O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrug‘i
“Benzin, dizel yoqilg‘isi va aviakerosin uchun qat’iy miqdorda belgilangan aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2254-1]
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 10-avgustdagi 50-son “Benzin, dizel yoqilg‘isi va aviakerosin uchun qat’iy miqdorda belgilangan aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2254, 2011-yil 16-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 32-33-son, 341-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-yanvar,
10-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2018-y., 10/18/2254-1/0644-son)