirigʻini bajarish paytida tuzilgan sud majlisi bayonnomasida ish boʻyicha ahamiyatga ega holatlar va qoʻyilgan savollarga toʻliq javoblar aks ettirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761972" id="-3761972">9. Dalillarni taʼminlash haqida ariza koʻrilayotganda shuni nazarda tutish lozimki, FPK<a href="/acts/-3517337#-3519299"> 76 </a>va <a href="/acts/-3517337#-3519306">77-moddalariga </a>muvofiq u quyidagi tarzda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761975" id="-3761975">ish qoʻzgʻatilgandan oldin ham, keyin ham;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761978" id="-3761978">nafaqat ishni koʻrayotgan sudga, balki dalillarni taʼminlash boʻyicha protsessual harakatlar amalga oshirilishi lozim boʻlgan joyda faoliyat yuritayotgan sudga ham berilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761980" id="-3761980">Dalillarni taʼminlash haqidagi arizani koʻrishda sud FPK 77-moddasining <a href="/acts/-3517337#-3519310">ikkinchi qismida </a>belgilangan barcha holatlarni aniqlashi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761982" id="-3761982">Dalillarni taʼminlash tartibida toʻplangan materiallar tegishliligi boʻyicha ishni koʻrib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761986" id="-3761986">10. Shuni nazarda tutish lozimki, shaxsning buzilgan huquqlarni tiklashga qaratilgan sud qarorini amalda ijro qilish FPK <a href="/acts/-3517337#-3520529">106-moddasida </a>nazarda tutilgan daʼvoni taʼminlash choralari oʻz vaqtida va toʻgʻri tanlanganligiga bogʻliq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761990" id="-3761990">Shunga koʻra, ariza qabul qilinib, ish qoʻzgʻatilgandan soʻng sudya nizoning xususiyatiga qarab, manfaatdor shaxsdan bunday ariza kelib tushgan-tushmaganligidan qatʼi nazar, daʼvoni taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish masalasini hal qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761993" id="-3761993">Daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrayotgan sudya arizachining ixtiyori bilan bogʻliq emas va daʼvoni taʼminlash boʻyicha choralar arz qilingan talablarga mutanosib boʻlishini taʼminlashi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3761996" id="-3761996">Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762001" id="-3762001">11. FPK 156-moddasining<a href="/acts/-3517337#-3521383"> birinchi qismiga </a>muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari sudning ayrim protsessual harakatlari, shuningdek ishni koʻrish vaqti va joyi haqida sud chaqiruv qogʻozlari, zarur hollarda esa, buyurtma xatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini taʼminlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadilar. Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta manzili koʻrsatilgan boʻlsa, xabar elektron hujjat koʻrinishda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762005" id="-3762005">12. FPK <a href="/acts/-3517337#-3522716">213-moddasiga </a>koʻra, sud majlisida hozir boʻlgan protsess ishtirokchilari shaxsi sud tomonidan ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, xizmat guvohnomasi va boshqa hujjat) asosida aniqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762008" id="-3762008">Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning vakillari, shuningdek mansabdor shaxslariga nisbatan bundan tashqari, ularning vakolat doirasi tekshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762010" id="-3762010">Muomala layoqati cheklanganning vasiysi yoki muomalaga layoqatsiz shaxsning homiysi tomonidan qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki uni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori mavjudligi tekshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762011" id="-3762011">FPK 67-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-3519208">7-bandida </a>koʻrsatilgan shaxslarni sud majlisida ishtirok etish masalasini hal qilishda shuni nazarda tutish lozimki, qonunga asosan sudda professional faoliyat bilan vakil sifatida faqat advokatlar shugʻullanishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3762014" id="-3762014"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7326546" id="edi-7326546"><a href="/acts/-3761338?ONDATE=19.05.2018 00#-7326545">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7326546" id="-7326546"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7326547" id="-7326547">13. Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganda, shuningdek, sud majlisini fototasvirga tushirish, sud majlisida audio yoki videoyozuv amalga oshirilganda, sud bu haqda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ogohlantiradi va FPK 208-moddasining <a href="/acts/-3517337#-4342999">oltinchi qismiga</a> muvofiq sud majlisida fototasvirga tushirish, audio yoki videoyozuv taraflar roziligi va sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkinligini tushuntiradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7326548" id="-7326548">(13-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308950">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762018" id="-3762018">Sud majlisini ommaviy axborot vositalari orqali translyatsiya qilishga ishda ishtirok etuvchi shaxslar roziligi va raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Bu harakatlar sud majlisi zalida faqat raislik qiluvchi tomonidan koʻrsatilgan joydan turib amalga oshirilishi lozim va vaqt boʻyicha chegaralanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762022" id="-3762022">14. Arizani koʻrmasdan qoldirish oqibatlari mazkur huquqiy institutni qoʻllash asoslariga bogʻliq boʻlganligi sababli, sud FPK <a href="/acts/-3517337#-3521049">123-moddasi </a>talablaridan kelib chiqib, oʻz ajrimida manfaatdor shaxslarga arizani koʻrmasdan qoldirish oqibatlarini va bunga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish yoʻllarini tushuntirishi shart.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7326549" id="edi-7326549"><a href="/acts/-3761338?ONDATE=19.05.2018 00#-3762023">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7326549" id="-7326549"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7326550" id="-7326550">Arizani FPK 122-moddasining <a href="/acts/-3517337#-3521019">5</a>, <a href="/acts/-3517337#-3521021">6</a>, <a href="/acts/-3517337#-3521023">7</a> va <a href="/acts/-3517337#-4267098">10<sup>2</sup>-bandlarida</a> nazarda tutilgan asoslar boʻyicha koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7326551" id="-7326551">(14-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308954">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762025" id="-3762025">15. FPK <a href="/acts/-3517337#-3519259">72-moddasi </a>talablariga koʻra, ishni koʻrib chiqishda har bir taraf oʻzining talablari va eʼtirozlariga asos qilib koʻrsatgan holatlarni isbotlashi shart. Bunda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar, shuningdek ular taraflardan qaysi biri tomonidan isbotlanishi lozimligini belgilash qonun bilan sudning zimmasiga yuklatilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762027" id="-3762027">Arz qilingan talablar va eʼtirozlar xususiyatini inobatga olgan holda zarur isbotlash vositalari doirasini belgilash chogʻida, sud taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qilishi mumkin. Qoʻshimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tugʻdirgan hollarda, sud ularning iltimosnomasiga koʻra dalillarni yigʻishda koʻmaklashadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762030" id="-3762030">Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilgan, aloqadorlik (FPK <a href="/acts/-3517337#-3519269">73-moddasi</a>) va maqbullik (FPK <a href="/acts/-3517337#-3519278">74-moddasi</a>) talablariga javob beradigan har bir dalil sud muhokamasi davomida tekshirilishi lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7326552" id="edi-7326552"><a href="/acts/-3761338?ONDATE=19.05.2018 00#-3762032">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7326552" id="-7326552"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7326553" id="-7326553">Anonim xatlardagi maʼlumotlar va kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan boshqa maʼlumotlar dalil hisoblanmaydi va FPKning <a href="/acts/-3517337#-3519250">71</a>, <a href="/acts/-3517337#-3519278">74-moddalariga</a> asosan sud ularni koʻrish uchun qabul qilmasligi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7326554" id="-7326554">(15-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308959">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762033" id="-3762033">16. Sudlarga tushuntirilsinki, javobgar tomonidan daʼvo talablari qisman tan olingan va u sud tomonidan qabul qilinganda, dalillar faqat daʼvoning javobgar tomonidan tan olinmagan qismi boʻyicha tekshiriladi. Bunday holda hal qiluv qarori ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha barcha arz qilingan talablar yuzasidan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762034" id="-3762034">Javobgar arz qilingan talablarni toʻliq tan olganda va sud uni qabul qilganda, arz qilingan talablarni qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori taqdim etilgan dalillar tekshirilmagan holda qabul qilinadi. Bunday holda javobgar daʼvoni tan olganligini qabul qilish toʻgʻrisida sud tomonidan alohida ajrim chiqarilmaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7326555" id="edi-7326555"><a href="/acts/-3761338?ONDATE=19.05.2018 