Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.02.2021
Hujjat 31.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli “Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi davlat va jamiyat qurilishini izchil takomillashtirishni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish surʼatlarini jadallashtirish, ilgʻor innovatsion va ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga yoʻnaltirilgan ishlarga yangicha surʼat berdi. Bu muhim maqsadlar yuqori malakali mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ilgʻor xorij tajribasini oʻrganish va uning eng yaxshi yutuqlarini davlat va jamoat tuzilmalari, iqtisodiyot tarmoqlarida tatbiq etish asosida jiddiy qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish zaruratini taqozo etadi.
Oʻzbekiston iqtisodiyotining soha va tarmoqlarini xalqaro mehnat bozorida yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, ularni magistratura va PhD dasturlari, malaka oshirish va stajirovka oʻtash orqali tayyorlash, yetakchi chet el taʼlim muassasalarida taʼlim olish uchun talabgorlarni tanlov asosida saralash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning mehnat va ilmiy-pedagogik faoliyati monitoringini olib borish, shuningdek, yuqori malakali chet ellik olimlar, oʻqituvchilar va mutaxassislarni oliy taʼlim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlarining oʻquv jarayoniga keng jalb etish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʻarmasining nomi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi va taʼlim olishini tashkil etish “Isteʼdod” jamgʻarmasi” deb oʻzgartirilsin (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma).
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Jamgʻarma faoliyatining asosiy vazifalari va maqsadli yoʻnalishlari etib belgilansin:
ilgʻor ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar, yuqori texnologiyalarning yangi yutuqlarida ishtirok etish, kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarni zamon talablariga hamohang tarzda yangilash, yangi kasbga, taʼlimga va amaliyotga yoʻnaltirilgan dasturlarni oʻzlashtirish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining istiqbolli mutaxassislari, taʼlim muassasalarining yuksak intellektual-ijodiy salohiyatga ega boʻlgan pedagog va ilmiy kadrlarini rivojlangan davlatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish va stajirovka oʻtashini tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining hozir va kelajakda yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olgan holda taʼminlash uchun tanlov asosida saralab olingan oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini, shuningdek respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining malakali kadrlarini dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida magistratura va PhD dasturlari boʻyicha tayyorlashni tashkil etish;
chet ellardagi nufuzli taʼlim va ilmiy markazlar, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va izchillik bilan rivojlantirish orqali oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlarining oʻquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga ular tomonidan chet elda malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olishga tavsiya qilinayotgan nomzodlarni Jamgʻarma bazasida dastlabki tayyorlashni tashkil qilishda koʻmaklashish;
iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining istiqbolli mutaxassislari, pedagoglari, ilmiy kadrlari va iqtidorli yoshlarning ilmiy-pedagogik va intellektual salohiyatini rivojlantirish, ilgʻor xalqaro tajribalarni egallashlari uchun ularning nufuzli xalqaro simpoziumlar, anjumanlar, olimpiadalar va tanlovlarda ishtirokini tashkil etish;
chet elda malaka oshirgan va stajirovka oʻtagan mutaxassislar, ilmiy pedagog kadrlar, shuningdek, magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olganlar (keyingi oʻrinlarda — stipendiatlar) hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida anjumanlar, seminarlar, mahorat darslari, trening va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali ilgʻor xorijiy tajriba hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish va ommalashtirishni taʼminlash;
kelajakda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida, shuningdek, yangi, istiqbolli faoliyat sohalarida, shu jumladan, sifatli kadrlar va resurslar zaxirasini yaratish va tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-taʼlim jarayonlarini har tomonlama ragʻbatlantirish orqali zamonaviy materiallar va ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish sohasida eng yuqori darajada samarali faoliyat olib borishlarini taʼminlash maqsadida stipendiatlarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalaridagi respublikaning istiqbolli mutaxassislari, pedagog va ilmiy kadrlarining xorijda malaka oshirish, stajirovka oʻtash va taʼlim olish natijasida egallagan zamonaviy ilgʻor bilim va koʻnikmalarini ularning kelgusidagi mehnat, pedagogik va ilmiy faoliyatini tizimli monitoringini olib borish orqali amaliyotga joriy etilishini taʼminlash;
stipendiatlarni respublika oliy taʼlim muassasalari, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining oʻquv jarayonlariga izchil jalb etish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi va taʼlim olishini tashkil etish “Isteʼdod” jamgʻarmasining Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi va taʼlim olishini tashkil etish “Isteʼdod” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi va taʼlim olishini tashkil etish “Isteʼdod” jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Chet elda malaka oshirish, stajirovka oʻtash va taʼlim olish uchun nomzodlarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
2017/2018 oʻquv yilida chet elning yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida pedagog va ilmiy kadrlarning malaka oshirishlari va stajirovka oʻtashlari, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini magistratura va PhD dasturlari boʻyicha oʻqitishning maqsadli dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Jamgʻarma Vasiylik kengashiga tasdiqlangan xodimlar soni doirasida Jamgʻarmaning tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar jamgʻarma faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
stipendiatlarning xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda malaka oshirishlari, stajirovka oʻtashlari va taʼlim olishlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar — Jamgʻarmaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq oliy taʼlim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlashga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi resurslarining 10 foizdan kam boʻlmagan miqdoridagi mablagʻlari hisobidan, shartnoma asosida xoʻjalik faoliyati yuritish va xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik yordamlari, xalqaro moliya instituti va xorijiy tashkilotlarining grantlari;
xodimlar ish haqi uchun toʻlovlarni oʻz ichiga olgan Jamgʻarmaning joriy faoliyati va unga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish bilan bogʻliq xarajatlar — Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan miqdorda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda respublika oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt) mablagʻlaridan ajratmalar, shuningdek, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan kelgan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning begʻaraz yordamlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jamgʻarma 2022-yil 1-yanvargacha davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliq toʻlovlari va majburiy yigʻimlardan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jamgʻarmaga xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, stipendiatlarga xorijiy mamlakatlarning vizalarini olish, konsullik roʻyxatiga kiritish, notarial va boshqa xizmatlarni koʻrsatish, ularning yuborilgan mamlakatda malaka oshirishlari va stajirovka oʻtashlari boʻyicha taʼlim monitoringini amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi:
chet elda malaka oshirish, stajirovka oʻtash va taʼlim olishga yuboriladigan nomzodlarni tanlab olishni tashkil qilishda Jamgʻarmaga har tomonlama uslubiy yordam koʻrsatilishini;
Jamgʻarma tomonidan chet elda taʼlim olgan shaxslarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlari nostrifikatsiyasini (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻridan toʻgʻri (maxsus sinovlar oʻtkazmasdan) amalga oshirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jamgʻarmani zamonaviy aloqa vositalari, jumladan, hukumat aloqasi va keng polosali internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Jamgʻarma tomonidan taqdim qilingan roʻyxatlarga muvofiq, oʻrnatilgan tartibda chegirmalarning mos tizimini qoʻllagan holda chet ellarga yuborilayotgan stipendiatlarni aviachiptalar bilan oʻz vaqtida taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Jamgʻarma Toshkent shahri, Furqat koʻchasi, 171-uyda joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-iyuldagi “Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–3272-sonli Farmonining 2, 3, 4, 9-bandlari va 5-bandining 2-xatboshisi hamda 1 — 4-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari U.S. Ismailov va A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyul,
PF-5121-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PF-5121-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi va taʼlim olishini tashkil etish “Isteʼdod” jamgʻarmasining Vasiylik kengashi
TARKIBI

