|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.12.2019
|
Hujjat 02.07.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DIPLOMATIK PASPORTI BERILADIGAN MANSABDOR SHAXSLAR ROʻYXATIGA QOʻSHIMCHA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan 6-roʻyxat (3-ilova) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari liniyasi boʻyicha xalqaro tashkilotlarga diplomatik lavozimlarga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash uchun yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga koʻra”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-iyul,
311-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son, 302-modda)