Hujjat 12.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) 52-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga muvofiq “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari oliy harbiy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan dastlabki va harbiy-professional tanlash talablariga muvofiq bo‘lganlari taqdirda oliy harbiy ta’lim muassasasiga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz qabul qilinadilar. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga tanlovdan tashqari qabul qilishga tavsiya etilgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalarining g‘oliblari hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi”;
b) 53-bandning birinchi xatboshisi “Ilg‘or serjant” nominatsiyasida Respublika turi g‘oliblari” so‘zlaridan keyin “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
23-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-ilovaning 7-bandi “nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari” so‘zlaridan keyin “shuningdek “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoshlar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.