1.

Aripov A.N.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Jamgʻarma Vasiylik kengashi raisi

2.

Kuchkarov Dj.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Jamgʻarma Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

Jamgʻarma ijrochi direktori, Jamgʻarma Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

4.

Yunusxodjayev A.N.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

5.

Ismailov U.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

6.

Murodov O.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

7.

Golishev V.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

8.

Sultonov X.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

9.

Quranbayev Q.Q.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

10.

Ramatov A.J.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi

11.

Mirzayev Z.T.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri

12.

Rozukulov U.U.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

13.

Djurabayev A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

14.

Madjidov I.U.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri

15.

Xodjayev B.A.

Moliya vaziri

16.

Abduxakimov A.A.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

17.

Inoyatov U.I.

Xalq taʼlimi vaziri

18.

Shadmanov A.K.

Sogʻliqni saqlash vaziri

19.

Kamilov A.X.

Tashqi ishlar vaziri

20.

Gʻaniyev E.M.

Tashqi savdo vaziri

21.

Ikramov M.M.

Adliya vaziri

22.

Abdullayev I.B.

Bosh prokuror

23.

Shermatov Sh.X.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v. b.

24.

Yuldashev B.S.

Fanlar akademiyasi prezidenti

25.

Boltabayev M.R.

Fan va texnologiyalar agentligining bosh direktori

26.

Xolmuxamedov M.M.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori

27.

Nurmuratov M.B.

Mar�aziy bank raisi

28.

Xolmurodov S.R.

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisi

29.

Gulyamov R.A.

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

30.

Axmedxodjayev A.I.

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi

31.

Parpiyev B.R.

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

32.

Toxiriy M.V.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

33.

Sharapov A.K.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

34.

Abduvaliyev A.A.

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi

35.

Mustafayev U.M.

“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi

36.

Abdullayev A.A.

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

37.

Xaydarov I.U.

“Oʻzbekyengilsanoat” AJ boshqaruvi raisi

38.

Tyan V.N.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori

39.

Sultanov A.S.

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

40.

Sanakulov K.S.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori

41.

Farmonov A.K.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori

42.

