Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF–3706-sonli Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kasanachilikni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish, ish bilan band boʻlmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish, sanoat korxonalari bilan kasanachilikni oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmoni 3-bandidagi “2019-yilning 1-yanvarigacha” degan soʻzlar “2021-yilning 1-yanvarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 26-maydagi 104 (6798)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-may,
PF-5054-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 380-modda)