|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-sentabrdagi PQ-2607-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasi Urga, Kuanish va Oqchalak guruhi konlariga doir mahsulotni taqsimlash haqidagi Bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 26-martdagi PQ-1081-sonli qarori hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasi Urga, Kuanish va Oqchalak guruhi konlariga doir mahsulotni taqsimlash haqidagi Bitim boʻyicha ishlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisida” 2009-yil 3-iyundagi PQ-1121-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishtirokida bir oy muddatda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Gʻ. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-dekabr,
PQ-2695-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 52-son, 600-modda)