Lavozimi boʻyicha

Jamgʻarma ijrochi direktor oʻrinbosari, Vasiylik Kengashi kotibi

Izoh: Jamgʻarma Vasiylik kengashining aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoxud vazifasi yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PF-5121-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi va taʼlim olishini tashkil etish “Isteʼdod” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlar malakasini oshirish, stajirovka oʻtashi va taʼlim olishini tashkillashtirish “Isteʼdod” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ning maqsadlari, asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlarini, shuningdek, Jamgʻarmani boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma taʼlim, davlat va jamoat tuzilmalari tizimi, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish darajasi va sifatini yuksaltirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, shuningdek, xorij tajribasi, eng yangi texnologiyalar va fan yutuqlarini oʻrganish asosida pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish maqsadida shakllantiriladi.
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
4. Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs boʻlib, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi Gʻaznachilikda shaxsiy hisoblariga, respublika tijorat banklarida hisob raqamlariga (shuningdek, chet el valyutasidagi hisob raqamiga), davlat tilida nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tushirilgan muhriga, burchakli tamgʻasiga va boshqa ramzlarga, shuningdek, faoliyat uchun zarur rekvizitlarga ega boʻladi.
5. Jamgʻarma pochta manzili (joylashishi): Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Furqat koʻchasi, 171-uy.
2-bob. Jamgʻarmaning maqsadlari, asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari, huquq va majburiyatlari
6. Jamgʻarma faoliyatining maqsadi yuqori malakali, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh yetuk mutaxassislarni jahonning nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalarida magistratura va PhD dasturlari asosida tayyorlash orqali respublika iqtisodiyotining ustuvor sohalarini rivojlantirishga koʻmaklashish, davlat va jamoat tuzilmalari xodimlarining, pedagog va ilmiy kadrlarning bilim va malakalarini oshirish darajasini yuksaltirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning hamkorlik asosida rivojlangan mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka oʻtash va taʼlim olishlariga koʻmaklashishdan iborat.
7. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, davlat va jamoat tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan istiqbolli mutaxassislarning hamda taʼlim muassasalarining yuksak intellektual-ijodiy salohiyatga ega boʻlgan pedagog va ilmiy kadrlarning yangi kasbiy, taʼlimiy va amaliyotga yoʻnaltirilgan dasturlarni oʻzlashtirishlariga, kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarini zamon talablariga hamohang tarzda yangilash, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar va ilgʻor ilmiy tadqiqotlar yutuqlari bilan tanishishlariga sharoit yaratish maqsadida rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish va stajirovka oʻtashini tashkil etish;
oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari orasidan, shuningdek, respublikaning iqtisodiyot tarmoqlaridan tanlov asosida saralab olingan malakali kadrlarni dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida magistratura va PhD dasturlari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalariga hozirgi kunda va kelajakdagi ehtiyojni inobatga olgan holda, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish;
chet ellardagi nufuzli taʼlim va ilmiy markazlari, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va izchillik bilan rivojlantirish asosida oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlarining oʻquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
vazirliklar, idoralar va muassasalarga ular tomonidan chet elda malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olishga tavsiya qilinayotgan nomzodlarni Jamgʻarma bazasida dastlabki tayyorlashni tashkil qilishda koʻmaklashish;
iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi, davlat va jamoat tuzilmalaridagi istiqbolli mutaxassislarning, pedagog va ilmiy kadrlarning, iqtidorli yoshlarning ilmiy-pedagogik va intellektual salohiyatini rivojlantirish, xalqaro tajribalarni egallashlariga imkon yaratish uchun ularning nufuzli xalqaro simpoziumlar, anjumanlar, olimpiadalar va tanlovlarda ishtirokini tashkil etish;
chet elda malaka oshirgan va stajirovka oʻtagan mutaxassislar, ilmiy pedagog kadrlar, shuningdek, magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olganlar (keyingi oʻrinlarda — stipendiatlar) hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida anjumanlar, seminarlar, mahorat darslari, trening va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali ilgʻor xorijiy tajribalar hamda pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish va ommalashtirishni taʼminlash;
stipendiatlarning kelajakda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida, shuningdek, yangi, istiqbolli faoliyat sohalarida, shu jumladan, sifatli kadrlar va resurslar zaxirasini yaratish va tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-taʼlim jarayonlarini har tomonlama ragʻbatlantirish orqali zamonaviy materiallar va ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish sohasida eng yuqori darajada samarali faoliyat olib borishlarini taʼminlash maqsadida ular toʻgʻrisidagi yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalaridagi respublikaning istiqbolli mutaxassislari, pedagog va ilmiy kadrlarining xorijda malaka oshirish, stajirovka oʻtash va taʼlim olish natijasida egallagan zamonaviy ilgʻor bilim va koʻnikmalarini ularning mehnat, pedagogik va ilmiy faoliyatlarini tizimli monitoringini olib borish orqali amaliyotga joriy etilishini taʼminlash;
