Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.06.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-sonli “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga to‘sqinlik qiluvchi, qadriyatlarimizga zid bo‘lgan oilalarning nikohdan ajralish holatlarining oldini olishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 5-bandiga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan nikohdan ajrashishga ariza bilan murojaat qilgan er-xotinlarni yarashtirish uchun tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha xabar olingandan so‘ng yarashish uchun belgilangan muddat tugashidan o‘n kun avval ularni yarashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida tegishli ravishda sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organini xabardor qilish”;
beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli — ravishda oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevral,
110-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/110/0700-son)