|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017-yil 6-may shanba dam olish kunini 2017-yil 8-may dushanba kuniga koʻchirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
9-may — Xotira va Qadrlash kunining xalqimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-maʼnaviy oʻrni va ahamiyatini eʼtiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
2017-yil 6-may shanba dam olish kuni 2017-yil 8-may dushanba kuniga koʻchirilsin va ish kuni deb hisoblansin;
2017-yil 8-may dushanba kuni dam olish kuni deb eʼlon qilinsin.
Ushbu Qaror “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 3-maydagi 87 (6781)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-may,
PQ-2942-son