stipendiatlarni respublika oliy taʼlim muassasalari, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining oʻquv jarayonlariga izchillik bilan jalb etish.
8. Jamgʻarma asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlariga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda oʻz nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan vakolatlari doirasida shartnoma va boshqa yuridik hujjatlar tuzish;
respublika oliy oʻquv yurtlari va pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazlarining taʼlim jarayonlariga chet elning yetuk oʻqituvchilari, olimlari va mutaxassislarini oʻrnatilgan tartibda taklif etish;
Oʻzbekiston Respublikasi va chet ellarda turli koʻrgazmalar, koʻrik-tanlovlar, anjuman va boshqa ilmiy va taʼlimga oid tadbirlar tashkil etish;
Jamgʻarma faoliyatiga vazirlik, idora, taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarning ilmiy xodimlari, mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qilish;
oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan xalqaro taʼlim va ilmiy muassasalarning, turli nodavlat tashkilotlarining muassisi va hammuassisi boʻlish;
amaldagi qonunchilik doirasida jurnal, ilmiy toʻplam va boshqalarni nashr qilish, mamlakatimizda va chet elda oʻzbekistonlik mutaxassislarning ilmiy va ijodiy ishlari taqdimotini oʻtkazish;
shartnoma asosida turli taʼlimga oid va ilmiy xizmatlarni koʻrsatish;
chet elda malaka oshirgan va stajirovka oʻtagan, shuningdek, taʼlim olgan stipendiatlarni respublika oliy taʼlim muassasalarining oʻquv jarayonlariga jalb qilish;
vazirliklar va idoralar mutaxassislarini jalb etgan holda joylarda oʻquv jarayoni monitoringi boʻyicha guruhlar tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va mazkur Nizomga zid boʻlmagan boshqa faoliyatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
3-bob. Jamgʻarmani boshqarish
9. Vasiylik Kengashi Jamgʻarmaning oliy boshqaruv organi hisoblanadi.
Jamgʻarma Vasiylik kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Jamgʻarma Vasiylik kengashi yigʻilishlari rais yoki uning topshirigʻiga binoan rais oʻrinbosari rahbarligida oʻtkaziladi.
Jamgʻarma Vasiylik kengashi yigʻilishlari, zaruratga koʻra, lekin yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi. Jamgʻarma Vasiylik kengashi qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
10. Jamgʻarma Vasiylik kengashi vazifalari quyidagilardan iborat:
Jamgʻarma faoliyatining umumiy strategiyasi va yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek, uning faoliyati ustidan umumiy boshqaruv va nazoratni amalga oshirish;
chet elning taʼlim va ilmiy muassasalarida Jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olishning asosiy yoʻnalishlarini tasdiqlash;
Jamgʻarma tomonidan nomzodlarni chet elning taʼlim va ilmiy muassasalariga magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olish, shuningdek, malaka oshirish va stajirovka oʻtashga saralash boʻyicha oʻtkaziladigan Tanlov nazoratini amalga oshirish;
Jamgʻarma faoliyatiga tegishli hujjatlarni hamda Jamgʻarmaning (stipendiatlar soni) chet elning yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida oliy taʼlim muassasalarining pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish, stajirovka oʻtash, bitiruvchilarni magistratura va PhD dasturlari boʻyicha oʻqitishning yillik maqsadli dasturini tasdiqlash;
Jamgʻarmaga yil davomida kelib tushadigan mablagʻ va sarf-xarajatlarning koʻrsatkichlarini, ularning ijrosi boʻyicha yillik hisobotlarni, shuningdek, Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalar ijrosining hisobotlarini tasdiqlash;
chet elda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olgan mutaxassislarni ishga joylashtirish masalalarini muvofiqlashtirish (talabgorlarning oʻqishga ketgunlariga qadar ish joylari aniq boʻlgan holda);
chet elda taʼlim olgan, malaka oshirgan, stajirovka oʻtagan pedagoglar, ilmiy xodimlar va mutaxassislarning olgan bilim, koʻnikma, malakaviy imkoniyatlarining yuqori darajada tatbiq etilishini taʼminlash;
chet elda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olgan, malaka oshirgan, stajirovka oʻtagan mutaxassislar, pedagoglar va ilmiy xodimlar ish faoliyatining kasbiy va maqsadli muvofiqligi monitoringi amalga oshirilishini nazorat qilish;
Jamgʻarma shtatlar jadvalini tasdiqlash, unga oʻzgartirishlar kiritish va Jamgʻarma taʼminotining sarf-xarajatlari smetasini tasdiqlash;
Jamgʻarma faoliyatiga oid boshqa masalalarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan qaror chiqarish.
Jamgʻarma Vasiylik Kengashi aʼzolari jamgʻarmani boshqarish boʻyicha oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan ijrochi direktor Jamgʻarmaning joriy faoliyatini amalga oshiradi.
Jamgʻarma Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari — ijrochi direktor maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosariga tenglashtiriladi, unga nisbatan tegishli mehnat toʻlovlari, qoʻshimcha toʻlovlar va moddiy ragʻbatlantirish kabi imtiyozlar qoʻllaniladi.
12. Jamgʻarma ijrochi direktorining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Jamgʻarmaning kundalik faoliyatini tashkil etish va yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar qabul qilish;
Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilangan yoʻnalishlarga muvofiq Jamgʻarma faoliyatiga rahbarlik qilish;
Jamgʻarma Vasiylik kengashi qarorlarini bajarish;
chet elda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olish, shuningdek, malaka oshirish hamda stajirovka oʻtash uchun munosib nomzodlarni aniqlashda saralash boʻyicha tanlovni eʼlon qilish va tashkil etish, uning yakuniy natijalarini xolisligini taʼminlash;
chet elda malaka oshirgan, stajirovka oʻtagan va taʼlim olib qaytgan stipendiatlar bilan doimiy aloqa oʻrnatilishini taʼminlash;
Jamgʻarma xodimlarini ishga qabul qilish va vazifasidan ozod qilish;
