Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Qarori
“Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2009-2]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2009-yil 16-avgustdagi 2009-21, 83, 01-02/8-14, 5-son “Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2009, 2009-yil 19-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 39-son, 428-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2016-yil 16-maydagi 2016-12, 31, 01-02/8-37, 2-son “Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2009-1, 2016-yil 19-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 20-son, 229-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-yanvar,
2018-05-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-yanvar,
8-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2018-yil 17-yanvar,
01-02/8-5-son
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-yanvar,
2018-1-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2018-y., 10/18/2009-2/0643-son)