Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2008
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING RESPUBLIKA HUDUDIGA JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN TOVARLAR OLIB KELINISHINI TARTIBGA SOLISHGA DOIR AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishi tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2002-yil 1-oktabrdan boshlab jismoniy shaxslardan undiriladigan yagona bojxona to‘lovi TIF TN kodidan va tovarning kelib chiqish mamlakatidan qat’i nazar, tovarlarning barcha toifalari bo‘yicha bojsiz olib kelish normalari qo‘llanilmasdan tovar bojxona qiymatining:
oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha 40 foizi (undan tashqari);
nooziq-ovqat tovarlari bo‘yicha 70 foizi miqdorida to‘lanishi belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-iyundagi 279-son qarori 2003-yil 1-iyuldan boshlab to‘xtatildi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 12-son, 94-modda)
3. Belgilansinki, 2002-yil 1-oktabrdan boshlab tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishda jismoniy shaxslardan undiriladigan yagona bojxona to‘lovi xorijiy valyutaga yig‘im to‘lanadigan kunda vujudga kelgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilangan tartibga va tasdiqlangan stavkalarga muvofiq erkin kurs bo‘yicha milliy valyuta – “so‘m”da to‘lanadi.
4. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 24-modda) 2-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 12-iyuldagi 248-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 40-modda)1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 27-sentabr,
335-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 17-18-son, 142-modda; 2003-y., 12-son, 94-modda)