davlat, xoʻjalik boshqaruvi organlarida, boshqa tashkilotlarda, shuningdek, chet ellarda va xalqaro tashkilotlarda Jamgʻarma nomidan ishtirok etish;
shtatlar jadvali hamda Jamgʻarma taʼminoti xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash uchun Jamgʻarma Vasiylik kengashiga taqdim etish;
Jamgʻarmaning lavozim yoʻriqnomalari va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlash;
zarurat boʻlganda stipendiatlarni muddatidan oldin chaqirib olish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma vasiylik kengashiga takliflar kiritish;
Jamgʻarma xodimlarini belgilangan tartibda moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Jamgʻarma nomidan faoliyat koʻrsatish, jumladan, uning xoʻjalik ishlarini yuritish, bitimlar tuzish, Jamgʻarma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish.
4-bob. Jamgʻarmaning mol-mulki va moliyaviy mablagʻlari, hisob va hisobot
13. Jamgʻarmaning mol-mulki asosiy fondlar, binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, aylanma mablagʻlar va mablagʻ bilan taʼminlashning barcha manbalari hisobiga sotib olingan boshqa moddiy boyliklardan iboratdir.
14. Jamgʻarma mol-mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
15. Jamgʻarma faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
stipendiatlarning chet el taʼlim va ilmiy muassasalarida malaka oshirishlari, stajirovka oʻtashlari va taʼlim olishlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar — Jamgʻarmaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq oliy taʼlim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlashga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamgʻarmasi resurslarining 10 foizdan kam boʻlmagan miqdoridagi mablagʻlar hisobidan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik yordamlari, xalqaro moliyaviy va chet el tashkilotlari grantlari;
Xodimlar ish haqi uchun toʻlovlarni oʻz ichiga olgan Jamgʻarmaning joriy faoliyati va unga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish bilan bogʻliq xarajatlar — Jamgʻarma Vasiylik Kengashi tomonidan tasdiqlangan miqdorda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda respublika oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt) mablagʻlaridan amalga oshiriladigan ajratmalar, shuningdek, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan kelgan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik yordamlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
16. Jamgʻarma Vasiylik Kengashining respublika oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt asosidagi taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan) mablagʻlaridan Jamgʻarma hisob raqamiga yoʻnaltirilishi belgilangan ajratmalari boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishib qabul qilgan qarori idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha oliy taʼlim muassasalari uchun majburiydir.
17. Jamgʻarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish tartibi Jamgʻarma va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
18. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan homiylik va begʻaraz yordam doirasida oʻtkazilgan mablagʻlar hisobidan sotib olingan mulklar Jamgʻarmaning shaxsiy mulki hisoblanadi.
19. Jamgʻarma xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlariga belgilangan mukofotlash, moddiy yordam va qoʻshimcha haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Xodimlarning lavozim maoshi bajariladigan ishlar hajmidan, ayrim uchastkalarga qoʻyiladigan malakaviy talablar va shu kabilardan kelib chiqib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Jamgʻarma Vasiylik kengashi qarori bilan belgilanadi.
20. Jamgʻarma oʻziga tegishli mol-mulkka oid majburiyatlari boʻyicha amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradi.
21. Jamgʻarma oʻrnatilgan tartibda oʻz faoliyati natijalari yuzasidan buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, moliyaviy va statistik hisobotlarni olib boradi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
22. Jamgʻarma Nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan amalga oshiriladi.
23. Jamgʻarmani qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PF–5121-sonli Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi va taʼlim olishini tashkil etish “Isteʼdod” jamgʻarmasining tashkiliy
tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PF-5121-son Farmoniga
4-ILOVA
Chet elda malaka oshirish, stajirovka oʻtash va taʼlim olish uchun nomzodlarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlar malakasini oshirish, stajirovka oʻtashi va taʼlim olishini tashkillashtirish “Isteʼdod” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan chet eldagi taʼlim va ilmiy muassasalarda malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olishga yuboriladigan nomzodlar tanlovi tartibi, reglamenti va mexanizmini belgilaydi.
2. Chet elda malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olishga yuborish Jamgʻarma tomonidan saralash tanlovi asosida amalga oshiriladi.
3. Nomzodlar saralash tanlovini tashkillashtirish va oʻtkazish Jamgʻarmaning Qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qabul komissiyasi tarkibi, shuningdek, uning ishlash tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun chet elda malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olishga qabul qilish, saralash va qabulning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Jamgʻarma stipendiyalari
5. Jamgʻarma stipendiyalari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi va oʻrnatilgan tartibda Jamgʻarma vasiylik kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan maqsadli dasturlarga muvofiq ajratiladi:
3 oygacha boʻlgan muddatga — xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda malaka oshirishga;
3 oydan 1 yilgacha boʻlgan muddatga — xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda stajirovka oʻtashga;
