Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Foydali qazilma ruda konlarini sanoat ko‘lamida o‘zlashtirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv ishlarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Innovatsion texnologiya yechimlarini tatbiq etish asosida foydali qazilma ruda konlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish, shuningdek, yer qa’rini geologik o‘rganish, oqilona foydalanish va muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “O‘zGEORANGMETLITI” DUKni O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat geologiya qo‘mitasi) tizimiga topshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi “O‘zGEORANGMETLITI” DUKning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
foydali qazilma ruda konlarini, birinchi galda qimmatbaho va rangli metallar, shuningdek, uranni qazib olish va ishlash bo‘yicha konchilik va metallurgiya sanoati obyektlari uchun loyiha oldi va loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish;
konchilik va metallurgiya sanoatiga yuqori texnologik uskunalar va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish monitoringini olib borish, ularning ishlab chiqarish-texnik va moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini baholash;
jahon fani va amaliyoti yutuqlarini tahlil qilish asosida qiyin tog‘-geologik sharoitlarida konlarni kompleks o‘zlashtirish sohasida samarali loyiha yechimlarini ishlab chiqish;
mineral xomashyoni qazib olish texnologiyasi sohasida amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish hamda asosiy va qo‘shilib chiqadigan qimmatbaho komponentlarning yuqori darajada chiqarib olinishini hisobga olgan holda ularni kompleks ravishda qayta ishlash;
respublika kon-metallurgiya kombinatlarining investitsiya loyihalarida nazarda tutilgan loyiha yechimlarini to‘liq va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mualliflik nazoratini olib borish;
institutni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash tadbirlarini amalga oshirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
loyiha-qidiruv ishlari sohasida kadrlarni, jumladan, yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarida va o‘quv markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ular mehnatini rag‘batlantirishning samarali choralarini joriy etish;
3. Quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “O‘zGEORANGMETLITI” DUKning ta’sischisi hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4077-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4077/2380-son)
“O‘zGEORANGMETLITI” DUK doimiy asosli va investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan butun davr mobaynida tasdiqlangan loyiha yechimlariga rioya qilinishi monitoringini amalga oshiradi va loyiha tashabbuskori bilan birgalikda mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash texnologiyasini yanada takomillashtirish ishlarini olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi “Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2946-son qarorida yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari uchun nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar “O‘zGEORANGMETLITI” DUKga nisbatan saqlab qolinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/18/3578/0843-son)
4. Belgilansinki, “O‘zGEORANGMETLITI” DUKning faoliyatini muvofiqlashtirish Davlat geologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zGEORANGMETLITI” DUKning tegishli binolari, inshootlari va boshqa mulkini operativ boshqarish huquqi bilan qabul qilish-topshirishni;
“O‘zGEORANGMETLITI” DUKning yangilangan ustavini tasdiqlash va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni;
Institutni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari kompleksini tasdiqlashni;
“O‘zGEORANGMETLITI” DUKni Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 15-uyga joylashtirishni ta’minlasin.
6. “O‘zGEORANGMETLITI" DUKga, texnik zarurat bo‘lganda, loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga yetakchi xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini hamda yuqori malakali mutaxassislarni jalb etishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. “O‘zGEORANGMETLITI” DUK direktori O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxirasi bo‘yicha davlat komissiyasi a’zosi hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/18/3578/0843-son)
8. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida yagona geologiya xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3004-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek, qarorning 3-ilovasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik uyushmalari bilan birgalikda ikki oy muddatda belgilangan tartibda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi I.B. To‘ramurotov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-iyul,
PQ-3145-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 725-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/18/3578/084-son, 27.12.2018-y., 07/18/4077/2380-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)