O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5418-son Farmonini ijro etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son)
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi barcha huquq, majburiyat va shartnomalarining qishloq xo‘jaligi qismi bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek, korxona va muassasalar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari uchun mas’ul bo‘lgan tegishli o‘rinbosarlari Vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hududiy bo‘linmalarining hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
5. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi davlat siyosati ustuvor yo‘nalishlarining muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
a) O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi vaziri quyidagilar uchun shaxsan javobgardir:
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi;
Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish, Vazirlik faoliyatini rejalashtirish, shuningdek, uning faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlash;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil etish, ular samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mehnat intizomini va qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy va boshqa turdagi javobgarlik choralarini ko‘rish;
xorijiy mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi idoralari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribani tizimli o‘rganish va joriy qilish;
qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va muassasalari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar shaxsiy qabulini tizimli ravishda o‘tkazib borish;
b) qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari quyidagilar uchun shaxsan javobgardir:
paxta va texnik ekinlarni yetishtirishga doir agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek, boshoqli, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirish;
Vazirlik hamda Suv xo‘jaligi vazirligining suvdan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlikda ishlashini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, shuningdek, agrokimyoviy tadbirlarni amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning ilg‘or agrotexnologiyalari, resurs hamda suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish;
kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va ijro qilinishi ustidan monitoring yuritilishini tashkil etish va qishloq xo‘jaligida davlat xaridlarini shakllantirish;
v) qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari quyidagilar uchun shaxsan javobgardir:
bog‘dorchilik, uzumchilik, chorvachilik, parrandachilik, naslchilik ishlari, asalarichilik, baliqchilik va pillachilikni rivojlantirish;
barqaror narxlarda aholini yil davomida va uzluksiz ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hajmdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi shakllantirilishini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining chuqur qayta ishlanishi va saqlanishini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining iqtisodiy tahlilini, shuningdek, narx va me’yorlar shakllantirilishini amalga oshirish;
agrar sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, agrar tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori konyunkturasini o‘rganish bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, agrar sohaning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish ustidan monitoring olib borish;
qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, tarmoq moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5418-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Vazirlik tarkibiga kiruvchi o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan tashkilotlar sof foydasining o‘z ixtiyorida qoldiriladigan qismidan tuzilgan shartnomalar asosidagi ajratmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga tushumlarning 0,2 foizi miqdoridagi ajratmalar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;
xalqaro grantlar va texnik ko‘mak mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti hamda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti Vazirlik tarkibidan chiqarilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Vazirlik tarkibidan chiqarilayotgan ta’lim muassasalari, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi (A.A. Abduxakimov) kasb-hunar kollejlarini tegishli vazirlik va idoralarning tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlashda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi kasb-hunar kollejlarini qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirish;
qayd etib o‘tilgan kasb-hunar kollejlarini Vazirlik tasarrufiga ularning balansida bo‘lgan binolar, imoratlar, laboratoriyalar, jihozlar, boshqa obyektlar va moddiy boyliklar bilan birgalikda o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
9. Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti balansidagi bino belgilangan tartibda Vazirlik balansiga o‘tkazilib, kelgusida Vazirlik markaziy apparati mazkur binoda joylashtirilsin.
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan Vazirlik binosini kapital ta’mirlash, unga tutash hududni obodonlashtirish, xizmat xonalarini mebel, kompyuter, tashkiliy texnika va inventar bilan jihozlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratsin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlikni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
11. Vazirlik:
bir oy muddatda “Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” DUK ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-aprel,
PQ-3671-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 07/18/3671/1085-son, 18.09.2018-y., 06/20/5541/0978-son; 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son; 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)