Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.04.2020
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va kompensatsiya to‘lovlari sohasidagi munosabatlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi 165-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Markaz xodimlariga to‘lov manbalaridan qat’i nazar, Davlat raqobat qo‘mitasi xodimlari uchun qonun hujjatlarida va idoraviy hujjatlarda nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va kompensatsiya to‘lovlari shartlari tatbiq etiladi.
Bunda Markaz xodimlari yil yakunlari bo‘yicha faoliyati uchun olti lavozim maoshi miqdorigacha mukofot bilan rag‘batlantiriladi, uning aniq miqdori Davlat mulki qo‘mitasi raisi bilan kelishgan holda har bir xodimning ish samaradorligiga qarab Markaz rahbarining qarori bilan belgilanadi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-sentabr,
729-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 38-son, 1038-modda)