Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Qamchiq” davoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Qamchiq” dovonidan yuk tashish barqarorligini taʼminlash va avtomobil transporti sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, respublikada yuk avtotransport vositalari parkini yangilash surʼatlari hamda “Qamchiq” dovoni orqali avtomobilda tashishlarni amalga oshiradigan tashuvchilar va avtotransport vositalari xizmatlari bozorini inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining ishlab chiqarilganiga 20 yildan ortiq vaqt oʻtgan yuk avtomobillari va shatakchi avtomobillarda “Qamchiq” dovonidan yuk tashishni taqiqlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy ichida ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonovga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-aprel,
268-son