|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
|
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Farmoni
SSSR DAVLAT BANKINING 1961 YIL NAMUNASIDAGI 50 VA 100 SOʻMLIK PULLARNI ALMAShTIRISh MUDDATINI UZAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Fuqarolarning SSSR Vazirlar Kabinetining 1991-yil 22-yanvarida qabul qilingan qarorining amal qilish muddatini uzaytirish masalalari yuzasidan koʻp sonli murojaatlarini inobatga olib, mintaqa va respublikadagi pul muomalasining oʻziga xos jihatlarini nazarda tutib, Ittifoq organlari bilan kelishgan holda SSSR Davlat bankining 1961-yil namunasidagi 50 va 100 soʻmlik pullarni almashtirish quyidagi muhlatgacha choʻzilsin:
— barcha davlat, kooperativ, jamoat korxonalari va tashkilotlari uchun 1991-yil 24-yanvar soat 13.00 ga qadar;
— fuqarolar uchun 1-fevralga qadar;
— shunga muvofiq komissiyalarning ishlash muddati 1991-yil 10-fevraliga qadar uzaytirilsin.
2. Farmonning bajarilishini nazorat qilish respublika komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 23-yanvar,
PF-137-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 3-son, 40-modda)