00#-3762036">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7326555" id="-7326555"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7326556" id="-7326556">Bir taraf oʻz talab va eʼtirozlariga asos sifatida keltirgan fakt ikkinchi taraf tomonidan tan olinganligi sud majlisi bayonnomasiga kiritilib, faktni tan olgan taraf tomonidan imzolanishi yoki bu haqda yozma ariza olinishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7326557" id="-7326557">(16-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308964">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762039" id="-3762039">Agar sud lozim deb topsa, sud majlisi bayonnomasiga kiritilgan tushuntirishlar, koʻrsatuvlar, shuningdek bayonotlar va xulosalar tegishli taraflar, guvohlar, mutaxassislar va ekspertlar tomonidan imzolanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762041" id="-3762041">17. Tekshirilayotgan dalillar ishonchliligiga shubha tugʻilganda, sud ularni mazmuni va rasmiylashtirilishi toʻgʻriligini tekshirish, zarur hollarda esa mutaxassis jalb etish yoki tegishli ekspertiza tayinlash yoʻli bilan hal etishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762043" id="-3762043">Sud mutaxassisni dalillarni tekshirishda maslahat va tushuntirish olish yoki bevosita texnik yordam koʻrsatish (fotosuratga olish, plan va sxemalarni tuzish, ekspertiza uchun namuna olish va hokazo) uchun jalb qilish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762045" id="-3762045">Ekspert xulosasi talab etiladigan savollar doirasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar fikrini inobatga olgan holda belgilanadi. Shuni nazarda tutish lozimki, hal etilishi sudning vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni (masalan, uyni mulk huquqidagi ulushini inobatga olgan holda boʻlish imkoniyati toʻgʻrisida emas, balki uyning bir qismiga nisbatan mulk huquqi borligi yoki fuqaroning kasalligi xususiyati toʻgʻrisida emas, balki muomalaga layoqatliligi masalasini) ekspertiza oldiga qoʻyilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762047" id="-3762047">Ekspert xulosasini oʻrganishda sud uning ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilgan savollarga muvofiqligi, shuningdek unda mavjud xulosalar toʻliq va asoslanganligini tekshirishi lozim boʻlib, savollar tugʻilganda, sud ekspertni tushuntirish berish yoki xulosani toʻldirish maqsadida soʻroq qilish uchun chaqirishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762049" id="-3762049">18. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan yangi dalillarni talab qilib olish, ish muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi va ish bilan bogʻliq boshqa masalalar boʻyicha iltimosnomalar bevosita ular arz qilinganidan soʻng sud protsessi boshqa ishtirokchilarining fikri inobatga olingan holda, ajrim chiqarish yoʻli bilan hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762051" id="-3762051">19. Ish muhokamasi keyinga qoldirilganda, sud keyingi sud majlisi vaqtini shu davr mobaynida amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlarni inobatga olgan holda tayinlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762053" id="-3762053">Keyinga qoldirilgan ishni koʻrish qolgan joyidan davom ettiriladi, FPK <a href="/acts/-3517337#-3518466">39-moddasida </a>sanab oʻtilgan yangi shaxslarni ishga jalb qilish hollari bundan mustasno boʻlib, bunday holda ish muhokamasi boshidan boshlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762055" id="-3762055">20. FPK <a href="/acts/-3517337#-3520658">118-moddasida </a>belgilangan ish yuritishni toʻxtatib turish muddatlari muayyan holatlar bilan bogʻliq boʻlib, bunday holatlar vujudga kelishi sud zimmasiga uni tiklash majburiyatini yuklashi sababli, sud mazkur holatlar vujudga kelgan-kelmaganligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762058" id="-3762058">Ish yuritish toʻxtatib turilgan hollarda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar barham topganligi haqida sudni xabardor qilish zarurligini tushuntirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762060" id="-3762060">Shuni nazarda tutish lozimki, ish yuritish tiklangunga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, daʼvoni va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762062" id="-3762062">21. FPK <a href="/acts/-3517337#-3521231">144-moddasiga </a>muvofiq majburiy keltirish protsessual majburlov chorasi sifatida, faqat shaxs sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan, uning sud muhokamasida ishtiroki qonunga koʻra shart boʻlgan yoki sud tomonidan shart deb topilgan hollarda qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi. Majburiy keltirish haqidagi sud ajrimi ijrosi unda koʻrsatilgan ichki