|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.05.2017
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlari va qarorlariga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-son Farmoniga oʻzgartish kiritish haqida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-sonli “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2749-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari va qarorlariga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-son Farmoni 1-bandining beshinchi xatboshisidagi “3937” raqami “4323” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-mart,
PF-4981-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 12-son, 181-modda)