chet el hamkor taʼlim muassasasi talabiga muvofiq, magistratura dasturlari boʻyicha 1-2 yil, PhD dasturlari boʻyicha 1 — 3 yil muddatga — xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda taʼlim olishga.
6. Jamgʻarma stipendiyalari ushbu Nizom talablari asosida tanlovdan oʻtgan shaxslar (stipendiatlar)ga quyidagi xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi:
stipendiatning chet el taʼlim va ilmiy muassasasida taʼlim olishi (malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi) uchun toʻlanadigan mablagʻ;
stipendiatlarning viza olishlari;
stipendiatning taʼlim olish (malaka oshirish, stajirovka oʻtash) joyiga yetib borishi va qaytib kelishi uchun barcha turdagi transport xarajatlari (bir yilda bir martadan koʻp boʻlmagan holda);
stipendiatlarning taʼlim olishi (malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi) davrida turar joy va ovqatlanish xarajatlari;
Jamgʻarma Vasiylik kengashi qarori boʻyicha stipendiatlarning taʼlim olishi (malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi) bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar.
3-bob. Saralash tanlovida qatnashish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi
7. Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan maqsadli dasturlar boʻyicha saralash tanlovi haqidagi eʼlon tanlovni oʻtkazishdan bir oy oldin ommaviy axborot vositalari, shuningdek, internet-nashrlar va Jamgʻarmaning veb-saytiga joylashtiriladi.
Tanlovni oʻtkazish haqidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi zarur:
saralash tanlovini oʻtkazish muddatlari va joyi;
arizalarni qabul qilish muddatlari va joyi;
tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar;
zarur hujjatlar roʻyxati;
bogʻlanish uchun telefonlar va elektron manzillar.
8. Vazirlik, idora va muassasalarning mutaxassislaridan (keyingi oʻrinlarda — Buyurtmachi) chet elda malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun nomzodlarning hujjatlari Jamgʻarmaning Qabul komissiyasiga dastlabki tanlov natijalari ilova qilingan holda tavsiyanomalar bilan birgalikda Buyurtmachi tashkilot rahbari imzosi asosida taqdim qilinadi.
9. Chet elda malaka oshirish, stajirovka oʻtash va taʼlim olishga tavsiya qilinuvchi nomzodlar quyidagi hujjatlarni Jamgʻarma qabul komissiyasiga taqdim etadilar:
a) belgilangan shakldagi maʼlumotnoma-obyektivka (anketa);
b) Qabul komissiyasi raisi nomiga taʼlimning shakli va yoʻnalishi koʻrsatilgan, belgilangan tartibdagi ariza;
v) Buyurtmachi tashkilot rahbarining imzosi bilan nomzod haqidagi chet elda malaka oshirishi va stajirovka oʻtashi zarurligi koʻrsatilgan tavsiyanomasi;
g) oliy taʼlim muassasasini tugatganligini, shuningdek, ilmiy darajasini (fan nomzodi, PhD va fan doktori.), ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplomlarning nusxasi;
d) mehnat daftarchasi nusxasi;
e) pasport (asl nusxasi);
j) harbiy bilet yoki chaqiruv guvohnomasi;
z) oʻrnatilgan hajmdagi fotosuratlar (Jamgʻarma tomonidan belgilanadi);
i) chet tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar), agar mavjud boʻlsa;
10. Chet elda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olishga nomzodlar tomonidan quyidagi qoʻshimcha hujjatlar taqdim etiladi:
a) nomzodni keyinchalik ish bilan taʼminlash haqida muassasa rahbarining kafolat xati;
b) chet el taʼlim va ilmiy muassasasiga qabul qilingani haqidagi hujjat ( “Letter of acceptance”), agar mavjud boʻlsa;
11. Xorijda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun hujjatlarni topshirgan paytda ishlamayotgan nomzodlar ushbu Nizom 9-bandining “v” va “d” qismlarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim qilishdan ozod qilinadilar. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzod ushbu Nizom 10-bandining “a” qismida koʻrsatilgan hujjatni taqdim qilishga majbur.
4-bob. Chet elda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olishga yuborish uchun saralash tanlovini oʻtkazish
12. Nomzodlar mazkur Nizomning 9 va 10-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni Jamgʻarmaning qabul komissiyasiga topshiradilar.
Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish Jamgʻarmaning Qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
13. Nomzodlar tanlovi 2 bosqichda oʻtadi:
1-bosqichda Jamgʻarma bazasida suhbat oʻtkazish orqali quyidagi darajalar aniqlanadi:
chet tillarini bilish darajasi (oliy taʼlim va boshqa muassasalar mutaxassislarini jalb qilgan holda);
nomzodlarning 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish Harakatlar strategiyasining maqsadi, vazifalari, mazmun va mohiyatini hamda Oʻzbekiston tarixini bilishi (Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi vakillari va mutaxassislar ishtirokida);
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi va ulardan foydalana olishi.
Suhbatdan oʻtmagan nomzodlar keyingi bosqichga qoʻyilmaydi.
2-bosqichda xalqaro sertifikatsiyalangan attestatsiya markazlari ishtirokida xorijiy hamkor talablariga muvofiq birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar orasida chet tilidagi (IELTS, TOEFL, TestDaf, GMAT, GRE va boshqa) bilim darajalarini va/yoki tahlil imkoniyatlarini baholash boʻyicha test oʻtkaziladi.
Chet elning taʼlim va ilmiy muassasalari talablari darajasida chet tilini bilishini tasdiqlovchi amaldagi xalqaro sertifikatga ega nomzodlar test sinovlaridan ozod qilinadilar.
14. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtib, Jamgʻarma stipendiatligiga qabul qilingan va 6 oydan ortiq muddatga chet elga chiqadigan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati tibbiyot markazida tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
15. Jamgʻarmaning Qabul komissiyasi tanlov natijalarini umumlashtiradi va ularni tasdiqlash uchun Jamgʻarmaning Vasiylik kengashiga taqdim etadi.
