|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA NOIShLAB ChIQARISh SOhA XODIMLARINING LAVOZIM MAOShLARI MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Isteʼmol mollari va xizmatlari narxlarining oshishi davom etayotganligi va aholini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash zarurligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1—3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Mudofaa ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy Sudi, Oliy hakamlik sudi, Prokuraturasi, Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Oʻzbekiston arxivlar bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari organlari bilan birgalikda xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy taʼminot, fan, davlat muassasalari va uy-joy-kommunal xoʻjaligi tarmoqlari (nomoddiy ishlab chiqarish sohalari) xodimlari tarif stavkalari va maoshlarining yangi miqdorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha turdagi maktablarning oʻqituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qoʻshimcha imtiyozlar berish, yuqori sinflar oʻqituvchilarining ish haqini oshirish toʻgʻrisida” 1990-yil 13-noyabrdagi Farmonining amal qilishi 1992-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarga ham tatbiq etilsin:
maktabgacha va maktabdan tashqari bolalar muassasalarining tarbiyachilariga, oʻqituvchilariga, respublika hunar-texnika taʼlimi tizimining oʻqituvchilariga va ishlab chiqarish ustalariga;
bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining, olimpiya rezervlari maktablarining direktorlariga, direktor oʻrinbosarlariga, oʻrgatuvchi-oʻqituvchilariga, yoʻriqchi-metodistlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining bolalar musiqa maktablari va sanʼat maktablari direktorlariga, direktor oʻrinbosarlariga, oʻqituvchilariga, konsertmeystyerlariga;
internat maktablar va bolalar uylarining maxsus fanlar oʻqituvchilariga va musiqa rahbarlariga.
5-bandning turarjoy kommunal xizmatlar boʻyicha imtiyozlarni joriy qilishga oid qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-apreldagi 178-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(6—8-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning 1992-yilgi budjetida koʻrsatilgan aholi toifalarining pensiyalarini, stipendiyalari va ish haqlarini oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin, bunda ushbu maqsadlarga budjetdan tashqari va boshqa manbalarni jalb qilishni taʼminlashni hisobga olsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki, Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki mazkur qarorda belgilangan miqdorlardan kelib chiqqan holda ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar va nafaqalar toʻlashga naqd pul berishni taʼminlasinlar,
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
12. Belgilab qoʻyilsinki, viloyatlar va shaharlar xodimlarini mehnatga haq toʻlash guruhlariga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlariga mehnat haqi toʻlash sharoitlari boʻyicha Toshkent shahri “guruhdan tashqari” viloyatlar toifasiga tenglashtirilsin.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlariga mehnat haqi toʻlash sharoitlari boʻyicha Qashqadaryo viloyati ikkinchi guruhdan birinchi guruhga oʻtkazilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
14. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va xoʻjaliklar 1992-yilda ishlovchilarning ish haqini, uning belgilangan eng oz miqdorini hisobga olgan holda, yanada koʻpaytirishni taʼminlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutsinlar, bunda erkin va shartnomaviy narxlardan keng foydalanishni, isteʼmol fondi boʻyicha barcha cheklashlarni bekor qilishni, ishlab chiqarishni oʻstirishning mavjud rezervlarini jalb qilishni koʻzda tutsinlar.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruv organlari apparati, sud organlari va notarial idoralar xodimlarining lavozim maoshlari toʻgʻrisida” 1991-yil 23-noyabrdagi 298-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida, mazkur qarordan kelib chiqqan xolda, amaldagi qonunchilikka oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasinlar va kiritsinlar.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosarlari — komplekslarning rahbarlariga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-yanvar,
3-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)