|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.07.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-sonli “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya normalarining bajarilishi ustidan davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida maqbul fitosanitariya sharoitlarini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2018-yil 28-martdagi PQ-3626-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 07/18/3626/0957-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2018-yil 28-martdagi PQ-3626-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 07/18/3626/0957-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
urugʻliklar, oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlarini import qilish uchun karantin ruxsatnomalarini rasmiylashtirish uchun olinadigan toʻlovlar;
tarkibida urugʻlar, oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlari boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha olib oʻtilayotgan yuklarga karantin ruxsatnomasini rasmiylashtirishdan olingan toʻlovlar;
urugʻlar, oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlarini eksport qilishda fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirish uchun olinadigan toʻlovlar;
eksport va import qilinayotgan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarning namunalarini laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazilishi uchun olinadigan toʻlovlar;
eksport va import qilinayotgan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni zararsizlantirish boʻyicha fumigatsiya ishlari oʻtkazilganligi uchun olinadigan toʻlovlar;
karantindagi yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi ichida karantin fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirganlik va taqdim etganlik uchun olinadigan toʻlovlar;
oʻsimliklar karantini sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qonunchilikka muvofiq undiriladigan jarimalar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni hal etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, oʻsimliklar karantini davlat xizmati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun foydalaniladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-avgust,
PQ-3249-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 947-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 07/18/3626/0957-son)