16. Buyurtmachilar bilan kelishgan holda taʼlimning xarajati, muddati va shart-sharoitlaridan kelib chiqib, chet elning taʼlim yoki ilmiy muassasasini tanlash va stipendiatlarni u yerda oʻqishga joylashtirish huquqi Jamgʻarma vakolatida qoladi.
17. Tanlovning ikkala bosqichi natijalari boʻyicha stipendiatlar roʻyxatiga kirmay qolgan, biroq yuqori ballarni toʻplagan nomzodlardan zaxira guruhi tuziladi.
Stipendiat turli sabablarga koʻra (oilaviy sharoiti, kasallik va boshqalar) chet elda taʼlim olishdan voz kechgan holatlarda Jamgʻarma Qabul komissiyasi qaroriga binoan zaxira guruhidagi nomzod uning oʻrnini egallashi mumkin.
18. Jamgʻarma Vasiylik kengashining chet elda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun oʻtkazilgan tanlov natijalarini tasdiqlash haqidagi qarori tanlovdan soʻng bir oy muddat ichida eʼlon qilinadi. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga belgilangan shakldagi stipendiatlik sertifikatlari topshiriladi.
19. Chet elda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun tanlov oʻzbek va rus tillarida olib boriladi. Chet tili boʻyicha test sinovlari taʼlim olinadigan mamlakat tilida va/yoki ingliz tilida (agar qabul qiluvchi xorijiy oliy taʼlim yoki ilmiy muassasalarida taʼlim ingliz tilida olib borilsa) oʻtkaziladi.
5-bob. Chet elda malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun nomzodlarni saralash tanlovini oʻtkazish
20. Chet elda malaka oshirish va stajirovka oʻtashga yuboriladigan nomzodlarning dastlabki tanlovi (ushbu Nizomning 9 va 10-bandida belgilangan zarur hujjatlarni koʻrib chiqish; mutaxassislik fanidan chet tilida suhbat oʻtkazish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasi va koʻnikmalarini aniqlash va boshqalar) bevosita buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.
21. Chet elda malaka oshirish va stajirovka oʻtashga tavsiya qilingan nomzodlarning hujjatlari dastlabki tanlov yakunlari ilova qilingan holda buyurtmachi tashkilot rahbari imzolagan tavsiyanoma bilan Jamgʻarmaning Qabul komissiyasiga taqdim qilinadi.
22. Chet elda malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun saralash tanlovini tashkillashtirish va oʻtkazish Jamgʻarmaning Qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
23. Chet elda malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun tanlov oʻzbek va rus tillarida olib boriladi.
Tanlov Jamgʻarmada buyurtmachining vakillari va soha mutaxassislari ishtirokida nomzodlarning malaka oshirish va stajirovka oʻtash dasturlari boʻyicha suhbat oʻtkazish tarzida, zarur boʻlgan hollarda imtihon qilish yoki test sinovlari oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
24. Nomzodlarda ularning chet tilini tegishli darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL shu kabilar) va tegishli chet tilida taʼlim olganini bildiruvchi chet el oliy taʼlim muassasasi diplomi mavjudligi tanlovda inobatga olinadi.
25. Jamgʻarma Qabul komissiyasi tanlov natijalarini umumlashtiradi va Jamgʻarmaning Vasiylik kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
26. Chet elda malaka oshirish va stajirovka oʻtash boʻyicha oʻtkazilgan tanlov natijalarini tasdiqlash haqidagi Jamgʻarma Vasiylik kengashining qarori bir oy muddat ichida eʼlon qilinadi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtganlarga tegishli stipendiat guvohnomasi taqdim qilinadi.
27. Chet elda malaka oshirish va stajirovka oʻtash davrida stipendiatlarning ish oʻrinlari saqlab qolinadi.
6-bob. Jamgʻarmaning apellatsiya komissiyasi
28. Jamgʻarmaning Qabul komissiyasi aʼzolari, shuningdek, suhbat va test sinovini olib borishda ishtirok etuvchi ekspertlar ishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari, noxolisligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgardirlar.
29. Ushbu Nizomga rioya qilish, shuningdek, suhbat va test sinovlarini oʻtkazish natijalari hamda bevosita saralash tanlovini oʻtkazilishi bilan bogʻliq shikoyat va arizalarni koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma Vasiylik kengashining qarori bilan Apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellatsiya komissiyasining tarkibi va ish reglamenti Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
30. Apellatsiya komissiyasiga arizalar suhbat va test sinovlari natijalari eʼlon qilingandan soʻng uch kun davomida topshiriladi.
31. Apellatsiya komissiyasi qabul qilingan arizalarni arizachi ishtirokida uch kun davomida koʻrib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi zarur.
7-bob. Stipendiatlarning majburiyatlari
32. Magistratura yoki PhD dasturi boʻyicha chet elda taʼlim olgan stipendiatga, uni chet elda oʻqishga tavsiya etgan oliy taʼlim yoki ilmiy muassasada, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida egallagan mutaxassisligi boʻyicha 5 (besh) yildan kam boʻlmagan muddatda uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi.
33. Chet elda malaka oshirib yoki stajirovka oʻtab kelgan stipendiatga, uni chet elda malaka oshirish yoki stajirovka oʻtashga tavsiya etgan oliy taʼlim yoki ilmiy muassasada, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida 3 (uch) yildan kam boʻlmagan muddat davomida ishlab berish majburiyati yuklanadi.
34. Chet elda malaka oshirib, stajirovka oʻtab, magistratura va PhD dasturlari boʻyicha taʼlim olgan stipendiat qaytganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, shartnomada belgilangan mehnat faoliyatini davom ettirishdan bosh tortsa, barcha moliyaviy xarajatlar belgilangan tartibda stipendiat va/yoki buyurtmachi hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PF-5121-son Farmoniga
5-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida chet elning yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida pedagog va ilmiy kadrlarning malaka oshirishlari va stajirovka oʻtashlari, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini magistratura va PhD dasturlari boʻyicha oʻqitishning
MAQSADLI DASTURI

