|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.08.2019
|
Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining joriy faoliyatini boshqarishni yanada maqbullashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasidagi rais o‘rinbosari, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimi tugatilsin.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining joriy faoliyatiga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ijrochi direktor tomonidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qarorining 2-ilovasiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-iyul,
PQ-3162-son