

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                            <div class="act_warning">
                                <b>Hujjat 27.04.2018 00 sanasi holatiga</b>
                                <br />
                                <a style="color: green" href="/acts/-3698698">
                                    Amaldagi versiyaga o‘tish</a>
                            </div>
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3698698">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6943"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-3698698">[<b>TSZ:</b><div id="LS3740"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-3712160">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3712161">Qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-3712162">Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3712165"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712166">Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712167">Shu bilan birga, ayrim tumanlarda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan oqilona foydalanish boʻyicha ishlar holatini oʻrganish natijalari ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrish zarurligini koʻrsatmoqda.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712168">Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini taʼminlash maqsadida:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712170">1. Tegishli hududda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor rahbarlari faoliyatini baholash koʻrsatkichlaridan biri deb hisoblansin.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712171">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, qishloq xoʻjaligi vaziri hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) rahbarlariga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari huzuridagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga kompleks xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini tashkil etish taʼminlanmaganligi qatʼiy koʻrsatib oʻtilsin.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712171"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=18.02.2025 01#edi-7395367">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-7395386"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712172">3. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712173">barcha fermer va dehqon xoʻjaliklarining Kengashga aʼzoligi majburiy, tomorqa yer egalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi; </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712174">fermer va dehqon xoʻjaliklarining Kengashda aʼzoligi tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rayosati qaroriga muvofiq tugatilishi yer uchastkasiga egalik qilish, undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi yoxud uni ijaraga olish huquqi bekor boʻlishi uchun asos boʻladi;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712175">fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari qishloq xoʻjaligida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshiradi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712175"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=18.02.2025 01#edi-7395387">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712176">4. Kengash, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining Kengashga aʼzolik badallarini quyidagicha belgilash haqidagi takliflari maʼqullansin:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712177">paxta xom ashyosi hamda donli ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari uchun paxta xom ashyosi hamda donning xarid narxidan 0,8 foiz miqdorida;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712177"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=18.02.2025 01#edi-7395395">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712178">boshqa fermer xoʻjaliklari uchun ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlarining 0,5 foizi miqdorida;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712180">dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalari uchun Kengashga aʼzolik toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan miqdorda.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712180"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=18.02.2025 01#edi-7395408">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712182">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band talablariga muvofiq Kengashga aʼzolik badallarini oʻtkazib berish tartibini ishlab chiqsin hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin. </a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-7395410"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712183">5. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga quyidagi huquqlar berilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712185">uyma-uy yurish orqali dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shu jumladan yerni tayyorlash, urugʻ, koʻchat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorva va parrandalarni koʻpaytirish holatini davriy monitoring qilib borish;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712187">Kengash aʼzolari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712187"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=07.03.2024 00#edi-6837865">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712188">tuman hokimlariga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining tegishli yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini yer qonunchiligiga muvofiq tugatish zarurligi toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan takliflar kiritish.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712188"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=08.08.2022 00#edi-6197675">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712188"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=18.02.2025 01#edi-7395411">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712189">6. Barcha qishloq tumanlarida asosiy vazifasi quyidagilar orqali fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam koʻrsatish hisoblangan “Tomorqa xizmati” MCHJlar tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712191">fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urugʻlar, koʻchatlar, taralar, texnika va boshqa vositalar yetkazib berish;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712191"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=01.07.2020 00#edi-4886380">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3712192">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7179"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712192">yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish;</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3712194">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8936"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712194">sugʻorish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari oʻrnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sugʻorishni tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712196">ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712196"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=01.07.2020 00#edi-4886383">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712197">7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va Kengash bilan birgalikda qishloq tumanlarining ixtisosligidan kelib chiqqan holda “Tomorqa xizmati” MCHJlar faoliyatini samarali tashkil etishda, shu jumladan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini belgilangan tartibda ajratish orqali koʻmaklashsin.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712197"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=18.02.2025 01#edi-7395412">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712199">8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Kengashning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712199"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=18.02.2025 01#edi-7395414">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712201">9. Belgilansinki:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712204">a) quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712205">Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasidan va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan tegishlicha 350 milliard soʻm hamda 150 milliard soʻm miqdorida ajratiladigan bir martalik begʻaraz moliyaviy yordam;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712205"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=04.10.2019 00#edi-4544593">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712220">auksion savdolarida fuqarolarga yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712220"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=08.08.2022 00#edi-6197687">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3712222">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8962"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;</span></div><div id="LBC9332"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;</span></div><div id="LBC6746"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712222">Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari; </a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3712223">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6655"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712223">Jamgʻarmaning daromadlari, shu jumladan mablagʻlarni depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712224">qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-7395424"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712225">b) Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar uchun foydalaniladi:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712229">fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankiga resurslar joylashtirish;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712229"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=13.12.2019 00#edi-4664412">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4365377"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4365377"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=24.05.2019 00#edi-4365379">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712231">tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda “Tomorqa xizmati” MCHJ, qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, taʼminlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi texnikalari va transportlarini sotib olish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712231"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=24.05.2019 00#edi-4365392">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-6433239"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-6433239"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=13.04.2023 00#edi-6433241">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4886587"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4886587"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=01.07.2020 00#edi-4886589">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5418139"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-5418139"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=01.05.2021 00#edi-5418140">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712232">Jamgʻarmani saqlab turish va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712233">aylanma mablagʻlarga muhtoj boʻlgan “Tomorqa xizmati” MCHJlarning ustav fondini 25 foizdan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirish; </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712234">fermer, dehqon xoʻjaliklariga va tomorqa yerlarini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712234"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=24.05.2019 00#edi-4365395">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4664423"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4664423"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=13.12.2019 00#edi-4664424">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4886608"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4886608"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=01.07.2020 00#edi-4886611">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5792756"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-5792756"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=21.12.2021 00#edi-5792757">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-6240539"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-6240539"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=13.10.2022 00#edi-6240540">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-6240539"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=18.02.2025 01#edi-7395427">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712235">v) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda beriladi;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712235"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=21.12.2021 00#edi-5792760">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712236">g) mablagʻlarni tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning 30 foizigacha miqdordagi Jamgʻarma daromadlari Kengashni moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan taʼminlash, shuningdek, uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712236"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=18.02.2025 01#edi-7395473">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-3712237"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5418148">10. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” assotsiatsiyasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan mazkur qarorga muvofiq ajratilgan kredit mablagʻlari hisobiga yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining bozor narxlari boʻyicha xarid qilinishini taʼminlasin. </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-5418148"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=01.05.2021 00#edi-5418149">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712238">Belgilansinki, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalari va “Tomorqa xizmati” MCHJlar oʻzlarining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini boshqa shaxslarga ham sotish huquqiga ega.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712238"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=18.02.2025 01#edi-7395413">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712239">11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi, Nizomi hamda 25 shtat birlikdan, shu jumladan 7 ta birlik markaziy apparatda, 18 ta birlik Jamgʻarmaning hududiy vakillaridan iborat boʻlgan Jamgʻarma ijro etuvchi apparati tuzilmasini tasdiqlasin.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712239"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=12.06.2023 00#edi-6499912">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3712242">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6751"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712242">12. Jamgʻarma Vasiylik kengashi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etib borsin. </a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3712243">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22722"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712243">13. Quyidagilar:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712244">Jamgʻarma barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712244"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=28.06.2019 00#edi-4414355">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712247">“Tomorqa xizmati” MCHJlar davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab mazkur qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 3 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712247"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=28.06.2019 00#edi-4414367">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712248">Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun jihozlar, qishloq xoʻjaligi texnikasi hamda qishloq xoʻjaligi transport vositalari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlardan tashqari);</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712248"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=28.06.2019 00#edi-4414383">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4414399"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-4414399"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=28.06.2019 00#edi-4414400">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3712249">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9370"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.06.00 Kasanachilik;</span></div><div id="LBC22722"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;</span></div><div id="LBC6584"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.04 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712249">“Tomorqa xizmati” MCHJ yoki fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan kasanachilik shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tomorqa yer egalari — jismoniy shaxslar ularning kasanachilik faoliyati doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712250">14. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712251">dehqon xoʻjaligi va 4 sotixdan kam boʻlmagan tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sugʻurta badali toʻlangan taqdirda, sugʻurta badali toʻlangan yil mehnat stajiga kiritiladi;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712251"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=14.12.2019 00#edi-4674311">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712252">Kengash tizimida ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻliq toʻlanadi;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712252"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=13.12.2018 00#edi-4108255">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3712253">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6477"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang);</span></div><div id="LBC6483"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.08.00 Alohida toifadagi xodimlarni ijtimoiy sugʻurta qilish]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712253">fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov 5 foiz miqdorida toʻlanadi.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-3712254"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-4833375">15. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning qoʻshimcha yoʻnalishlari deb hisoblansin:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712255">yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari xarid qilish uchun “Tomorqa xizmati” MCHJ, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hamda tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida eng kam oylik ish haqining 3 barobaridan 10 barobarigacha boʻlgan miqdorda subsidiyalar berish;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712255"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=14.12.2019 00#edi-4674331">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-3712257">kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun grantlar ajratish.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712257"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=19.05.2020 00#edi-4833377">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712258">16. