1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
3.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fargʻona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, davlat mulki obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek Fargʻona viloyatida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda boʻsh turgan, foydalanilmayotgan obyektlar, ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar xatlovdan oʻtkazilganligi va uning natijasi boʻyicha ulardan kelgusida samarali foydalanishga doir takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Fargʻona viloyatida ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar, boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki boʻlgan obyektlardan hamda yer uchastkalaridan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
samarali foydalanish uchun tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotishga tavsiya etilayotgan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari, shuningdek xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-son Farmoni hamda “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-son qaroriga asosan viloyat hokimligi tomonidan 49 ta foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish va samarali foydalanish boʻyicha qaror qabul qilinayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Fargʻona viloyati hokimligiga:
ikki oy muddatda 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarida kichik sanoat zonalarining direksiyalarini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish hamda ularning faoliyatini tashkil qilish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mahalliy budjet hisobidan loyihalash tashkilotlarini jalb qilgan holda tegishli loyiha-rejalashtirish hujjatlarini, kichik sanoat zonalaridan tashqarida zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurishni va tegishli infratuzilmalarni tashkil etishni nazarda tutuvchi, shaharsozlik norma va qoidalari, yongʻinga qarshi, ekologiya va atrof muhitini muhofaza qilish, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablarini inobatga olgan holda tayyorlash va tasdiqlashni tashkil etish topshirilsin.
5. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ kichik sanoat zonalari hududlarida yoʻl-transport, ishlab chiqarish-muhandislik infratuzilmalarini tiklash va qurish chora-tadbirlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
6. Fargʻona viloyatining tuman (shahar)lari hokimlariga “Davlat mulkini ijaraga berish markazlari” DUK bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun respublika davlat boshqaruv organlariga biriktirib berilgan tuman (shahar) hududida joylashgan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini (maydonlarni), tegishli tuman (shahar) hokimining murojaatidan soʻng ikki oy muddatda balansda saqlovchilar tomonidan ularni ijaraga berish taʼminlanmagan taqdirda, istisno tariqasida, bir yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi berilsin, bunda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda balansda saqlovchilarga ajratmalar tegishli tuman (shahar) budjetiga yoʻnaltiriladi.
7. Fargʻona viloyati hokimiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar — balansda saqlovchilar bilan kelishgan holda, foydalanilmayotgan va boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini (xususiylashtirilmaydigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga binoan xususiylashtiriladigan obyektlardan tashqari) tuman (shahar)lar hokimliklari operativ boshqaruviga qabul qilish boʻyicha qaror qabul qilish huquqi berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov va Fargʻona viloyati hokimi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-avgust,
672-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-avgustdagi 672-son qaroriga 1-ILOVA
Samarali foydalanish uchun tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotishga tavsiya etilayotgan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari, shuningdek xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlar
ROʻYXATI
T/r
Obyekt nomi
Joylashgan manzili
Balansda saqlovchi
Idoraviy mansubligi
Balansda saqlovchi taklifi
Boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari
1.
Maʼmuriy bino
Yozyovon tumani, “Yangiobod” QFY
Yozyovon tumani hokimligi
Fargʻona viloyat hokimligi
“Nol” qiymatda berish
2.
Sobiq “Lola” maktabgacha taʼlim muassasasining bino va inshootlari
Quvasoy shahar, “Yoshlik” MFY
Quvasoy shahar hokimligi
Fargʻona viloyat hokimligi
Ommaviy savdolarda sotish
Xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlar
3.
“Doʻstlik-Margʻilon” MChJning 48 foiz davlat ulushi
Margʻilon shahar, Hiyobon koʻchasi, 65a-uy
Fargʻona viloyat raqobat boshqarmasi
Davlat raqobat qoʻmitasi
Ommaviy savdolarda sotish
4.
“Ucto” MChJning
72,26 foiz davlat ulushi
Qoʻqon shahar, 1-MFY, Shijoat koʻchasi, 1-uy
Fargʻona viloyat raqobat boshqarmasi
Davlat raqobat qoʻmitasi
Ommaviy savdolarda sotish
5.
“Fresh Ekspress” MChJning
13,7 foiz davlat ulushi
Oʻzbekiston tumani, “Rajabgardi” QFY, Oʻqchi qishlogʻi
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi
Fargʻona viloyat hokimligi
Ommaviy savdolarda sotish
6.
“Bagʻdod moddiy texnika taʼminoti” MChJning 97,49 foiz davlat ulushi
Bagʻdod tumani, Bagʻdod shaharchasi, Orzu koʻchasi, 46-uy
Davlat aktivlarini boshqarish markazi
Davlat raqobat qoʻmitasi
Ommaviy savdolarda sotish
7.
“Qoʻqonmash” MChJning
6,7 foiz davlat ulushi
Qoʻqon shahar, Shoxruxobod koʻchasi, 29-uy
Davlat aktivlarini boshqarish markazi
Davlat raqobat qoʻmitasi
Ommaviy savdolarda sotish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-avgustdagi 672-son qaroriga 2-ILOVA
Yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
* Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi hisobiga “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga beriladigan ishlab chiqarish maydonlaridan tashqari.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-dekabrdagi 1007-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 09/18/1007/2303-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-avgustdagi 672-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini samarali boshqarishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 17-maydagi 291-son qarori 1-ilovasining 84, 85 va 86-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlatga tegishli obyektlarni va aktivlarni xususiy mulk qilib sotishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-maydagi 295-son qarori 2-ilovasining 59 va 66-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 927-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 09/18/1007/2303-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)