T/r

Oliy taʼlim muassasalari

Yoʻnalishlar boʻyicha yuborilayotganlar soni

Jami

malaka oshirish

stajirovka

doktoran­turada oʻqish

magistra­turada oʻqish

Jami

600

45

40

75

760

1.

Andijon davlat tibbiyot instituti

6

1

1

2

10

2.

Andijon davlat universiteti

10

1

1

1

13

3.

Andijon mashinasozlik instituti

8

1

1

1

11

4.

Andijon qishloq xoʻjaligi instituti

8

1

1

10

5.

Buxoro davlat tibbiyot instituti

12

1

1

1

15

6.

Buxoro davlat universiteti

11

1

1

1

14

7.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

5

1

1

2

9

8.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali

3

3

9.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

9

1

10

10.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

9

1

10

11.

Guliston davlat universiteti

10

1

1

1

13

12.

Jizzax davlat pedagogika instituti

11

1

1

1

14

13.

Jizzax politexnika instituti

8

1

1

1

11

14.

Qoraqalpoq davlat universiteti

12

2

14

15.

Qarshi davlat universiteti

8

1

1

1

11

16.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

8

1

1

1

11

17.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

4

1

5

18.

Qoʻqon davlat pedagogika instituti

6

1

1

1

9

19.

Navoiy davlat konchilik instituti

9

1

1

1

12

20.

Navoiy davlat pedagogika instituti

8

1

9

21.

Soliq akademiyasi

1

1

2

22.

Namangan davlat universiteti

10

1

1

12

23.

Namangan muhandislik-qurilish instituti

8

1

1

10

24.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

12

1

1

2

16

25.

Milliy rassomlik va dizayn instituti

5

1

6

26.

Oʻzbekiston Milliy universiteti

10

1

1

2

14

27.

Nukus davlat pedagogika instituti

16

1

1

1

19

28.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali

1

1

29.

Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali

3

3

30.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali

5

1

6

31.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali

3

3

32.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

8

1

1

1

11

33.

Samarqand davlat chet tillar instituti

13

1

1

15

34.

Samarqand davlat tibbiyot instituti

8

1

1

2

12

35.

Samarqand davlat universiteti

10

1

1

2

14

36.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

2

1

1

4

37.

Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti

11

1

1

13

38.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali

2

1

3

39.

Toshkent davlat Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi

2

1

3

40.

Toshkent tibbiyot akademiyasi

12

1

1

2

16

41.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti

10

1

1

12

42.

Toshkent davlat agrar universiteti

19

1

1

1

22

43.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

7

1

8

44.

Toshkent davlat pedagogika universiteti

11

1

2

14

45.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

4

1

1

1

7

46.

Toshkent davlat texnika universiteti

40

1

1

2

44

47.

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

1

1

2

48.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

15

1

2

18

49.

Toshkent davlat yuridik universiteti

4

1

5

50.

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti

8

1

1

1

11

51.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

11

1

1

13

52.

Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti

9

1

1

1

12

53.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

14

1

1

1

17

54.

Toshkent islom universiteti

1

1

2

55.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

12

1

1

2

16

56.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

9

1

1

2

13

57.

Toshkent farmatsevtika instituti

2

1

1

2

6

58.

Toshkent moliya instituti

11

1

1

1

14

59.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

17

1

1

1

20

60.

Termiz davlat universiteti

4

1

1

6

61.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

16

1

17

62.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

35

1

1

2

39

63.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

7

1

1

9

64.

Urganch davlat universiteti

3

1

2

6

65.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

1

1

66.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

3

3

67.

Fargʻona davlat universiteti

4

1

1

1

7

68.

Fargʻona politexnika instituti

14

1

1

1

17

69.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali

2

2

Izoh:
1. Chet elning nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalarida pedagog va ilmiy kadrlarning malaka oshirishlari va stajirovka oʻtashlari, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining magistratura va PhD dasturlarida oʻqishlari boʻyicha maqsadli dasturi har oʻquv yili uchun Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Jamgʻarma tomonidan chet elning nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalarida pedagog va ilmiy kadrlarning malaka oshirishlari va stajirovka oʻtashlari, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining magistratura va PhD dasturlarida oʻqishlari boʻyicha maqsadli dasturiga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 723-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son, 26.09.2018-y., 06/18/5545/1968-son)