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirishda ularga fermer, dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalari va tomorqa yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini taʼminlasin.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3712260">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9332"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;</span></div><div id="LBC6944"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712260">17. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Kengash bilan birgalikda bir oy muddatda dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yerlarini rivojlantirish asosida qishloq aholisining daromadlarini oshirish uchun Jahon banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va zayomlarini jalb etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712261">18. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va Kengash bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3712262">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9333"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;</span></div><div id="LBC7338"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712262">kichik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini hamda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yerlarida mini-agrotexnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot markazini;</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3712263">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6169"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat;</span></div><div id="LBC6960"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712263">respublika mintaqalarida dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini kasalliklardan himoya qilish, zarur tavsiya va maslahatlar berishga koʻmaklashuvchi va xizmat koʻrsatuvchi “Oʻsimliklar klinikasi” MCHJlarni tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712264">19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3318-son <a href="/acts/-3372977">qaroriga</a> <a href="/acts/-3698698#-3712276">ilovaga</a> muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712266">20. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712267">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712268">ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712269">21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-3712270">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-3712271">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-3712272">2018-yil 26-aprel,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-3712274">PQ-3680-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3712276"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3712277">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son <a href="/acts/-3698698">qaroriga</a> <br />ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-3712279">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga kiritiladigan</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3712280">OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3712281"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712282">1. <a href="/acts/-3372977?ONDATE=11.10.2017 00#-3375635">1-band </a>quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712283">“qishloq xoʻjaligida fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari ishtirokidagi shartnomaviy majburiyatlarning ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini”.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712284">2. 3-bandning <a href="/acts/-3372977?ONDATE=11.10.2017 00#-3375665">oltinchi xatboshisi </a>quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712285">“Bunda daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilganda manfaati koʻzlab daʼvo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi”.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712286">3.<a href="/acts/-3372977?ONDATE=11.10.2017 00#-3375671"> 5-band </a>va 11-bandning <a href="/acts/-3372977?ONDATE=11.10.2017 00#-3376004">toʻrtinchi xatboshisi </a>chiqarib tashlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3712287">4. <a href="/acts/-3372977?ONDATE=11.10.2017 00#-3376037">1 — 4-ilovalar </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin: </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3712288"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3712290">“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga<br /> 1-ILOVA </a></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><a id="-3712309">Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining <br />TASHKILIY TUZILMASI </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3712310"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-3712311"><img src="/files/3712305" /></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3712313"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3712316">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga<br /> 2-ILOVA </a></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><a id="-3712318">Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ijro apparatining<br /> TUZILMASI </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3712319"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-3712321"><img src="/files/3712306" /></a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-3712325">Kengash ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 44 nafar.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3712327"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3712328">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga <br />3-ILOVA </a></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><a id="-3712329">Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining <br />NAMUNAVIY TUZILMASI </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3712330"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-3712331"><img src="/files/3712307" /></a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-3712332">Hududiy kengashlar ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 13 — 15 nafar, jami soni — 185 nafar. </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3712333"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3712334">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga <br />4-ILOVA </a></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><a id="-3712335">Tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining <br />NAMUNAVIY TUZILMASI </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3712336"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-3712337"><img src="/files/3712308" /></a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-3712338">Tuman kengashlari ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 7 — 9 nafar, jami soni 1281 nafar”.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-3712339"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5418218">5. 5-ilovaga<a href="/acts/-3372977?ONDATE=11.10.2017 00#-3376121"> izoh </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</a></div><div class="FOOTNOTE" style="color:#808080;"><a id="-3712340">“1-toifa — ijro apparati uchun 15 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisi — 1, hududiy kengash raisi oʻrinbosari — 1, boʻlim boshligʻi — 3, bosh mutaxassis — 7, yetakchi mutaxassis — 2, hisobchi — 1);</a></div><div class="FOOTNOTE" style="color:#808080;"><a id="-3712341">2-toifa — ijro apparati uchun 14 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisi — 1, hududiy kengash raisi oʻrinbosari — 1, boʻlim boshligʻi — 3, bosh mutaxassis — 7, yetakchi mutaxassis — 1, hisobchi — 1);</a></div><div class="FOOTNOTE" style="color:#808080;"><a id="-3712342">3-toifa — ijro apparati uchun 13 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (hududiy kengash raisi — 1, hududiy kengash raisi oʻrinbosari — 1, boʻlim boshligʻi — 2, bosh mutaxassis — 7, yetakchi mutaxassis — 1, hisobchi — 1)”. </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712342"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=01.05.2021 00#edi-5418231">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-3712343"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-5418221">6. 6-ilovaga<a href="/acts/-3372977?ONDATE=11.10.2017 00#-3376146"> izoh </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin: </a></div><div class="FOOTNOTE" style="color:#808080;"><a id="-3712344">“1-toifa — ijro apparati uchun 9 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (kengash raisi — 1, guruh rahbari — 3, bosh mutaxassis — 2, yetakchi mutaxassis — 2, hisobchi — 1);</a></div><div class="FOOTNOTE" style="color:#808080;"><a id="-3712345">2-toifa — ijro apparati uchun 8 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (kengash raisi — 1, guruh rahbari — 3, bosh mutaxassis — 2, yetakchi mutaxassis — 1, hisobchi — 1);</a></div><div class="FOOTNOTE" style="color:#808080;"><a id="-3712346">3-toifa — ijro apparati uchun 7 ta shtat birliklariga qadar miqdor belgilanadi (kengash raisi — 1, guruh rahbari — 2, bosh mutaxassis — 2, yetakchi mutaxassis — 1, hisobchi — 1)”.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3712346"><a href="/acts/-3698698?ONDATE=01.05.2021 00#edi-5418234">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-3712164">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 19.05.2020-y., 07/20/4716/0598-son; 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son; 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 30.08.2022-y., 07/22/366/0790-son; 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son; 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