ishlar organiga yuklatiladi. Majburiy keltirish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish masalasi sud tomonidan ajrim chiqarilgan paytda yoki ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinayotgan paytda hal qilinishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7326558" id="edi-7326558"><a href="/acts/-3761338?ONDATE=20.04.2021 00#-5574164">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7326558" id="-7326558"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7326559" id="-7326559">22. Tushuntirilsinki, sudga hurmatsizlik koʻrsatganligi uchun shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida FPKning <a href="/acts/-3517337#-3521332">150-moddasi </a>tartibida chiqarilgan sud qarori ustidan FPKning <a href="/acts/-3517337#-5221007">44</a> va <a href="/acts/-3517337#-3525912">45-boblarida</a> belgilangan tartibda xususiy shikoyat (protest) keltirilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 315-moddasining <a href="/acts/-97664#-5220472">birinchi qismi</a>, 317-moddasining <a href="/acts/-3517337#-3524749">uchinchi qismi</a>).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7326560" id="-7326560">(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308975">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762068" id="-3762068">23. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK <a href="/acts/-3517337#-3521693">165-moddasida </a>nazarda tutilgan talablar boʻyicha javobgarni (qarzdorni) qidirish ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida ham, sud muhokamasi davomida ham eʼlon qilinishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762071" id="-3762071">Qidiruv ishi boʻyicha qilingan xarajatlarni undirish masalasi sud tomonidan FPK <a href="/acts/-3517337#-3523564">251-moddasiga </a>muvofiq hal qiluv qarori qabul qilinayotganda hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762075" id="-3762075">24. FPK <a href="/acts/-3517337#-3523598">254-moddasiga </a>muvofiq daʼvogarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa xollarda, sud daʼvogar tomonidan bildirilgan talablar doirasidan chetga chiqishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762078" id="-3762078">25. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ish faqat FPK 280-moddasining <a href="/acts/-3517337#-3524295">birinchi qismida </a>koʻrsatilgan barcha holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762080" id="-3762080">Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga takroran kelmaganda, sud ishni, daʼvogarning fikridan qatʼi nazar, sirtdan ish yuritish tartibida koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762082" id="-3762082">Agar javobgar sud majlisida hozir boʻlib, biroq u tugagunga qadar sud majlisi zalini oʻzboshimchalik bilan tark etsa yoki ish boʻyicha eʼlon qilingan tanaffusdan soʻng uzrsiz sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, sud ish muhokamasini davom ettirishi mumkin. Bunday sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan hisoblanmaydi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7326561" id="edi-7326561"><a href="/acts/-3761338?ONDATE=20.04.2021 00#-5574283">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7326561" id="-7326561">(25-bandidan toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308981">qaroriga</a> asosan chiqarilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762088" id="-3762088">26. Sud majlisi bayonnomasi mazmuni va uni tuzish tartibini belgilovchi FPK<a href="/acts/-3517337#-3524164"> 277</a>, <a href="/acts/-3517337#-3524266">278-moddalari </a>talablariga qatʼiy rioya qilinishi, oʻz vaqtida bayonnoma yuzasidan eʼtiroz bildirish va sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishini taʼminlashning muhim sharti hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3762089" id="-3762089">27. Mazkur qaror qabul qilinishi, shuningdek qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi 19-sonli <a href="/acts/-1454444">qarori</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi <a href="/acts/-2920849">14-sonli</a>, 2010-yil 14-maydagi <a href="/acts/-2414102">5-sonli</a>, 2015-yil 13-noyabrdagi <a href="/acts/-2844356">18-sonli </a>va 2016-yil 29-iyuldagi <a href="/acts/-3036169">13-sonli </a>qarorlari bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3770194" id="-3770194">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3770205" id="-3770205">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3770206" id="-3770206">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3770209" id="-3770209">2018-yil 19-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3770211" id="-3770211">14-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
